Mundarij a kirish


Yonish jarayonining mohiyati


Download 200 Kb.
bet16/19
Sana19.06.2023
Hajmi200 Kb.
#1624366
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
Dasturlash texnologiyasi asoslari

Yonish jarayonining mohiyati
Yonish—murakkab fizik-kimyoviy jarayon bo'lib, u yonuvchi modda yoki material bilan havo tarkibidagi kislorodning o'zaro reaksiyasi ta'sirida yuzaga keladi. Yonish sodir bo'lishi uchun albatta yonuvchi modda, kislorod va yonish manbai bo'lishi kerak. Agar havo tarkibida kislorod miqdori 14% dan kam bo'lsa, yonish jarayoni susayadi, kislorod miqdori 10% bo'lganda esa tutash yuzaga keladi. Kislorod miqdori 8% bo'lganda esa tutash ham to'xtaydi.
Yong'in manbaini ikki turga ajratish mumkin, ya'ni ochiq (alanga, uchqun, qizigan buyumlar) va yashirin (kimyoviy reaksiyalar natijasida hosil bo'ladigan issiqlik miqdori, mikrobiologik jarayonlar adsorbsiyasi, adibatik siqilishlar, ishqalanish, zarba).
Yong'inni o'chirishning mohiyati, yuqorida ta'kidlangan uchta yonish jarayonini tashkil etuvchilaming o'zaro ta'sirini to'xtatishdan iborat.
Haroratining t0 dan t oralig'ida materialning erishi, bug'lanishi ro'y beradi. Harorat t0dan ortgandan so'ng, oksidlanish jarayoni yuzaga keladi va oksidlanish reaksiyasi natijasida ajralib chiqadigan issiqlik ta'sirida harorat tez o'sadi. Tutash, o't olish haroratida esa butun material tutashi kuzatiladi va nihoyat harorat ta ga yetgach, alangalanish boshlanadi.
Stol va stullarga talablar.
Kompyuter xonasida stol va stullarga talablar mavjud bo'lib, stol balandligi erdan 68-77 sm bo'lib, stullar esa aylanuvchan bo'lishi kerak va albatta orqasida suyanchig’i bo'lishi kerak. Chunki stol-stullar o'z gabariti bilan to'g’ri kelmasa, foydalanuvchi tezda charchab qoladi. Stol va stullar shunday joylashtirilishi kerakki, ular insonlarga turib yurishga xalaqit bermasligi kerak. Bundan tashqari, o'qituvchi bemalol xar bitta tinglovchini oldiga borib, uni qilgan xatolarini kompyuterda bemalol ko'rsata olishi kerak.
Insonni antropometrik o'lchovlarini xisobga olish.
Insonni antropometrik o'lchovlari quyidagicha: o'rtacha balandligi 1 metr 72 sm, elka kengligi 39 sm, qo'llar yoyilmasi 160 sm.
Agarda bu antropometrik o'lchovlar xisobga olinmasa, tinglovchilar ish paytida bir-biriga xalaqit berishi mumkin.

Download 200 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling