Мулоҳаза ва хулоса чиқариш referat
Download 99.87 Kb.
|
feya
SHartli mulohaza ikki oddiy mulohazaning «agar... unda» mantiqiy bog‘lovchi orqali birikishidan tashkil topadi. SHartli mulohazaning mohiyatini aniqlash uchun “zaruriy va etarli shart” tushunchalarini farqlash zarur. Hodisaning zaruriy sharti deb, uning mavjudligini ta’minlaydigan holatga aytiladi. Agar hodisaning sharti zaruriy bo‘lmasa, hodisa ham bo‘lmaydi. Masalan, “Agar o‘simlik suvsiz qolsa, u quriydi.” SHartli mulohaza tarkibida asos va natija qismlari farqlanadi. SHartli mulohazaning «agar» va «unda» so‘zlari oralig‘idagi qismi – asos (antetsedent), «unda» so‘zidan keyingi qismi – natija (konsekvent) deb ataladi. Mulohaza qismlarining bunday nomlanishiga sabab ularning turli vazifalarni bajarishlari bilan bog‘liq. Agar bu qismlarning o‘rni almashsa, mulohaza ham o‘zgaradi.3 “Agar yomg‘ir yog‘sa, unda uylarning tomi ho‘l bo‘ladi” mulohazacida «yomg‘ir yog‘sa» – asos, «uylarning tomi ho‘l bo‘ladi» – natija hisoblanadi.
Demak, asosda ko‘rsatilgan hodisa, natijada qayd etilgan hodisaning kelib chiqishi uchun etarli shartni ifodalagan mulohaza shartli mulohaza deyiladi. Implikativ mulohazalardagi «agar ... unda» mantiqiy bog‘lamasi “→” belgi bilan ifodalanadi. Hozirgi zamon mantiq ilmida esa ba’zan (ב) simvoli bilan belgilanadi. Bu simvollar moddiy implikatsiya belgisi deb ataladi. Implikativ mulohazaning formulasi: p → q. Implikativ mulohaza asosi – chin, natijasi – yolg‘on bo‘lgan holatdan boshqa hamma ko‘rinishlarda chin bo‘ladi. Implikativ mulohazaning chinlik tablitsasi
Download 99.87 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling