Mumtoz adabiyotda didaktik


I. BOB. MUMTOZ ADABIYOTDA DIDAKTIKA


Download 99.22 Kb.
bet2/7
Sana17.06.2023
Hajmi99.22 Kb.
#1536160
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
DIDAKTIK ADABIYOT

I. BOB. MUMTOZ ADABIYOTDA DIDAKTIKA
1.1. Didaktik adabiyotning genezisi va rivojlanish bosqichlari
«Didaktika» – yunoncha «didakticos», ya’ni «ibratli» degan so‘zdan olingan. Demak, «didaktik adabiyot» deganda nasihat, o‘git, ibrat ruhidagi asarlar tushuniladi. Bu Sharqda ham, G‘arbda ham bo‘lgan. Sharq so‘z san’atida pand-nasihat ruhi ustunroq, ochig‘i, u shunisi bila G‘arb adabiyotidan farq qiladi ham. X asrdayoq buyuk Abu Ali ibn Sino Sharq ko‘proq nasihat yo‘li bilan, G‘arb esa hayotni real ko‘rsatish orqali kishini tarbiyalashga moyilligini maxsus qayd etib o‘tgan edi. Og‘zaki va yozma adabiyoti, axloqiy-diniy merosi pand-hikmatga o‘ta boyligi uchun ham Sharqni jahonda donishmand deb bilishadi. Bizda she’riyatning bu darajada ravnaq topib, xalq orasida katta mavqe egallashiga sabab bo‘lgan omillardan biri ham – shu. O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov:
«Sharqqa she’riyatni o‘rgatib bo‘lmaydi», –
deganida ham aynan shu jihatlarni ko‘zda tutgan. Shunga qaramay, Sharq, jumladan, o‘zbek mumtoz adabiyotini, tamoman pand-nasihat ruhidagi asarlardan iborat, deb tushunish – mutlaqo xato. Sharqda maxsus didaktik adabiyot yuzaga kelgan. Uni, adabiy shakliga ko‘ra, quyidagicha nisbiy tasnif qilish mumkin:
1. Nasriy didaktik asarlar.
Masalan, milodiy IV asrda Hindistonda sanskrit tilida mashhur «Panchatantra», ya’ni keyinchalik «Kalila va Dimna» nomi bilan mashhur bo‘lib ketgan buyuk didaktik asar dunyoga keladi.
Uning butun Sharq, qolaversa, jahon adabiyotiga katta ta’siri bor. Bu kitob asrlar mobaynida bir necha tillarga tarjima qilingan. Arab ertaklari asosida shakllangan «Ming bir kecha»da ham mohiyatan didaktik ruh juda ustun turadi. Keyinchalik Kaykovusning mashhur «Qobusnoma»si yozildi.
XVI asr o‘zbek adibi Xoja (Podshoxoja binni Abdulvahhobxoja)ning «Gulzor» hamda «Miftoh ul-adl» («Adolat kaliti» asarlari ham sof nasriy yo‘lda bitilgan didaktik adabiyot namunalari hisoblanadi.
2. Nasriy-she’riy didaktik asarlar.
Shayx Muslihiddin Sa’diy Sheroziyning bag‘oyat mashhur «Guliston» asari aynan shu guruhga mansub. U ham nasriy, ham she’riy, ya’ni aralash yo‘lda bitilgan. Alisher Navoiy ham pandnoma ruhidagi «Mahbub ul-qulub» asarini aynan nasriy-she’riy shaklni o‘zaro omixta qilib yozdi. Garchi majoziy timsollar, hayvonlar, asosan, qushlar misolida bitilgan bo‘lsa ham, Gulxaniyning «Zarbulmasal»i ham didaktik adabiyotning ana shunday nasriy-she’riy, ya’ni aralash turiga kiradi.
3. She’riy didaktik asarlar.
Sharqda faqat nazmiy usulda yaratilgan maxsus didaktik she’riyat ham shakllangan. Aytaylik, o‘zbek mumtoz she’riyatida Yusuf Xos Hojibning «Qutadg‘u bilig», Haydar Xorazmiyning Nizomiy Ganjaviy «Maxzan ul-asror»ini erkin tarjima qilish asnosida bitgan «Gulshan ul-asror», Alisher Navoiyning «Xamsa»ga birinchi asar sifatida kiritilgan «Hayrat ul-abror» dostonlari aynan o‘zbek didaktik she’riyatining yorqin namunalari hisoblanadi.

Download 99.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling