Mumtoz adabiyotda didaktik


Download 99.22 Kb.
bet6/7
Sana17.06.2023
Hajmi99.22 Kb.
#1536160
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
DIDAKTIK ADABIYOT

2.3. O’gitnomalar badiiyati
Ahmad Yassi(Turkiston)da ruhoniy-shayx oilasida tug‘ildi. Rivoyatlar Ahmadning otasi Ibrohimni uning otasi Mahmud, bobosi Iftixor va boshqalar orqali Muhammad (SAV) payg‘ambarning qizi – Bibi Fotima nasliga bog‘laydilar. Ahmad go‘daklik chog‘ida otasi o‘lib Arslonbob degan eshonning qo‘lida qoladi. Keyinchalik Buxoroga borib mashhur mutasavvuf Yusuf Hamadoniydan tasavvuf ilmini o‘rganadi va Yusuf Hamadoniyning o‘limidan keyin uning o‘rnida qolib halifalik qiladi, so‘ngra yirik bir mutasavvuf sifatida Turkistonga qaytib, 1166 yilda o‘sha yerda vafot etadi.
Yassaviyning «Devoni hikmat» asarining asl nusxalari saqlanib qolmagan, XV asrda ko‘chirilgan to‘rtta hikmatni hisobga olmaganda, qo‘lyozmalarning eng qadimgilari XVII asrga mansubdir. Shunday bo‘lsa-da, bu asar haqida quyidagilarni aytish mumkin:

  1. Asardagi she’rlarning xilma-xil o‘zgarishlarga uchraganiga qaramay, devonning g‘oyaviy negizini asosan Yassaviy she’rlari tashkil etadi. Bu fikr Yassaviy nomi turli shaklda zikr etilgan she’rlarga taalluqli. Yassaviy she’rlarining tili va uslubi o‘zgarib borgan bo‘lsa ham, ularning g‘oyasi, mazmuni saqlanib qolgan.

  2. Devon Yassaviyning o‘zi tomonidan emas, keyinroq uning muxlislari tomonidan tuzilgan bo‘lishi kerak.

  3. Hikmatlarning o‘zgarib borganligini, ulardagi «Tuqqan yerim ul muborak Turkiston» kabi ko‘pgina misralar ham ko‘rsatadi. Chunki, ilgari Yassi deb nomlangan shahar, XV asrning oxirlaridan boshlab Turkiston deb yuritilgan.

  4. «Ahmad» yoki «Ahmadiy» nomi bilan kelgan ko‘pchilik she’rlarning aruz vaznida bo‘lishi (Yassaviy hikmatlari asosan barmoq vaznidadir), ularning til va uslub jihatidan XV asr adabiyotiga yaqin turishi shuni ko‘rsatadiki, devondagi «Ahmad», «Ahmadiy» shayx Kamoliddin Iqoniyning muridi shayx Said Ahmad (XV asr) bo‘lishi mumkin.

  5. Modomiki, Yassaviy hikmatlariga taqlid qilib yozilgan va mustaqil bitilgan she’rlar ko‘payib borgan ekan, demak Yassaviy ta’siri, uning g‘oyalari keng miqyosda tarqagan va shu asosda yassaviya-jahriya tariqatining bir necha asrlik adabiy yodgorligiga aylangan.

Yassaviya yoki jahriya tariqatining ta’limoti turli davr va joylarda Yassaviyning ko‘plab shogirdlari va muxlislari tomonidan davom ettirildi. Sulaymon Boqirg‘oniy, Bobo Mochin, Shamsiddin O‘zgandiy, Xudoydod, Qul Nasimiy, Ubaydiy va boshqalar «Devoni hikmat» izidan borib, tasavvuf ilmining ma’lum yo‘nalishini targ‘ib qiluvchi asarlar yaratdilar.
Yassaviyning shogirdi va izdoshlaridan biri Sulaymon Boqirg‘oniydir (1186 yilda Xorazmning Boqirg‘on qishlog‘ida vafot etgan). Sulaymon Boqirg‘oniy (Hakim ota nomi bilan ham yuritilgan) «Boqirg‘on kitobi» nomli to‘plamning muallifi sifatida tanilgan va bu asaridan tashqari «Oxir zamon kitobi», «Bibi Maryam kitobi» kabi dostonlarni ham yaratgan.
Sulaymon Boqirg‘oniyning asarlarining deyarli barchasi bizgacha turli o‘zgarishlar bilan yetib kelgan, ayniqsa, «Boqirg‘on kitobi»ning 1877 yil va undan keyingi Qozon bosmalari fikrimizning dalilidir.
Yusuf Xos Hojib XI asrning atoqli shoiri, donishmandi va davlat arbobidir. Uning hayoti va faoliyati haqida ma’lumot beruvchi yagona manbaa uning «Qutadg‘u bilig» asaridir. Muallif doston muqaddimasida yoshi ellikka yaqinlashganini ta’kidlaydi. Shu ma’lumotdan kelib chiqib biz uning tug‘ilgan yilini XI asrning 20-yillarida, deb ayta olamiz. Yusuf Xos Hojibning vatani Bolasog‘un XI-XII asrlarning yirik savdo-sotiq va madaniy markazlaridan biri hisoblangan. Bu shahar ikki marta qoraxoniylarning poytaxti ham bo‘lgan. Yusuf Xos Hojib «Qutadg‘u bilik» («Saodatga eltuvchi bilim») dostonini Bolasog‘unda yoza boshladi, uni Qashqarda yozib tugatdi va qoraxoniy hukmronlaridan bo‘lgan Tavg‘ach Bug‘roxonga taqdim etdi. Bug‘roxon doston muallifini taqdirlab, unga «Xos Hojib» (mukarram, eshik og‘asi) unvonini berdi. «Qutadg‘u bilik»ning uch qo‘lyozma nusxasi ma’lum. Bular «Vena» (yoki «Xirot»), «Qohira», «Namangan» nusxalari deb yuritiladi. Uning birinchi nusxasi XIX asrning 20-yillarida Istambulda topildi. Bu nusxa XV asrda Xirotda uyg‘ur yozuvi bilan ko‘chirilgan, uni topgan olim Xammer Purgshtall asarni Venadagi Qirollik kutubxonasiga topshiradi. Shuning uchun bu nusxa «Xirot» yoki «Vena» nusxasi deb yuritiladi. Shuningdek, ikkinchi nusxasi Qohirada topilgan bo‘lib, XV asrda arab yozuvida ko‘chirilgan, (topilgan muddati 1897 yil). Uchinchi nusxasi ikkinchisi kabi arabcha yozuvida ko‘chirilgan. Ammo bu nusxa boshqalarga qaraganda bir muncha mukammalroq va sharqshunos olim Ye.E.Bertelsning taxmincha, u XIII asrning oxiri XIV asrning boshlarida ko‘chirilgan bo‘lishi kerak.
Ahmad Yugnakiy iste’dodli shoir va donishmand murabbiydir. Undan saqlanib qolgan yagona adabiy meros «Hibat-ul-haqoyiq» («Haqiqatlar armug‘oni») badiiy so‘z san’ati va adabiy tilning juda qimmatli hamda nodir bir yodgorligidir. Yugnakiyning hayoti va faoliyati haqida asarning ayrim misralari va uning nusxalariga boshqalar tomonidan yozilgan qaydlar bir oz bo‘lsa-da tasavvur hosil qilishga imkon beradi.
«Hibat-ul-haqoyiq» didaktik doston bo‘lib, bu uning badiiy xususiyatlari va uslubini belgilaydi. Bu asar ham «Qutadg‘u bilik» singari aruzning mutaqorib bahrida (faulun faulun faulun faul) yaratilgan. Ahmad Yugnakiy «Hibat-ul-haqoyiq» dostoni bilan eski o‘zbek va uyg‘ur adabiy tili hamda adabiyoti taraqqiyotiga katta hissa qo‘shdi. Bu asar Navoiydek buyuk so‘z san’atkori nazaridan chetda qolmagan. Navoiy «Nasoyim-ul-muhabbat» («Muhabbat shabadalari») asarida «Hibat-ul-haqoyiq»dan parcha keltirib, shoirning ko‘zi ojiz bo‘lganini qayd qiladi. Shuningdek, bu dostonning Navoiyga tanish va manzur bo‘lishi Ahmad Yugnakiyning o‘zbek adabiyoti tarixida muhim o‘rin tutganini yana bir karra ta’kidlaydi. Doston Ahmad Yugnakiyni XII asrning donishmand ma’rifatparvari va ilm jarchisi sifatida gavdalantiradi.
Birinchisi, pedagogik-didaktik asarlar. Ular jumlasiga S.Ayniyning 1909 yilda yozilgan va 1917 yilda qayta nashr qilingan «Taxzibus-sibyon» («Bola tarbiyasi»), Hamzaning 1914-1915 yillarda tuzgan «Engil adabiyot», «O‘qish kitobi», «Qiroat kitobi» singari asarlarini kiritish mumkin.
Ikkichisi, sof badiiy - publitsistik asarlar. Ular Hamzaning «Milliy roman yoxud yangi hayot», S.Ayniyning «Xonadoni xushbaxt», Qodiriyning «Juvonboz», «Uloqda», Cho‘lponning «Qurboni jaholat», «Do‘xtur Muhammadiyor», Fitratning «Sayyohi hindiy» va «Munozara» asarlaridir.



Download 99.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling