Mundarij a kirish i-bob. Boshlang'ich sinflarda og'zaki va yozma inshoning turlari


Download 133.5 Kb.
bet12/13
Sana26.12.2022
Hajmi133.5 Kb.
#1066928
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Boshlang’ich sinflarda o’quvchilarni insho yozishga o’rgatish yo’llari

Bo`lish mumkin emas o`yini
Bu o`yinni o`tkazishdan oldin matn tanladik, matnni o`qib berish davomida biz bo`lishi mumkin bo`lgan gaplarni ishlatdik. Keyinchalik shunday hikoyachalar tuzishni o`quvchilarning o`ziga topshirdik.
Bo`lishi mumkin emas ona tili darslarida o`tkazilsa, darsning samarali bo`lishiga erishiladi. Bundan tashqari bu o`yindan badiiy ertaliklar, musobaqalar, viktorinalar o`tkazishda ham foydalanish mumkin.
1-variant: Dushanba dam olish kuni bo`lganligi uchun Olim maktabga bormadi. U singlisi Vazira bilan hayvonot bog`iga bordi. Ular hayvonot bog`ida suvda suzib yurgan she’rni, qafasda sayrayotgan baliqlarni va kattakon vahshiy bulbulni ko`rdilar.
2-variant: Abdulla juda bilimli bola. U bugun ham topshiriqni juda yaxshi bajardi. O`qituvchi uni maqtadi va ”nol” ball qo`ydi. Abdulla yaqinda 2-sinfni tugatib, 1-sinfga o`tadi.


III.2. Tajriba sinovi ishlari tahlili
Boshlang`ich sinflarda o`quvchilarni insho yozishga o`rgatishda ona tili darslarida yuqorida keltirib o`tilgan o`yinlarda yuqorida keltirib o`tilgan o`yin topshiriqlaridan amalda qo`llaniladigan ijobiy natijaga erishilgani jadvallarda o`z ifodasini topgan.
Hazil-mutoyiba bilan o`tadigan ”Bo`lishi mumkin emas” o`yini o`quvchilardan ziyraklik, sinchkovlik, kuzatuvchanlikni talab qilishi bilan birgalikda ulardan atrofida sodir bo`layotgan voqea va hodisalarga befarq bo`lmaslikni ham talab qiladi.

Davom ettir o`yinidan esa o`quvchilarda mustaqil fikrlash malakasini qaror toptirishda, o`z fikrlarini ham og`zaki, ham yozma tarzda bayon eta olish ko`nikmasini yuksaltirish maqsadida foydalnilgan.


Yuqorida sanab o`tilgan ta’limiy hamda didaktik o`yinlar ona tili darslarida qo`llanilsa, o`quvchilarda insho yoza olish qobiliyati tezda rivoj topadi.
XULOSA
Boshlang`ich ta’limning o`ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib, insho yozish qonun-qoidalarini 3-sinf o`quvhcilarining ongiga singdirish juda muhimdir. O`qituvchi ayni paytda o`z bilimi, tajribasi va imkoniyatidan foydalanib dars o`tishning ilg`or, samarali usullarini ishlab chiqishi lozim.
3-sinflarda o`quvchilar bilan, o`qituvchilar bilan faoliyat olib bordik. Bunda o`qitishning ilg`or usullaridna foydalanishning samarali ekanligi amaliyotda o`z isbotini topdi.
1. Belgilangan maktablarda o`quvchilarning faoliyati, darsga bo`lgan qiziqishi, ijodkorligi sezilarli darajada ijobiy tomonga o`zgardi.
2. O`quvchilar passiv tinglovchidan faol, shu ishni bajaruvchi shaxsga aylandi.
3. O`qituvchi va o`quvchi faoliyati me’yorlashdi.
4. O`quvchilar interfaol usullarda faolligi, ya’ni o`z ”men” ini ko`rsatishi shakllandi.
5. O`quvchilarda til sezgirligiga bo`lgan munosabat tamomila ijobiy tomonga o`zgardi.
6. O`qituchi ta’lim jarayonining subyektida n uning tashkilotchisiga aylandi.
7. Mustaqil ishlarni bajarish jarayonida o`quchilarda o`z kuchiga ishonch shakllandi.
8. Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi ikkinchi sifat bosqichi talablaridan kelib chiqib, 3-sinf ona tili darsligi materiallarini ham zamon talablari darajasida yaratish lozim.
Qisqasi, 3-sinfda o`quvchilarni insho yozishga o`rgatish, zamonaviy ilg`or pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etilsai, o`quvchilarning yosh va indivedual xususiyatlari hisobga olinsai, vaqtdan to`g`ri va oqilona foydalana olinsa, o`quvchi topshiriqlari, turli xil rolli o`yinlar, topshiriqlar, turli xil rolli o`yinlar, topishmoqlar, xalq maqollaridan o`z o`rnida unumli va o`rinli foydalan olinsa, dars sifati sezilarli darajada oshadi. Bu esa o`qituvchidan yuksak mahoratli bo`lishni, ijodkorlikni, mehnarsevarlikni talab etadi.



Download 133.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling