Mundarij a kirish
O’qish darslarida ertaklarni interfaol usullarda o’tish
Download 144.5 Kb.
|
ertak (2)
3.O’qish darslarida ertaklarni interfaol usullarda o’tish
Bizga ma’lumki, inson tafakkuri nutq yordamida yuzaga chiqadi va ular o’zaro aloqada bo’ladilar. Fikr bayon qilish vositasi bo’lgan nutq og’zaki va yozma shaklda ifodaladi. Og’zaki nutq oilada hayotda, kishilar bilan o’zaro munosabatda, hamda ularga taqliq qilish orqali rivojlanib boradi. u bo’ladigan maxmus va o’rganishni talab etadi. Og’zaki nutq asosida yozma nutq rivojlanadi. Nutqning yozma shakli tilning alifbo va imlosi bilan bevosita bog’liqdir. O’quvchilarning og’zaki nutqni o’stirishda turli ilg’or pedagogik mahoratdan foydalanish, darslarni ko’rgazmali qurollardan foydalanib, ta’lim to’g’risidagi qonunga mos holda yangi pedagogik texnologiyalardan amalda foydalanish kerak. Mamlaktimizda qabul qilingan qator ta’lim to’g’risidagi qonun va qarorlarda o’qitish jarayonida ilg’or pedogogik texnologiyalardan keng foydalanishga e’tibor qaratilmoqda. Pedagogik texnologiyalarni keng ko’lamda tadbiq etish barcha turdagi ta’lim muassasalarini oldidagi eng dolzarb vazifalardan ekanligini alohida ta’kidlanadi. Boshlang’ich sinfni o’qitish o’qish darslarida o’tkaziladigan umumlashtiruvchi mashg’ulotlarni talab darajasida uyushtirish o’qituvchilardan katta ma’sulyat talab etadi. Umumlashtiruvchi darslar ma’lum bir bo’lim doirasidagi ilg’or o’rganilgan mavzular mazmunini o’quvchilar yodiga shunchaki qaytarish emas, balki ular bilimini bir tizimgasolish, amaliy nazariy tushunchalarini shakllantirish orqali badiiy estetis tafakkurni yuksaltirishga qaratilgan. "Ertaklar mamlakatida" bo’limi yuzasidan o’tkazilgan umumlashtiruvchi darsda o’quvchilar bo’limdagi o’qiyotgan ertaklardan qaysi biri qiziqarliroq ekanini shuningduk asarlarda qahramonlan, ularning xulq-atvori haqida o’z fikrlarini bayon qilishadi. O’qituchining vazifasi asarning o’quvchilar bilan tashkil qilish, ular nutqini qahramonlarning axloqiy sifatlarini ko’rsatuvchi sohalar bilan boyitib borishdan iborat. Bu esa adabiy qahramonlarning xarakatini yaxshi yoritib berish shakllaridan biri hisoblanadi. Bizda hozirgi kunda qo’llanilayotgan texnologiyalardan biri bo’lgan tarmoqlar metodi qo’l keladi. Bu metod o’quvchilarni mavzuga taalluqli tushuncha yoki fikrni erkin yoritishda ketma- ketlik bilan uzviy bog’langan holda yo’qlashda o’tkaziladi. Mazkur texnologiyani umumlashtiruvchi darslarda chizma shallaridan foydalanish, o’quvchilarda bir qancha yengilliklar yaratadi. 4 sinfda " Ertaklar mamlakatida" bo’limi o’tib bo’lingach umumlashtiruvchi darslarda o’quvchilardan birinchi navbatda o’rganilgan ertaklar nomini eslash va ularni ko’rsatilgan chizmaga joylashtirish topshirig’i beriladi. 2-topshiriq. Har bir ertakdagi qaxramonlarni esga olish va tizimga solish kerar bo’ladi. Yani "Davlat" ertagidagi dehqon dehqonning kelini "Ilm afzal" ertagidagi bobo, qiz, sakkiz o’g’il "Laqma it" ertagidagi it mushuk, sigir, echki endi ularni us guruxga yani qaxramonlarning faqat isonlardan iborat ertaklarni bir guruxga, insonlar va xayvonlardardan iborat qaxramonlik ertaklarni ikkinchi guruxga qaxramonlari xayvonlardan iborat ertaklarni uchunchi guruxga ajratib chiqish vazifasi beriladi. "Davlat", "O’lim afzal", "Hunarli kishi xor bo’lmas", "Xiylaning jazosi". "Ovchi, ko’kcha va dono", "Ochko’z boy", "Baqa bilan taqa", "Olapar, mosh musicha". "Bo’rining tabib bo’lgani xaqida ertak" "Ko’zacha bilan tulki", "Laqma it". Endi o’quvchilar jamoasi ham uch guruhga bo’linadi. Har bir guruh o’quvchilarni o’ziga belgilangan guruh ertaklarining mavzusi, asosiy g’oyasi qag’ramonlarning xulq-atvori fazilat va nuxsonlarini aniqlash to’g’risidagi topshiriqning ustida ishlaydi. Dars jarayonida o’quvchilarning dunyoqarashlarini kengaytirish maqsadida ertaklarni boshqa janrdagi asarlardan qaysi jihatlardan farqlanishi to’g’risida quyidagi mazmunda savol-javob o’tkazish mumkin. O’qituvchi: Biz o’tgan bo’limda sizlar bilan qanday hikoyalarni o’qigan edik? O’quvchilar: O’tgan bo’limlarda biz "Xarita" "Oltin fasl", "Qovun sayli"kabi hikoyalarni o’qigan edik O’qituvchi: Hikoya ertakdan nimasi bilan farq qiladi? O’quvchilar: Hikoyada voqealar hayotda qanday bo’lsa, shundayligicha tasvirlanadi. Ertakda esa voqealar bo’rtirilgan holda aks ettiriladi, Faqat ertaklarda sehrgarlik holati uchraydi O’qituvchi: Uchrayotgan qanday hissiyotlar hayvonlarga xos O’quvchilar: Xayvonlarda ham ayyorlik, ochko’zlik, vahshiylik, qo’rqoqlik kabi xususiyatlar uchraydi. O’qituvchi: Sanab o’tilgan xususiyatlar qaysi hayvonlarga xos deb o’ylaysiz. O’quvchilar: Ayyorlik tulkiga, qo’rqoqlik quyonga vahshiylish sherga, ochko’zlik bo’riga xos bo’lgan xususiyat. O’qituvchi: Bo’limdagi qaysi hayvonlar insonga yordam beradi? O’quvchilar "Olapar, Mosh, musicha, ertagidagilar aka-ukalarni inoq bo’lishga yordam beradi. O’qituvchi: Nima uchun ertaklarni bolalar yaxshi ko’radilar? O’quvchilar : Chunki ertaklarda ham doim yovuzlik ustidan yaxshilik g’alaba qozonadi, yovuzlik doim jazolanadi. Demak, “Tarmoqlar” metodi o’quvchilarda fikriy bog’liqlik og’zaki nutqni shallantirish imkoniyatini yaratadi. Xulosa qilib shuni aytish mumkinki boshlang’ich sinflarda umumlashtiruvchi darslarni uyushtirishda ilg’or texnologiyalarning roli kattadir. Asarning janri xususiyatlarini aniqlash, abadiy qahramonlarning fel-atvorini baholash o’quvchilarning adabiy nazariy tushunchalarini shallantirishda mazkur texnologiyalardan samarali vosita bo’lib xizmat qiladi va o’quvchilarning ta’lim jarayonini faol ishtirokchisiga aylantirishda yordam beradi va ta’lim samaradorligiga zamin yaratadi. Og’zaki nutqni shallantirishda darsning ko’rgazmaligiga katta ahamiyatga ega. Bizga ma’lumki dars samaradorligini oshirishda ko’rgazmali qurollardan foydalanishning ahamiyati katta chunki ko’rgazmali qurollar o’quvchilar bilimini oshirish va o’qituvchi mehnatini samarali qilish vazifalaridan biri hisoblanadi. Darslarda ko’rgazmalikni t adbiq etish orqali o’quvchilarning bilish faoliyatini oshiriladi, fikr va nutqi rivojlanadi ular diqqat qilish va kuzatuvchanlikka o’rganadilar. Darsda ko’rgazmali bolalarni yodda saqlashga undaydi, o’qish va yozuv malakalarining sifatini oshiradi, talimni hayot bilan bog’laydi. Ko’rgazmalikni zarurligi boshlang’ich sinf o’quvchilarini ruxiy holatini mustag’kamlaydi. Sinf o’quvchilarini o’ziga xosligi va o’qitiladigan fanning vazifalaridan kelib chiqadi. Kichik yoshdagi bolalar tabiati ko’rgazmalikni talab qiladi. Ular turli narsalarni bo’yoqlarni shakllarni ko’rib fikrlaydilar. Fikrlash orqali hodisalarni ongli o’zgartirishga o’rganadi ko’rgazmalar doimiy tushuncha va xarakatdagi ko’rgazmalar bo’ladi 1-turdagi ko’rgazmalar o’quv yilining oxirigacha turadi. Xarakatdagi ko’rgazmalardan esa ta’lim jarayonida yangi mavzu o’tilganda va mustag’kamlanganda foydaliniladi. Ko’rgazmali qurollar yasalishi jihatdan sodda, ixcham, boshlangich ta’limdagi barcha fanlarga moslangan bo’lsa maqsadga muvofiq bo’ladi O’qish darslarida xam ko’rgazmalarning turli xillaridan foydalanish dars samaradorligini oshiradi. O’quvchilarning og’zaki nutqini rivojlantiradi Darslikda keltirilgan ertaklarni o’qituvchi o’zining pedagogik mahoratidan kelib chiqib tushuntiradi. Ertaklarni o’qitishning eng qulay va ko’p qo’llaniladigan turi bu og’zaki suhbat, dialog hamda ko’rgazmali metodlardir. Hozirgi zamon pedagogik texnologiyasida dars jarayonida yangi ped texnoligiyalaridan foydalanib dars o’tish joriy etilgan. O’quvchilar o’qib, eshitib o’rgangandan ko’ra ko’zi bilan ko’rgan voqea-hodisalarni uzoq muddat xotirada saqlaydi va ko’rib turgan narsasiga to’g’ri baho bera oladi. Shuning uchun ham boshlang’ich sinflarda darslar asosan ko’rgazma vositalari yordamida o’tiladi. Rasmlar, ko’rgazma qurollari yordamida dars o’tilsa, o’quvchilarda nutq faoliyati jadalashadi. Ular rasmga qarab o’z fikr mulohazalrini bayon etadilar. Agar eratklar ha ko’rgazma vositalar yordamida o’qitilsa, o’quvchilar xuddi ertakni ichida turgandek bo’ladilar. Rasmga qarab turib ertak mavzusi uning maqsadi, qahramonlari haqida tushuncha o’z-o’zidan shakllanadi. Ko’rgazma qurollarini qo’llashda o’qituvchidan e’tiborlilik talab etiladi. Chunki, o’tayotgan darsiga mos keladigan vositalari o’z o’rnida qo’llay olishi hamda ko’rgazmani qo’llashdagi asosiy maqsadi, unutilmasligi lozim. 4 - sinf o’qish darsligida berilgan ”Quyosh sevgan yurt” ertagini o’qitish usullari haqida mulohaza yuritadigan bo’lsak, ushbu ertakni turli usulardan foydalanib o’qitish mumkin. Masalan, keng miqyosda qo’llaniladigan metod bu ko’rgazmalilik metodi bo’lib, unda ertak mazmunini o’zida to’la aks ettiruvchi rasmlarda foydalaniladi. Agar dars yangi pedagogik texnologiyadan foydalangan holda tashkil etiladigan bo’lsa, unda avval dars o’tish joyi tanlanadi. Ya’ni dars texnika vositalari bilan to’la ta’minlangan. Sinf xonasida tashkil etiladi va video, proyektorlar yordamida turli slaydlar asosida dars tashkil etiladi. Slaydlarda jonajon o’sha o’lka tarixidan so’zlovchi, uning betakror rang- barang tabiatini ifodalovchi, moziydan so’zlovchi, osmono’par, yoshi yillardan asrlarga tenglashib jangu-jadallarni guvohi bo’lgan tarixiy obidalarning suratlari keltiriladi hamda yurt tarixi unda yashab o’tgan ajdodlar ota-bobolar haqida og’zaki savol-javob o’tkaziladi. Biz yuqorida aytib o’tgan ertak o’quvchi ongida shunday yurtda tug’ilganidan faxr-iftixor tuyg’usini shakllantiradi. Dars jarayonida ertak avval o’qituvchi tomonidan ifodalai qilib baland ovozda o’qib beriladi. Unda ilgari surilayotgan fikr- mulohazalari slaydlarda o’z aksini topadi. Agar sinf xonalarida texnika vositalari yetarlicha bo’lmasa yoki darsni yangi ped texnologiyadan foydalanib o’tishga imkoniyat bo’lnasa, unda sinf xonasida o’qituvchining o’zi ertak mazmunini aks ettiruvchi rasmlar orqali darsni o’tsa maqsadga muvofiq bo’lardi. Rasmlarda asosan tarixiy obidalar olim-u, fuzalolar aks ettirilishi lozim. Ertak ”Quyosh sevgan yurt” deb noml,anishining asl ma’nosi ham o’quvchiga tushuntiriladi. Ertalabki quyoshning chiqishi hamda uning ufqqa bosh qo’yishi quyosh bobonurini diyorimizda ayamayotganini ham rasmda alohida tarzda ko’rsatilishi lozim. Ushbu ertakni o’qib o’rgangandan so’ng o’quvchi qalbida o’zgacha tuyg’ular tug’ila boshlaydi. Endi unda ona vataniga, xalqiga nisbatan o’zgacha mehr, shukronalik, faxr-iftixor tuyg’ulari bo’y ko’rsata boshlaydi. XULOSA Xulosa o’rnida shuni aytib o’tish mumkinki, ertaklar qanaqa turga mansubligidan qat’iy nazar bu ertaklar mazmunida yaxshilik, ezgulik, do’stlik, o’rtoqlik, vatanparvarlik, xalqparvarlik kabi go’zal fazilartlar ulug’lanadi hamda ushbu fazilatlar o’ziga qarama-qarshi bo’lgan failatlar ustidan tantanali ravishda g’alaba qiladi. Ertaklarni bolalaning ongiga tez ta’sir qilishiga sabab, u;arnin g tili sodda, qiziqarli, aql bovar qilmaydigan voqealar hamda sevimli qahramonlarning mavjudligidir. Agar e’tibor berib qaralsa, bolalarga she’r, hikoya, topishmoq yoki maqollarni aytib bersangiz unchalik qiziqmaydilar va diqqat bilan tinglamaydilar ammo ertak aytib yoki o’qib bersangiz ularning butun vujudi quloq bo’lib sizni tinglaydi. Ertakdagi qahramonlarning hatti-harakatlari ularni zavqlantiradi,o’quvchilar xayotdan o’sha qahramonlar bilan birga yashaydilar va ulardagi o’zlariga kerakli bo’lgan qobiliyatlarni, harakatlarni o’rganishga ishtiyoq bilan kirishadilar. Agar e’tibor qilgan bo’lsangiz o’zbek xalq ertaklarining aksariyatida mehnatsevarlik, mehribonlik, mehnatsevarlik, do’stlik kabi mazmunlarni tarannum etadi. Ertaklarni aytuvchi shaxslar o;z mahoratlarini ishga solib kitobxonni o’ziga jalb etishning vositasi bu so’zlarni o’z o’rnida to’g’ri qo’llay olish, voqelikni aynanlashtirish, ya’ni ertakdagi qahramonlar obrazini to’g’ri aks ettirishdan iborat. Xalqimizda ertak aytuvchilar ertakchi deb ataladi. Ertakchi – ertak aytuvchi, hikoyachi, Repertuardagi ertaklar xarakteri va hikoya qilish uslubiga ko’ra ertaklar bir-biridan farq qiladi: ular ijrochi va ijodkor ertaklarga bo’linadi. Birinchisi o’zi aytgan ertakni o’zi eshitgan, o’rgangan ertaklarni ijro etmay, ularga yangiliklar kiritadi: uning ta’sir kuchini oshiradi: ularni o’z didi, qobiliyati va dunyoqarashi, tinglovchilar saviyasi va talabiga moslab o’zgartiradi. Ertaklarning badiiy asar darajasiga yetishi, avloddan avlodga o’tib kelishida professional ertakchilarning xizmatlari katta bo’lgan. Ertakchilardan Hamrolarning xizmatlari katta bo’lgan. Ertakchilardan Hamrobibi Umarali qizi ko’proq qahramonlik, Hasan Xudoyberdi o’g’li sehrli, haydar Boycha o’g’li hayvonlar haqidagi, Nurali Nurmat o’g’li maishiy, Rasulov Husanboy sehrli-sarguzasht, Shukurov Abdug’jfnr mardlik va qahramonlik mazmunidagi ertaklarni ijro etishgan. Ushbu shaxslarning say-harakatlari natijasida og’izdan-og’izga o’tib kelayotgan ertaklar o’z qadr-qimmatini yo’qotmay kelmoqda. Ertaklarning jozibadorligini oshiruvchi uning kitobxonga, tinglovchiga qay yo’sinda ta’sir etishi bu ertakchilarga bog’liq. Ertaklarning xalq orasida atalishi ham turlicha bo’lib, uni xalq ”varsoqi”, ”Cho’pchak”, ”ushuk”, ”masala” kabi atamalar bilan Devoni lug’atit turkda ”etuk” tarzida ishlatilgan. Ertakning muhim xususiyatlari: qiziqarli syujetga ega bo’ladi. Syujet voqealari yaxshilik g’alabasi bilan yakunlanadi. hayotiy voqealar uydirmalar qobig’ida tasvirlab beriladi voqealar badiiy tasvirlanadi: tarbiyaviy o’git berish vazifasiga ega: maxsus boshlama va tugallanmalarga ega: syujetining hajmi, qahramonlarining ko’pligi bilan ham xalq og’zaki nasrining boshqa janrlaridan farq qiladi. Xalqimiz tomonidan uzoq davrlar davomida og’izdan-og’izda o’tib, sayqallanib bizga qadar yetib kelgan og’zaki ijod durdonalaridan xalq tarixi, psixologiyasi, urf-odatlari, orzu-intilishlarini bayon etishni o’rganishning manbaidir. Ular mehnatkash xalq hayotining badiiy ifodasidir. Ertaklarni o’rganish orqali o’tmish xalqning orzu-istaklari, intilishi, kurashlarini ko’ramiz. Shuning uchun ham ularni to’plash, o’rganish, atroflicha tahlil etish hozirgi kunimizning aktual masalalaridan. Ertaklarda ifoda etiladigan har qanday obrazning ma’lum kelib chiqish sabablari va tarixiy taraqiyoti mavjud. O’zbek xalq ertaklarida podshohlarning ideal obrazini tasvirlash masalasi doim kishi diqqatini o’ziga jalb etgan, masalalardan biridir. Odil shohlar obrazida xalq manfaatini ko’zlovchi, xalq uchun g’amxo’r kishilar tasvirlanadi. Ko’pincha bu obraz ma’naviy xususiyatlar bilan ideallashtiriladi. Ertaklardagi muhim poetik forma o’ziga xos ravishda qahramonlarning shahzoda va malika sifatida shohona saroylarda yashaganlari bilan ko’pincha mehnatkash xalqdek hayot kechiradilar. Qahramonlarga shohona hayotni berish ertaklardagi o’ziga xos mantiq bilan bog’liqdir. Jamiyat rivoji bilan undagi xalqning ham turmush darajalari ham o’rganib boradi. Endi ertaklarda asosiy qahramon obrazi qilib dehqon va uning olilalari asos qilib olingan. Ertaklar jamiyat taraqqiyoti undagi xalqning o’tmish hayotini o’zida namoyon etib turadi. Hozirgi kunda yaratilgan adabiy ertaklarning aksariyatida bugungi kun voqealari, xalqning bugungi qiyofasi o’z aksini topgan. Ertaklardagi obrazlarning ba’zilari kundalik turmushimizda uchraydigan kishiartimsolida keltiradi. Ertakni eshitib uni ma’nosini tushunib yetgan o’quvchilar unga taqlid qilib unga o’xshashga harakat qiladi. Masalan, ”Zumrad va Qimmat” ertagida 2 taqahramon ishtirok etib ularning ikkalasi ikki xil olamni o’zida aks ettiradi. Ertakdagi Zumrad obrazi odobli, mehnatkash, ota-onasiga mehribon qilib tasvirlanad. Qizlar hayotda Zumradga o’xshashni uni hamma hurmat qilishini istaydilar va unga o’xshab harakat qila boshlaydilar. Qizlardagi xulq-atvorlar ko’proq bo’lsa o’sha qahramon nomi bilan aytilishi urf bo’lib qolgan. Qimmatdagi ishyoqmaslik, dangasalik, hozirdagi kunda ko’p marotaba qoralanadi. Qizlar tarbiyasi oilada alohida o’rinni egalaydi. Ularning tarbiyasi bilan asosan onalar shug’ullanadilar. Ertaklar asosida bolalardagi ayrim nuqson va kamchilikar bartaraf etiladi. Oilada qiz bola tug’ilsa uni erkalatib, taltaytirib, tarbiyalamaslik takror-takror uqtiriladi. Agar ular hadeb injiqlik qilib tarbiyada nuqsonlarni paydo qilsa onalar shu tur ertaklarni maromiga yetkazib aytib bersalar va tinglovchi bundan to’g’ri xulosa chiqarsalar ijobiy qahramon sifatlarini o’zlasjhtira boshlaydilar. Shunga aytgan bo’lsalar kerak ”Ertaklar yaxshilikka yetaklar” deb. O’tmishda yashab hayot kechirgan ajdodlar turmushini ertaklar yaqqol bayon etib beradi. Yosh avlodni kelajakda qanday inson bo’lishi jamiyat taraqqiyotida qanday faoliyat olib borishi bu uning qanday tarbiya oayotgani va qnday ma’naviy xazinaga ega bo’lganligiga bog’liq. Bolaga yoshligidan turli mavzulardagi ertaklarni aytish hamda ularni real hayot bilan bog’lab misollar keltirish orqali qiziqish uyg’otish va osha ertakdagi qahramonlar singari faoliyat olib borishida yo’nalish beruvchi bo’lib xizmat qiladi. Ertaklarning bolalarga qiziqarli xususiyatlarda yana biri undagi g’ayritabiiy kuchlar, dev, ajdarho, yalmog’iz kampir kabi salbiy obrazlar hamda iushbu obrazlarni tantanali yenguvchi go’zal va samimiy qahramonlar o’rtasidagi kuash va har doim ezguchining yovuzlik ustidan g’alaba qilishidir. Boshlang’ich sinf o’quv darslilarida berilgan ertaklarning aksariyatida ha ezgulik va yovuzlik, mehnatsevarli va yalqovlik, rostgo’ylik va aldamchilik kabi kuchlar o’rtasidagi kurashlar aks ettirilgan, ertaklar o’rin olgan. Ertakni o’qigan bola esa undagi ijobiy qahramonlarga ko’proq o’xshani xohlaydi va unga taqlid qila boshlaydi. Maktabda boshlang’ich sinflarda darsliklardagi ertaklar ko’pincha dialog ko’rinishida beriladi va hajmi o’quvchining yoshiga moslab taqdim etiladi. Dars jarayonida ertakni o’qitishning eng qulay va o’quvchiga oson yo’li bu ertak qahramonlarini o’quvchilarga bo’lib berish. Ya’ni, ertak qahramonlari sinfdagi o’quvchilar bo’lib hisoblanadi. Sinfda ertak mazmunini hamma tushunarli bo’lishi uchun avval o’qituvchi ertaklarni baland ovozda sekin-sekin ifodali qilib, qahramon larning ijobiy yoki salbiysini alohida ovoz tempida o’qib iloji bo’lsa harakatlari ham ko’rsatib berilsa maqsadga muvofiq bo’ladi. Ertak o’qib o’quvchilarda tushuncha hosil bo’lgandan so’ng turli xil savollar berilib ertak qay darajada o’zlashtirilganini baholanadi va sinfda bir yoki ikki o’quvchidan qisqacha mazmuni so’raladi. Agar ertakdagi yovuzlik, salbiy xislatlar o’quvchilarni ongiga aniq yetkazilsa ular kundalik turmushda ushbu xislatlardan yiroq yurishga harakat qiladilar. Unutmaslik kerakki, o’quvchi ma’naviy boyligi borasining poydevorining quruvchisi bo’ladi. Bundan ayon bo’ladiki, imorat fundamenti baquvvat, chidamli bo’lsagina bino ham shuncha baquvvat va ko’p yillik bo’lib turadi, qad klo’taradi. Biz pedagoglarning asosiy maqsadimiz: jismonan sog’lom, ruhan, ma’nan barkamol, ezgu maqsadli buyuk kashfiyotlar yaratuvchisini tarbiyalashdan iboratdir. Download 144.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling