Mundarij a kirish


Download 144.5 Kb.
bet2/5
Sana18.02.2023
Hajmi144.5 Kb.
#1211953
1   2   3   4   5
Bog'liq
ertak (2)

ASOSIY QISM:

  1. Boshlang‘ich sinflarda xalq ertaklarining o‘rni

Ertak — xalq og'zaki poetik ijodining asosiy janrlaridan biri; toʻqima va uydirmaga asoslangan sehrli sarguzasht va maishiy xarakterdagi epik badiiy asar. Asosan, nasr shaklida yaratilgan. Mahmud Koshgʻariyning "Devonu lugʻotit turk" asarida yetuk shaklida uchraydi va biror voqeani ogʻzaki tarzda hikoya qilish maʼnosini bildiradi. E. Surxondaryo, Samarqand, Fargʻona oʻzbeklari orasida matal, Buxoro atrofidagi tuman va qishloqlarda ushuk, Xorazmda varsaqi, Toshkent shahri va uning atrofida choʻpchak deb ataladi.2 E. hayot haqiqatining hayoliy va hayotiy uydirmalar asosida tasvirlanganligi, tilsim va sehr vositalariga asoslanishi, voqea va harakatlarning ajoyibgʻaroyib holatlarda kechishi, qahramonlarning gʻayritabiiy jasorati bilan folklorning boshqa janrlaridan farq qiladi. E.larda uydirma muhim mezon boʻlib, syujet voqealarining asosini tashkil etadi, syujet chizigʻidagi dinamik harakatning konflikt yechimini taʼminlaydi. Uydirmalarning turli xil namunalari taʼlimiy estetik funksiyani bajaradi, janr komponenti sifatida oʻziga xos badiiy tasvir vositasi boʻlib xizmat qiladi. Uydirmalar voqea va hodisalarni hayotda boʻlishi mumkin boʻlmagan yoki mavjud boʻlgan hodisalar tarzida tasvirlaydi. Xayoliy va hayotiy uydirmalarning ishtiroki, syujet chizigʻida tutgan oʻrni va vazifasiga koʻra, E.ni 2 guruhga — xayoliy uydirmalar asos boʻlgan E, hayotiy uydirmalar asos boʻlgan E.larga boʻlish mumkin. Xayoliy uydirmalar asosidagi E. syujeti mo'jizali, sehrli; hayotiy uydirmalarga asoslangan E. syujeti esa hayotiy tarzda boʻlib, unda real voqea-hodisalar tasvirlanadi. E.da, asosan, uch maqsad hikoya qilinadi. Birinchisida ideal qahramonning jasorati, yovuz kuchlarga qarshi chiqib, xalq manfaatini himoya qilishi, ikkinchisida, asosan, bosh qahramonning oʻzga yurt malikalariga yoki parizodlariga oshiq boʻlib uylanishi, kasalga dori topishi, ajdar va devlar olib qochgan kishilarni ozod qilishi, uchinchisida esa adolatsizlikka, zulmga qarshi chiqishi kabi maqsadlar bayon qilinadi. Birinchi maqsad pahlavonning faol harakati va gʻayritabiiy kuchqudrati bilan amalga oshsa, ikkinchi maqsad passiv qahramonga yordam beruvchi tilsim vositalari yordamida, uchinchi maqsad esa bosh qahramonning aqlidroki, tadbirkorligi bilan amalga oshadi.
E. janri obrazlar talqini, gʻoyaviy mazmuni va konflikti, syujet va kompozitsiyasi, uydirmalarning oʻrni va vazifasi, tili va uslubiga koʻra, shartli ravishda hayvonlar haqidagi E.lar, sehrli E.lar, maishiy E.lar, hajviy E.larga boʻlinadi.
Hayvonlar haqidagi E.larning bir turi majoziy E.lardir. Majoziy E.larning ("Susambil", "Boʻri bilan tulki", "Tulkining taqsimoti", "Ikki boyqush" va boshqalar) syujeti asosida koʻchma maʼno, allegorik obrazlar yotadi. Masalan, laqmalik va qonxoʻrlik boʻri orqali, ayyorlik va tilyogʻlamachilik tulki orqali ifodalangan.

  1. Sehrli E.larda voqealar sehr-jodu, fantastik uydirmalar asosiga qurilgan boʻladi. Bularda pahlavonlik va qahramonlik madh etiladi ("Yalmogʻiz", "Semurgʻ", "Devbachcha", "Kenja botir" va boshqalar). "Quloqboy", "Handalak polvon", "Uch yolgʻonda qirq yolgʻon" va boshqalar E.lar komik, baʼzilari hatto hajviy xarakterga ega. Masalan, "Uch yolgʻonda qirq yolgʻon"da bosh qahramon xalq orasida shuhrat topgan kal boʻlib, bu komik qahramonning "yolgʻon toʻqishi"dan zulm va jaholat, adolatsizlik kabi mavjud tuzumga xos illatlar qoralanadi, kishilardagi donishmandlik, tadbirkorlik kabi fazilatlar ulugʻlanadi.

  2. Maishiy E.larda koʻproq zulm va adolatsizlik qoralanadi ("Uch ogʻaini botirlar", "Oygul bilan Baxtiyor", "Tohir va Zuhra", "Farhod va Shirin", "Zolim podsho" va boshqalar). Masalan, "Uch ogʻa-ini botirlar" ertagi odatdagidek ota nasihati bilan boshlanadi. Bunda ota kambagʻal, lekin hayot tajribalariga boy boʻlgan shaxs, boshqa variantlarida esa shoh boʻlib, oʻgʻillari shahzodalardir. Botirlar obrazida axloq va odobning yuksak namunasi, odamiylik, donishmandlik, jasurlik kabi sifatlar koʻrinsa, shahzodalar qiyofasida molmulk toʻplash yoʻlida har qanday yomon niyatlardan qaytmaydigan yolgʻonchi, johil kishilar obrazi gavdalangan.3

Ertak xalq og‘zaki ijodida eng keng tarqalgan janr bo‘lib, ularda kishilar hayotida uchraydigan oddiy hodisalar va fantastik sarguzashtlar hikoya qilinadi. Ertaklarning ko‘pida real hayot tasviri fantastic elementlar bilan qo‘shilib ketadi. Ertakning o‘tkir maroqli suyjeti, voqea rivojidagi favqulotta, ajoyib vaziyat bolalarni maftun qiladi:undagi mard, kuchli, topqir, dovyurak, chakkon qaxramonlar, ertakning g‘oyaviy yo‘nalishi, unda ezgu kuchning-yaxshilikning doimo g‘alaba qilishi bolalarni o‘ziga tortadi. Ertakda qabul qilingan hikoya qilish shakli, bir xil so‘z va iboralarning qayta-qayta takrorlanib turishi, ohangdorligi, tilining ta’sirchanligi ifodali vositalarning jonliligi bolalar uchun g‘oyatda qiziqarlidir. Ertakda qatnashuvchilarning rahmdil, saxiy adolatli hamda ularning aksi bo‘lgan yovuz, baxil, ochko‘z kabi timsollarga bo‘linishi o‘quvchilarga axloqiy jixatidan tarbiyalashga o‘z ta’sirini o‘tkazadi.
Ertak orqali o‘quvchilarda ijobiy va salbiy xususiyatlarni o‘rganib tushunchaga ega bo‘lib u orqali o‘ziga kerakli xulosani oladilar. biz kattalar ham yoshligimizdan ertaklar eshitib katta bo‘lganmiz. buvijonlarimizdan turli xil ertaklar eshitib o‘sha ertakdagi yaxshi va yomon xislatlarni ongli ravishda bolalarcha taxlil qilar edik.
Hozirgi kunda ham biz maktabgacha tarbiyalanuvchi va boshlang‘ich sinf bolalarga turli xildagi ertaklar aytish orqali ularning ongida yaxshi va yomonni anglashga, hayotda jasur, mard, kuchli, oqil, insonlar bo‘lish va hayotiy ko‘nikmalar hosil qilmog‘imiz darkor.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari ertak eshitib va eshitganlarini og‘zaki qayta hikoya qilib berish orqali ularning og‘zaki nutqini o‘stirishga yordam beradi. Ertak aytish orqali bolalar o‘zlarining qalbidagi istak – hohishi, orzu- armonlarini ham bayon etishga harakat qiladilar.
Ertak bolalarda personajlarning hatti-xarakatini muhokama qilib, baxolash ko‘nikmasini o‘stiradi. Ertakda xalq o‘z hayotini o‘zi hikoya qiladi, shuning uchun o‘quvchilar ertakni o‘qish bilan ma’lum davradagi xalq hayotini, uylari va orzu-istaklarini bilib oladilar.
Ertak ustida ishlashda quyidagi vazifa va tamoillaga amal qilinadi. 1.Ertak orqali yuksak axloqiy tarbiya berish.

  1. Ertak matni asosida o‘quvchilar nutqini o‘stirish.

  2. Ertak orqali o‘zbek xalqining milliy qoloritini o‘zgartirish.

  3. Ertak vositasida o‘quvchilarda ijodkorlik xislatlarini tarkib toptirish.

  4. Ertakdagi suyujet orqali o‘quvchilarning mantiqiy fikrlashlarini o‘stirish. Etakni izoxli o‘qish darsining ko‘rilishi quyidagicha bo‘lishi mumkin:

  1. O‘quvchilarni ertakni idrok etishga tayyorlash.

  2. Ertakni ifodali o‘qish.

  3. Dastlabki taassurot bo‘yicha suhbat.

  4. Ertakni izoxli o‘qish.

  5. Ertakni matnini tahlil qilish.

  6. Ertak matniga reja tuzish.

  1. Reja asosida ertakni qayta hikoyalash.

  2. Umumlashtiruvch suhbat.

Ertak axloqiy mazmunini kinoyaviy timsollar orqali aks ettiradigan badiiy asardir. Ertakda insonga xos xususiyatlar kinoyaviy timsollar–hayvonlar, jonivorlar va o‘simliklar dunyosiga ko‘chiriladi.Ertakda fikrning qisqa, lo‘nda,chiroyligi o‘quvchilar nutqi va tafakkurining o‘stirishlar muhim vosita bo‘ladi.
Ertakda o‘quvchilarning o‘sha ertakni mazmunli, ifodali o‘qish, izohli tarzda o‘qish, ertak orqali o‘quvchilarda yuksak ahloqiy ma’naviyatni shakllantirishdan iboratdir.
Ertak o‘qishda uning muallifiga, undagi qatnashuvchi shaxs yoki narsalar haqida tushunchaga ega bo‘lib ketiladi ham. Ertakni o‘quvchi o‘qiganda undagi janrlardagi qiziq holatlarni tushunib sevib o‘qiydi.
Bolalarning ertakdagi kinoyaviy mazmun emas,balki,birinchi navbatta,timsollarning go‘zalligi o‘ziga jalb etadi.Shuning uchun ertak ustida ishlash hayvonlar hayotidan yozilgan hikoya ustida ishlash kabi uyushtiriladi.Odatda, ertak personajlari o‘z hatti-harakatari, fe’l-atvorlari va nutkiy uslublari bilan o‘zlarini tavsiflaydilar.ba’zan bu tafsifni personojning o‘zi to‘ldiradi. Muallifning o‘zi esa bir-ikki so‘z bilan tafsifni mukammalashtiradi.
Ertak ustida ishlash quyidagi vazifalar va tamoillarga amal qilinadi:

    1. Ertak janrning mohiyatini ochib berish.

    2. Ertakdagi kinoyani ko‘rsatib berish.

  1. Ertak ko‘rilishi ustida ishlash.

  2. Ertak matnidagi turli iboralar orqali o‘quvchilar nutqini o‘stirish.

  3. Ertak mazmuni asosida o‘quvchilarni yuksak axloqiy ruxda tarbiyalash. Ertak o‘qish darsining qurilishi quyidagicha bo‘ladi:

  1. Tayyorgarlik ishlari:

  1. Ertak muallifi haqida ma’lumot;

  2. Ertakda qatnashuvchi shaxs, hayvon, hashorat yoki narsalar xususiyatlari haqida suhbat;

  3. O‘quvchilarning diqqatini to‘plash.

  1. Ertakni o‘qish:

  1. Ifodali o‘qish;

  2. Izohli o‘qish;

  3. Matnni tahlil qilish.

  1. Ertak kompozisiyasi ustida ishlash:

  1. Reja tuzish;

  2. Reja asosida qayta hikoyalash;

  3. Ertakdagi kinoyani ochish;

  4. Ertakdagi voqealarni hayot bilan bog‘lash.


Download 144.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling