Mundarij a kirish I. Nazariy qism
Polimerlarni bo’kishi va erishi
Download 0.71 Mb.
|
BMI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Cheksiz bo`kish
1.7. Polimerlarni bo’kishi va erishi.
Yuqori molekulyar birikmalar, xuddi quyi molekulyar moddalarga o`xshab, xar qanday suyuqliklarda erimaydi. Ba`zi bir suyuqliklarda polimer o`z-o`zicha erisa, ba`zilarida umuman erimasligi mumkin. Masalan, polistirol benzolda o`z-o`zicha eriy oladi, lekin suvda erimaydi. Jelatin esa suvda yaxshi erib spirtda erimaydi. Demak, birinchi ko`rsatilgan hollarda polimer va erituvchi orasida o`zaro moyillik kuzatiladi, boshqa hollarda esa moyillik kuzatilmaydi. Yuqori molekulyar birikmalarning erishi quyi molekulyar birikmalarning erishidan farq qiladi. Polimerlar erishdan oldin bo`kadi, ya`ni bo`kish erishning birinchi bosqichidir. Bo`kish davrida yuqori molekulyar modda suyuqlikni yutadi, og’irligi ortadi, yumshoq va cho`ziluvchan bo`lib qoladi, hajmini hatto 10-15 marta orttiradi. Yuqori molekulyar birikmalarning erish davrida erituvchi molekulalari dastlab polimer modda orasida tarqaladi va natijada bo`kish jarayoni kuzatiladi. erituvchi molekulalari asosan amorf polimerlarning makromolekulalari orasidagi g’ovaklarda joylashadi va asta-sekin makromolekulalarni bir-biridan ajrata boshlaydi. Vaqt o`tishi bilan makromolekulalar orasidagi bog’lanish susayadi va makromolekulalar asta-sekin erituvchi molekulalari orasida tarqaladi, natijada chin eritma hosil bo`ladi. Ko`rinib turibdiki, bo`kish erish oldidan bo`ladigan kinetik effektdir. Qanchalik polimerning molekulyar massasi katta bo`lsa, shunchalik uning erishi va bo`kishi qiyinlashadi va aksincha, qanchalik molekulyar massa kamaysa shunchalik polimerning erishi quyi molekulyar moddalarning erishiga o`xshab ketadi. Haqiqatan ham, quyi molekulyar modda eriganida erigan moddaning molekulalari erituvchi molekulalari orasida tarqaladi, ya`ni bo`kish jarayoni kuzatilmaydi. Bo`kish chekli va cheksiz bo`ladi. Cheksiz bo`kish. Yuqorida aytib o`tilganidek cheksiz bo`kish erishning birinchi bosqichi bo`ladi, so`ngra polimer zanjirlari bir-biridan ajraydi va quyi molekulyar erituvchi molekulalari bilan aralashadi. Polimer erishining asosiy xususiyati shundan iboratki, erish davridagi aralashayotgan komponentlarning molekulalari kattaligi va harakatchanligi bo`yicha bir-biridan bir necha ming marotaba farq qiladi. Odatda quyi molekulyar erituvchining molekulalari juda harakatchan bo`ladi va polimerga erituvchi qo`shilganda suyuqlik molekulalari polimer orasiga kira boshlaydi va polimer zanjirlarini bir-biridan ajratadi, ya`ni bo`kish sodir bo`ladi; kam harakatchan bo`lgan makromolekulalarning quyi molekulyar suyuqlik fazasiga tarqalishi esa ma`lum vaqt talab qiladi. Demak, polimerning erish jarayonidan oldin doim bo`kish kuzatiladi. Bo`kkan polimer, ya`ni quyi molekulyar suyuqlikning polimerdagi eritmasi, ma`lum vaqt toza suyuqlik bilan birgalikda mavjud bo`la oladi. So`ngra makromolekulalar bir-biridan ajray boshlaydi va asta-sekin erituvchi molekulalari orasiga tarqab bir jinsli eritma hosil qiladi. Demak cheksiz bo`kish ikki suyuqlikning o`zaro aralashmasiga o`xshagan jarayondir. Uning o`ziga xos farqi komponentlardan birining zanjirsimonligi va bukiluvchanligidadir. SHuning uchun agar polimer molekulalari sferik tuzilishga ega bo`lsa ular erish davrida bo`kmaydi. Masalan, molekulyar massasi 800000 bo`lgan glikogen molekulalari sferik tuzilishga ega bo`lganligi uchun erish davrida bo`kmaydi. α 3
2 0 τ Download 0.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling