Mumtoz adabiyotda didaktik
Turkiy adabiyotda o’gitlar
Download 99.22 Kb.
|
DIDAKTIK ADABIYOT
1.2. Turkiy adabiyotda o’gitlar
Yusuf Xos Hojibning «Qutadg‘u bilig» dostonida axloqiyma’naviy fazilatlarning hayotiy hikoya-tasvirlar, mantiqiy tahlilxulosalar orqali berilishi, birinchidan, muallif nuqtayi nazarini nihoyatda tiniqlashtirib ifodalash imkonini beradi, shu tariqa uning aynan qanday g‘oyani ilgari surayotganini aniq bilib turasiz, ikkinchidan, bu ta’sirchanlikni sezilarli darajada oshiradi, uchinchidan, ko‘tarilgan masala-muammolar bugun uchun ham o‘z ahamiyati, ya’ni dolzarbligini aslo yo‘qotmaganidan dalolat beradi. Zamonaviy o‘zbek adabiyotida ham didaktik ruhdagi asarlar yaratilib turadi. Masalan, O‘zbekiston xalq shoiri Shukurullo qalamiga mansub «Javohirlar sandig‘i» aynan shunday asarlar sirasiga kiradi. U nasriy yo‘l bilan bitilgan. Jumladan, “Qutadg’u bilig” asaridagi “qut” – baxt, saodat, «bilig» esa bilim degani. Shunga ko‘ra, asarning nomini «Baxtga eltuvchi bilim» yoki «Saodatga yo‘llovchi bilim» deb tarjima qilish mumkin. Abdurauf Fitrat uni «Baxtliklanish bilimi» deb o‘girgan. Albatta, XI asrga qadar ham tilimizda dostonlar bitilgan bo‘lishi kerak. Lekin hozircha bizgacha yetib kelgan ilk turkiy doston – aynan ana shu «Qutadg‘u bilig». Dostonda to‘rt asosiy qahramon bor. Ularning har biriga ramzan muayyan bir ezgu tushuncha – ma’naviy qadriyatning timsoli yanglig‘ qaralib, alohida ma’no-mazmun yuklatilgan. Kuntug‘di (chiqqan Quyosh) – elig, ya’ni hukmdor. U adolat ramzi bo‘lib kelgan. Oyto‘ldi (to‘lgan Oy) – vazir. U baxt va davlat ramzi hisoblanadi. O‘gdulmish (aqlga to‘lgan) – vazirning o‘g‘li. U aql va zakovat ramzi yanglig‘ tasvirlan O‘zg‘urmish (uyg‘ongan) – vazirning qarindoshi. Doston – sof badiiy asar. Bunday deb urg‘u berib aytishimiz bekorga emas. Adabiyot tarixida Kaykovusning forsiy tilda yozilgan «Qobusnoma»si kabi nasihatnomalar ham, Zahiriddin Muhammad Boburning «Boburnoma»si singari tarixiy-memorial asarlar ham mavjud, ularning ham badiiy ahamiyati – juda katta. Biroq «Qutadg‘u bilig» – pandona (didaktik) ruhdagi, ta’lim-tarbiya, odob-axloq mavzusiga bag‘ishlangan tipik badiiy asar. Unda, shaxs tarbiyasi, uning jamiyatdagi o‘rni, komillik shartlari, umrni bekorga o‘tkazmaslik, turli ijtimoiy tabaqaga mansubkasb-kor egalarining ma’naviy-axloqiy mezonlari, davlatchilik qat’iyat va tamoyillari asosiy yo‘nalishga aylangani bilan, bu g‘oyalarning bari badiiy bo‘yoq va timsollarga burkangan holda taqdim etilgan. Beklikka loyiq bek qanday bo‘lishini aytadi» deb nomlangan bu qism dostonning 31-bobi bo‘lib kelgan. Unda jamiyatni boshqarish uchun hukmdorga, ya’ni bekka katta muhtojlik borligidan kelib chiqib, shoir bu lavozimga loyiq shaxsda aynan qanday insoniy fazilatlar shakllangan bo‘lishi lozimligi masalasini atroficha badiiy-axloqiy tadqiq va tahlil qiladi. Bob, odatdagidek, savol-javob tarzida davom ettirilgan. Elig, ya’ni Kuntug‘di vaziri bo‘lmish O‘gdulmishdan beklikka loyiq shaxs aynan qanday fazilatlarga ega bo‘lmog‘i kerakligi haqida so‘raydi: u qanday qilsa, yosh-u qari, boy-u kambag‘al, bilimli-yu bilimsiz – barchaga barobar siyosat yurita oladi, el-yurtvorasida nom chiqaradi, xalqi to‘q yashaydi, jahonga ovozasivtarqaydi, davlati ziyoda bo‘ladi, bu olamdan o‘tgach, u dunyoligini ham topadi?.. Bundan ming yilcha burun o‘rtaga qo‘yilgan bu savollar hozir ham ahamiyatini aslo yo‘qotgani yo‘q. Chunki jamiyatni boshqarish ehtiyoji mavjud ekan, rahbar ma’naviyatini shakllantirish va takomillashtirish masalasi kun tartibidan tushmay kelaveradi. Shuni ham unutmasligimiz kerakki, bu yerda bek – bir timsol. Bekka qo‘yilayotgan jiddiy ma’naviy talablarni amalda har qanday kishiga qo‘yilayotgan yuksak insoniy mezonlar tarzida qabul qilishga to‘la haqqimiz bor. Adabiyotning adabiyotligi aynan shunda namoyon bo‘ladi. Chunki, san’atning har qanday turida bo‘lgani kabi, adabiyotda ham muayyan shartlilik mavjud. Bu yerdagi shartlilik shundan iboratki, shoir bek qanday bo‘lishi zarurligini bayon etish bahonasida o‘zining umumiy ruhdagi axloqiy-ma’naviy qarashlari majmuasini ilgari suradi. Bu qarashlarning ahamiyatini endi tor doirada tushunish, binobarin, uni faqat beklik bilangina bog‘liq holda talqin etish mumkin emas. Kishini, umuman, har taraflama ma’naviy barkamollik sari yetaklaydigan bunday talqinlarni, hattoki, aniq bir zamon yoki makon bilan chegaralab qo‘yish ham mumkin emas. Endi O‘gdulmishning javoblari tub mag‘zini chaqib ko‘raylik. O‘gdulmishning hayotdan kelib chiqqan xulosalari-yu qat’iy amaliy aqidalariga ko‘ra, beklik – avvalo, asl odamning ishi. U mohir mergan, botir, baquvvat, aql-zakovatli, bilimli, saxovatli, oliyjanob, ko‘p hunar egasi, xushxulq, to‘g‘riso‘z, sabrli, ko‘zi to‘q, andishali, bir so‘zli, ziyrak, hushyor, adolatli, o‘tkir zehnli, vafoli, dovyurak... va shu kabi ko‘plab xislatlarga ega shaxa bo‘lishi kerak. «Agar, – deydi O‘gdulmish, – arslon itlarga bosh bo‘lsa, itlar arslonga aylanadi, lekin it arslonlarga yetakchilik qilsa, arslonlar itlar kabi bo‘lib qoladi». Bu masalalar o‘zbek adabiyotida bundan o‘n asrlar ilgari shu darajada tahlil etilganining o‘zi jahon tamadduniga xalqimiz nechog‘li buyuk hissa qo‘shganini yana bir karra isbotlab turibdi. Shuning uchun ham G‘arb dunyosi Sharq didaktik adabiyotiga juda-juda qiziqadi. Shuning uchun ham «Qutadg‘u bilig»ni Yevropa olimlari atroficha o‘rgangan, o‘z tillariga tarjima qilgan. Bunday ilmiy-adabiy qiziqish hamon qizg‘in davom etyapti. Download 99.22 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling