Mundarij a kirish
Boshlang’ich sinflarga xalq ertaklarini o’qitishda pedagogik texnologiyalarni qo’llashning ahamiyati
Download 144.5 Kb.
|
ertak (2)
2.Boshlang’ich sinflarga xalq ertaklarini o’qitishda pedagogik texnologiyalarni qo’llashning ahamiyati
Boshlang‘ich sinflarda o‘qitiladigan o‘qish fani adabiyot fanining tarkibiy qismi hisoblanadi. O‘qish darslarini davlat talablari asosida hayotiy tajribalarga, kuzatishlarga suyanib hayotga bog‘lab o‘tilishi uning o‘quvchilarga ta’sirchanligi va ongli idrok etishlarini ta’minlaydi. boshlang‘ich sinflarda o‘qish darslari yuqori sinflar singari o‘zbek adabiyoti, tarix, geografiya, biologiya va boshqa fanlarni o‘zlashtirish uchun dastlabki asosni yaratadi. Shuning uchun boshlang‘ich sinflardagi o‘qish darslariga jiddiy e’tibor berish talab qilinadi. sinfda o‘quvchilar matnni ongli to‘g‘ri va bo‘g‘inlab o‘qishni o‘rganadilar. buni faqat o‘qish darslaridagina emas, balki barcha predmet fanlar yuzasidan ham o‘tkaziladigan darslarda va maktabdan tashqari uyushtiriladigan mashg‘ulotlar jarayonida ham kuzatib borishga alohida ahamiyat berish zarur. sinf o‘quvchilarda so‘zlarni butunligicha o‘qish malakasi shakllanadi. O‘qishning to‘g‘ri ifodali bo‘lishiga erishiladi. O‘qish sur’ati tezlashadi. bu sinfda o‘quvchilar matnning ayrim qismlarini, qisqa hikoyalarni ichida mustaqil o‘qishga o‘tadilar. Matn ustida ishlash esa murakkablashib boradi. sinfda so‘zlarni butunligicha to‘la o‘qish konikmasi shakllanadi. So‘zlarni to‘g‘ri tanlashga, gap tuzishidagi so‘zlarning bir–biriga bog‘lanishidan to‘g‘ri foydalanish talab etiladi. sinfda o‘quvchilar so‘zlarni bo‘g‘inlamay o‘qishlari, matnni tez, to‘g‘ri, ongli o‘qiy olishlari kerak. bu sinfda o‘quvchilarni bo‘g‘inlab o‘qishga yo‘l qo‘ymaslik kerak. bolalar o‘qilgan matn mazmunini mustaqil ravishda qayta hikoya qilishlari, matn yuzasidan sodda reja tuza olishlari, uning asosiy mazmunini ajrata olishlari zarur. boshlang‘ich sinflar ta’lim tizimining poydevoridir. Boshlang‘ich ta’lim davlat ta’lim standarti ta’lim mazmuni negizini, o‘quvchilar egallashi lozim bo‘lgan bilim, ko‘nikma, malakalarni o‘quvchilar tayyorgarlik darajasiga qo‘yilgan talablarni o‘zida ifodalaydi.Shunday ekan boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini DTS talablari asosida ta’lim berish, tarbiyalash o‘qituvchilarni “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” talablari asosida yetuk mutaxassis qilib tayyorlash bugungi kunning dolzarb vazifasi hisoblanadi. Shunday ekan 1-sinfga qadam qo‘ygan o‘quvchi shaxsini shakllantirish, uni muvaffaqiyatli o‘qib ketishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish boshlang‘ich sinf o‘qituvchisidan kasbiy hamda metodik mahorat talab etadi. bu kabi maqsadlar asnosida o‘quvchini ta’lim jarayoniga olib kirish, ta’lim-tarbiya jarayonida ilg‘or pedagogik texnologiyalarni qo‘llash orqali kafolatlangan ta’lim natijasiga erishish ta’minlanadi. Bugungi kunda dunyo miqiyosida axborot kommunikatsiya tizimining yuksak darajada rivoj topib borayotganligi va bu boshqa sohalar qatorida ta’lim jarayoniga ham kirib kelib, uni yanada sifatli tashkil etishga o‘z ta’sirini ko‘rsatayotganligi barchamizga ma’lum. bunday sharoitda inson faoliyatining nazariy va amaliy qirralari ham uzluksiz yangilanib turishi tabiiydir. Pedagogik faoliyat ham alohida va murakkab mehnat turi sifatida bundan mustasno emas. Pedagoglar o‘z faoliyatlarida kafolatlangan natijalarni qo‘lga kiritishga urinmoqdalar. Boshlang‘ich ta’limning asosiy maqsadi bolaning o‘qishga bo‘lgan ijodiy munosabatini, eng zarur bo‘lgan o‘qish savodxonligi turli ma’lumotlar bilan ishlash, asosiy matematik amallarni bilish va ularni kundalik hayotda qo‘llay olish, mantiqiy va ijodiy fikrlash, o‘z-o‘zini boshqarish, jamoada o‘zini tuta bilish, yozma va og‘zaki muloqot madaniyati qoidalarini egallash, ta’limiy faoliyatini tashkil etish kabi ko‘nikmalarini shakillantirishdan iboratdir. Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining kasbiy salohiyati va ma’lumot darajasi bolalar psixologiyasi hozirgi zamon boshlang‘ich ta’lim metodikasini bilishi boshlang‘ich ta’lim sifatini oshirishda muhim ahamiyatga ega. boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida zarur ko‘nikmalarni shakllantirish, boshlang‘ich ta’lim sifat-sama-radorligini yangi bosqichga ko‘tarish o‘qitishning zamonaviy usul va vositalarini amaliyotga joriy etish maqsadga muvofiqdir. hozirgi kunda ta’lim jarayonida innovotsion texnologiyalar, pedagogikva axborot texnologiyalarini o‘quv jarayoniga qo‘llashga bo‘lgan qiziqish, e’tibor kundan kunga kuchayib bormoqda. buning asosiy sabablaridan biri an’anaviy ta’limda o‘quvchilarni faqat tayyor bilimlarni egallashga o‘rgatilgan bo‘lsa boshlang‘ich ta’limda zamonaviy texnologiyalar ularni egallayotgan bilimlarini o‘zlari qidirib topishlariga, mustaqil o‘rganib, tahlil qilishlariga, hatto xulosalarini ham o‘zlari keltirib chiqarishlariga o‘rgatadi. Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi bu jarayonda shaxsning rivojlanishi, shakllanishi, bilim olishi va tarbiyalanishiga sharoit yaratadi. barcha umumta’lim maktablarining boshlang‘ich ta’lim sifati va samaradorligini oshirishda zamonaviy pedagogik, innovotsion va axborot texnologiyalarini ta’lim jarayoniga tatbiq etish, ilg‘or ish tajribalarini ommalashtirishni taqozo etadi. Ijodiy guruhlar tomonidan 1-4-sinf o‘quv darsturlarini va darsliklarini shu yoshdagi bolalarning psixo-fiziologik xususiyatlarini hisobga olgan holda tanqidiy asoslangan xulosalar asosida 1-4-sinfo‘quv dasturlarini ilg‘or pedagogik, axborot-kommunikatsion texnologiyalarni keng joriy etish va kompetensiyaviy yondashuv nuqtai nazardan takomillashtirish tavsiyalari ishlab chiqildi va o‘quv jarayoniga tatbiq etilmoqda. Boshlangich sinf darsliklari uchun multimediya ishlanmalarini bosqichma-bosqich ishlab chiqqan holda o‘qitishning o‘yinli shakllari va medimedia texnoligi-yalardan foydalanishni kengaytirish vazifalari belgilab olindi. Boshlang‘ich ta’lim jarayonida amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etishda multimediadan foydalanish usullarini aniqlash quyidagicha: -Ta’limda multimediadan foydalanishning ahamiyatini o‘rganish -zamonaviy axborot texnologiyalari yordamida ta’lim jarayoni samarasini oshirishga qo‘yilgan talablarni o‘rganish Boshlang‘ich ta’lim jarayonida amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etishda multimedia ilovali metodik qo‘llanmalarning ahamiyati kompyuter va zamonaviy axborot texnologiyalaridan bugungi kunda boshlang‘ich sinflarda matematika fanlarini o‘qitishda keng doiradagi masala va maqsadlar uchun foydalanish mumkin. Ular ta’lim samarasini oshirishi bilan birga o‘qituvchilarning pedagogik faoliyatlarini yengillashtiradi va mashg‘ulotlarga qo‘yilgan barcha turdagi maqsadlarni muvafaqqiyatli amalga oshirishda muhim vosita rolini o‘ynaydi. Ushbu tadqiqot doirasida quyidagi faraz ilgari surilgan edi: ta’lim jarayonida, ya’ni boshlang‘ich sinflarda matematika fanini o‘qitishda zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish ta’lim jarayoni samarasini orttirib, o‘quvchilarning ijodiy faolligini oshiradi. Mashg‘ulotlarda axborot texnologiyalaridan foydalanish uslubiy jihatdan to‘g‘ri, sanitariya- gigiena qoidalariga mos, maqsadli va o‘rinli bo‘lsa, ular ta’lim jarayoni samarasini oshirishi mumkinligini ko‘rsatdi. Demak, barcha ta’lim muassasalarida, jumladan boshlang‘ich maktablarda ham kompyuterlashgan ta’limni yo‘lga qo‘yish, zamonaviy axborot texnologiyalaridan ta’lim jarayonida keng foydalanishga o‘tish lozim. Ko‘rgazmalilik didaktikaning eng asosiy tamoyillaridan hisoblanadi.bu tamoyil ayniqsa boshlang‘ich sinflarda ta’lim samaradorligini hal qiluvchi omil hisoblanadi. hayotning hamma sohalariga, shu jumladan ta’lim sohasiga ham tobora chuqur kirib borayotgan kompyuter va zamonaviy axborot texnologiyalari ana shu tamoyilni ta’minlay oladigan eng zamonaviy vositalardan biriga aylanib bormoqda. Ulardan boshlang‘ich sinflarda o‘qitishda foydalanish jarayonida kichik yoshdagi o‘quvchilarning individual va psixologik hususiyatlarini e’tiborga olish zarur. Download 144.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling