Mundarij a kirish I bob. Sosoniylar
Download 73.68 Kb.
|
Kurs ishi 37
Kurs ishining tuzulishi. Ish kirish, ikki bob, to‘rt band, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat bo‘lib, umumiy hajmi 37 betni tashkil qiladi.
I Bob. Sosoniylar davlati Sosoniylar davlati tashkil topishi Sosoniylar davlati - Yaqin va Oʻrta Sharqda sosoniylar sulolasi boshqargan davlat (3—7-asrlar). 224 yil Ardashir I Parfiya shohi Artabon V ni magʻlubiyatga uchratib, 226 yil poytaxt Ktesifon shahrini egallab, yangi davlat taxtiga utiradi. Bu davlatning barcha hukmdorlari "shahanshoh" unvoni bilan taxtni boshqarganlar, davlat Eronshahr ("oriylar podsholigi" yoki "eroniylar shoxligi") deb atalgan. Eron, uning gʻarb va sharqidan hududlar (Ardashir I va Shopur I davrida) birlashtirilgan. Sosoniylar davlatida shoxlar koxinlarga tayanib ish koʻrishgan, yangi otashkada ("olov saroylari") bunyod etilgan, Ardashir I davrida zardushtiylik davlat di ni deb eʼlon etilgan, zardushtiy ruhoniylar davlatda katta siyosiy, iktisodiy taʼsir kuchigaega bulishgan, boshqa dinlar taʼqib qilingan. 3-asrning oxiri — 4-asrning boshlarida Sosoniylar davlati inqirozi boshlangan. Bahrom II Rim bilan boʻlgan jang (282 yil)da magʻlubiyatga uchragan. Sosoniylar davlati sharkdagi bir qancha viloyatlaridan ajragan. Shopur II davrida ular qayta bosib olingan. Mesopotamiyaning ayrim rayonlari, Armaniston podsholigining bir qismi Rim bilan boʻlgan urushlarda Sosoniylar davlati tobeligiga oʻtgan. Shopur II davrida Sosoniylar davlati markazlashtirilgan, majusiylik kuchaygan. Sosoniylar davlati sharqiy va shim. qabilalar birlashmasi (xioniylar, kidariylar va boshqalar)ga qarshi 5-asr oʻrtalarigacha muvaffaqiyatli kurash olib borgan, lekin eftaliylar bilan boʻlgan jangda yengilgan, shoh Feruz oʻldirilgan (484). Natijada Marvdan sharqda boʻlgan yerlaridan ajrab, eftaliylarga ogʻir soliq toʻlash majburiyatini olgan. Sosoniylar davlati aholisi rasmiy ravishda 4 tabaqaga: kohinlar, harbiy zodagonlar, amaldorlar hamda dehqon va hunarmandlarga boʻlingan. 3-asrda moniylik, 5-asrda mazdakiylik diniy taʼlimotlari keng tarqalgan. Mazdakiylar harakati tormor etilgach, Sosoniylar davlati shohlari bir necha islohotlar oʻtkazganlar. Qubod I va Xusrav I davridagi soliqlar 5-asrdagi soliqlardan ancha yengil boʻlgan. Kohinlar va yirik yer egalari mulki "oddiy jangchilar" foydasiga musodara qilingan. Sosoniylar davlati iqtisodiy tomondan 6-asr boshida ancha rivojlangan, tashqi siyosatda ham katta yutuklarga erishgan. Sosoniylar davlati 558—568 yillarda eftaliylarni yengib, Amudaryoning soʻl qirgʻogʻi va Afgʻonistondagi katta hududni oʻziga qoʻshib olgan, Yaman zabt etilgan (570 yil). Sosoniylar davlati hududiga bostirib kirgan turklar tormor etilgan (589 yil). Taxt uchun kurash avj olgan, 20 yil davom etgan urushlar Sosoniylar davlatining iqtisodi va siyosiy qudratiga putur yetkazgan. Eron madaniyati sosoniylar davrida juda yuksalgan. Yazdigard III davrida (632—651) Sosoniylar davlatini arablar bosib olgan. 1. Sosoniylar davlatining tashkil topishi. II asr oxiri – III asr boshlariga kelib ichki oʻzaro urushlar Parfiya davlatining kuch-sizlanib qolishiga olib keldi. 208-yilda parfiylar davlati ikki qismga boʻlinadi. Keyinchalik esa Parfiya yana bir necha mayda davlatlaiga ajralib ketadi. Bundan Eronning janubi-gʻarbida joylashgan pors qabilalari foydalanib, Staxr shahrida hokimiyatni egallab oladilar. Bu jang-u jadallar tepasida porslarning soson urugʻidan boʻlgan Bobak turardi. Bobak vafotidan soʻng Pors viloyati taxtiga uning oʻgʻillaridan biri Ardasher I (224–239) oʻtiradi. 224-yilda boʻlib oʻtgan jangda u Parfiya shohi Artabon V qoʻshinlarini yengadi. 226-yilda Ardasher I poytaxtni Staxr shahridan Dajla daryosi boʻyidagi Ktesifonga koʻchiradi. Ktesifonda Ardasher I Sosoniy davlati taxtiga chiqish marosimini oʻtkazgach, Sosoniylar davlatining chegaralarini kengaytirishga harakat qiladi. 230-yilda u oʻz qoʻshinlari bilan Suriya va Kichik Osiyoga bostirib boradi. Bu joylar Rim saltanatiga qaram edi. 232-yili Rim imperatori Aleksandr Sever katta qoʻshin bilan Shimoliy Mesopotamiyaga kelib tushadi. Ardasher I qoʻshinlari Rim legionlari bilan uzoq vaqt mobaynida qonli urushlar olib boradi. 2. Sosoniylar davlatining kuchayishi. Ardasher I vafotidan keyin Sosoniylar davlati taxtiga Shopur I (243–273) chiqadi. Shu vaqtdan boshlab sosoniy taxtiga chiqqan sulola vakillari «shahanshoh» unvoniga ega boʻladilar. Sosoniylar davlati esa Eronshahr – oriylar podsholigi yoki eroniylar shohligi deb nomlangan. Shopur I davrida Eron qoʻshinlari Rim qoʻshinlari bilan janglar olib borib, ularni bir necha bor magʻlubiyatga uchratganlar. Bu urushlarning birida Rim imperatori Gordian halok boʻlib, juda koʻp rimlik aslzodalar va askarlar asir tushganlar. Ular Eron shohiga 500 ming dinor aqcha toʻlashga majbur boʻlganlar. 244–251-yillar orasida boʻlib oʻtgan urushlar natijasida sosoniy qoʻshinlari Janubiy Armaniston va Qadimgi Ossuriyani bosib olganlar. Shopur I qoʻshinlari Suriyada Rim qoʻshinlari bilan toʻqnashib, ularni tor-mor etadi. Shimoliy Mesopotamiyaning Xarran va Edessa shaharlari yonida boʻlgan jangda ham sosoniy qoʻshinlari rimliklar ustidan gʻalaba qiladilar. Edess yonidagi jangda Rim imperatori Valerian, koʻpgina senatorlar va aslzodalar asirga tushadi. Rim bilan olib borilgan janglar natijasida Shopur I qoʻshinlari Suriya va Frot daryosining yuqori oqimidagi 36 qalʻa va shaharni ishgʻol qiladi. Rim imperiyasi hech qachon bunday katta magʻlubiyatni koʻrmagan edi. IV asrning 60–70-yillarida sosoniy qoʻshinlari rimliklar bilan yana toʻqnashib, Armaniston va Shimoliy Mesopotamiyaning koʻp joylarini bosib oladi. 63-yildagi jangda yana bir Rim imperatori Yulian halok boʻladi. Sosoniy qoʻshinlari Sharq tomonda ham katta urush olib borib, Xuroson, Seyiston, Girkaniya va Tajan, Murgʻob vohasigacha boʻlgan yerlarni ishgʻol qiladi. Sosoniy shahanshohlari Sharqda Kushonlar podsholigi bilan ham shiddatli janglar olib borganlar. Kushon podsholigi tugatilib, u yerda eroniylar Kushoni davlati barpo etiladi. Uni Eron shahzodalari boshqargan. V asrning ikkinchi yarmida eron qoʻshinlari xioniylar, kidaritlar va eftalitlar bilan ham qattiq urush olib borganlar. Shunday qilib, III asrning ikkinchi yarmi va IV asrda sosoniylar Eroni Sharqdagi eng qudratli davlatga aylangan. Ammo V asr oʻrtalaridan boshlab bu davlat eftalitlar va kidaritlarning bergan zarbalari natijasida asta-sekin kuchsizlanib, hatto eftalitlarga oʻlpon ham toʻlagan. III–V asrlar sosoniylar saltanatining dastlabki davri boʻlib, u Sharq xalqlari tarixida alohida oʻrinni egallaydi. 3. Dastlabki sosoniylar davrida xoʻjalik va madaniyat. Dastlabkl sosoniylar Eronni birlashtirish borasida juda koʻp harakat qilganlar. Eronning bir davlat qilib birlashtirilishi xoʻjalikning rivojlanishi uchun katta imkoniyatlar yaratadi. Eron davlatiga qarashli Frot, Dajla, Kerxa, Korun, Tajan, Murgʻob, Erimander kabi daryo boʻylaridagi joylar ekinbop yerlar edi. U yerlarda bogʻdorchilikka ham katta eʻtibor bilan qaralgan. Asosan olma, oʻrik, nok, anjir, xurmo ekilgan. Eronning katta qismi dasht, yassi togʻlik va togʻliklardan iborat boʻlib, yaylovlar koʻp boʻlgan. Eron chorvadorlarining qoʻy, echki, ot, tuya va qoramol podalari, shu yaylovlarda oʻtlab yurgan. Sosoniylar saltanatining shahar va qishloqlarida temirchilik, qurolsozlik, zargarlik, toʻqimachilik, meʻmorchilik, koʻnchilik, kulolchilik, toshtaroshlik, gilam toʻqish, namat, sholcha bosish ancha rivoj topgan edi. Eron shahar va qishloqlarini bir-biri bilan birlashtirib turuvchi karvon yoʻllari sertarmoq boʻlgan. Ularda doimo savdo karvonlari qatnab turgan. Eron savdogarlari va shohlari Misr, Suriya, Kichik Osiyo, Kavkaz, Turon va Hindiston bilan qizgʻin savdo-sotiq ishlarini olib borganlar. Fars ajoyib tarzda qayta qurilganiga va juda ko'p chiroyli bezatilgan saroylarga ega bo'lishiga qaramay (ayrim qoyatosh relyeflari hozirgi kungacha saqlanib qolgan), u davlatda katta rol o'ynamagan. Bir vaqtning o'zida ikkita poytaxt - Ktesifon va Selevkiya - "Dajla daryosi bo'yidagi shaharlar" tashkil topdi. Sosoniylar davlatining gʻarbida eng unumdor yerlar joylashgan, koʻplab shaharlar qurilgan. Imperiyani gʻarbiy qismida Oʻrta yer dengizi portlari bilan bogʻlovchi savdo yoʻllari ham mavjud edi. Kavkaz Albaniyasi, Armaniston, Iveriya (Iberiya) va Lazika kabi davlatlarga kirish imkoniyati mavjud edi. Mamlakat sharqida, Fors ko'rfazida Hindiston va janubiy Arabistonga dengizga chiqish yo'li mavjud edi. 226-yilda Ardashir I zafarli taxtga o'tirdi, shundan so'ng u "shohlar shohi" - shohinshoh unvonini oldi. Toj kiyishdan keyin Ardashir I erishilgan g‘alabalar bilan to‘xtab qolmay, imperiyaning kengayishini davom ettirdi. Dastavval Midiya davlati, Hamadon shahri va Xuroson va Saqaston viloyatlari tobe edi. Soʻngra oʻz qoʻshinini Atropatenaga joʻnatib, qattiq qarshilik koʻrsatib, uni zabt etadi. Atropatenadagi gʻalabadan soʻng Armanistonning katta qismi bosib olindi. Sosoniylar saltanati Marg‘iyona, ya’ni Marv vohasi, shuningdek, Mekron va Sistonga tobe bo‘lganligi haqida dalillar mavjud. Ma’lum bo‘lishicha, imperiya chegarasi Amudaryoning quyi oqimigacha, Xorazm viloyatlari joylashgan qismga qadar cho‘zilgan. Shtatning sharqi Kobul daryosi vodiysi bilan chegaralangan. Kushonlar podsholigining bir qismi ham bosib olindi, bu esa Sosoniy hukmdorlarining “Kushon podshosi” unvonlarini qoʻshishiga sabab boʻldi. Download 73.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling