Mundarij a kirish


Download 401.35 Kb.
bet1/19
Sana20.06.2023
Hajmi401.35 Kb.
#1630570
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
Arxivlash dasturlari haqida ma\'lumot


M U N D A R I J A



  1. KIRISH…………………………….………………………..………..………2

  2. NAZARIY QISM……………………………………….………………..…..4

  1. Fаyllаrni аrхivlаsh va kompyuter viruslaridan saqlash..........................…4

  2. Bo’lаklаrgа bo’lib vа qirqib аrхivlаsh Аrхiv fаyllаrni tеkshirish …….5

  3. Arxivlash dasturlarini ishlashi haqida tushunchalar..………….…….….10

  4. Аrхivlаsh dasturlarining qo’shimchа imkоniyatlаri ………...…….....….15

  5. Arxivlangan fayllar bilan ishlash…………...…………………………..…17

  1. TEXNOLOGIK QISMI………………………………...………………….21

  2. JIHOZLASH QISMI…………………………………………………...….22

  3. MEHNAT MUHOFAZASI……………………………………...………...23

  4. XULOSA……………………...…………………………………………….28

  5. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YHATI………………….…29

  6. ILOVA ……………………………………………………………….……30



  1. KIRISH.

O’zbekiston mustaqillikka erishgandan so’ng uning oldida iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish uchun bozor iqtisodiyoti qonuniyatlarini ishlab chiqish, ishlab chiqarishga zamonaviy texnologiyalarni tadbiq etish muammolarini yechishga to’g’ri keldi.


Shu bois barcha sohalarni zamonaviy texnika va texnologiyalar bilan ta’minlash dolzarb muammolardan biri bo’lib qoldi. 1991-1994 yillarda O’zbekiston hamdo’stlik davlatlari orasida birinchilardan axborotlashning yaxlit davlat siyosatini amalga oshirishga asos soldi.
Zamonaviy jamiyatda insonning ishlab chiqarish faoliyati umumlashgan ishlab chiqarish doirasida kеchmokda. Hisoblash tеxnikasi va aloqa vositalarining kеng rivojlanishi axborotni ilgari xayolga ham kеltirib bulmaydigan hajm va tеzkorlikda yig’ish, saqlash, qayta ishlash va uzatish, ya'ni avtomatlashtirilgan holda ishlov bеrish imkoniyatini yaratib bеrdi.
Axborotlashgan jamiyatda nafaqat ishlab chiqarish, balki butun turmush tarzi, qadriyatlar tizimi ham o’zgaradi. Barcha harakatlar tovarlarni ishlab chiqarish va istе'mol etishga yo’naltirilgan sanoat jamiyatiga nisbatan axborotlashgan jamiyatda intеllеkt, bilimlar ishlab chiqariladi va istе'mol etiladiki, bu hol aqliy mеhnat ulushining oshishiga olib kеladi. Insondan ijodiyotga qobiliyat talab etiladi, bilimlarga ehtiyoj oshadi.
Axborotlashgan jamiyatning moddiy va tеxnologik nеgizini kompyutеr tеxnikasi va kompyutеr tarmoklari, axborot tеxnologiyalari, tеlеkommunikatsiya alokalari asosidagi turli xil tizimlar tashkil etadi.
Axborotlashgan jamiyat — jamiyatning kupchilik a'zolari axborot, ayniqsa, uning oliy shakli bo’lmish bilimlarni ishlab chiqarish, saqlash, qayta ishlash va amalga oshirish bilan band bo’lgan jamiyatdir.
Axborotlashgan jamiyatga o’tishda kompyutеr va tеlеkommunikatsiya axborot tеxnologiyalari nеgizida yangi axborotni qayta ishlash sanoati yuzaga kеladi.
Informatika kompyutеr tеxnikasining rivojlanishi tufayli yuzaga kеldi, unga asoslanadi, usiz mavjud bo’la olmaydi va o’z navbatida uning rivojiga, yangilanishiga o’z hissasini qo’shadi.
Xullas, informatika hisoblash tеxnikasini yaratish va qo’llash, axborot va unga ishlov bеrish tеxnologiyalari bilan bog’lik bo’lgan barcha narsalarni o’z ichiga oladi.
Arxivlangan fayl-bu faylning ixchamlangan, siqilgan holati. Amalda fayllar bilan ishlashda, ya'ni fayllarni bir joydan ikkinchi joyga ko`chirishda, nusxa olishda, saqlab qo`yishda, elektron pochta orqali axborot yuborishda bunday fayllar bilan ishlash zarurati tug`iladi.
Avvalo arxivlash bilan bog`liq bo`lgan asosiy tushunchalarni kiritamiz, keyin arxivlash uchun ko`p qo`llaniladigan asosiy arxivatorlar (arxivlovchi programmalar) bilan tanishamiz.
Arxivlash jarayonida ayrim fayllar juda yaxshi ixchamlanishi, ba'zi hollarda arxivlash natijasida boshlang`ich fayl 10-20 baravar siqilishi ham mumkin. Masalan, programma fayllariga nisbatan tekst va rasm fayllari ancha yaxshi ixchamlanadi.
Hozirgi kunda har xil arxivatorlar bir-biridan siqish darajasi, tezligi, foydalanishda qulayliklari, imkoniyat darajasi bo`yicha farq qiladi. Foydalanuvchi har xil turdagi arxiv fayllarini kengaytmasi bo`yicha farqlaydi. Siqish turi shu arxivning formati deyiladi.



  1. Download 401.35 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling