Mundarija : kirish bob. Qoraqalpoqlarning marosim va urf-odatlarining ahamiyati


II.BOB.QORAQALPOQ MILLATINING O’ZIGA XOS TARZDAGI ETNIK XUSUSIYATLARI


Download 71.31 Kb.
bet3/7
Sana18.06.2023
Hajmi71.31 Kb.
#1576394
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Oʻlkamizda saqlanip qolgam urf odat va marosimlar Qaraqaloqiston misolida

II.BOB.QORAQALPOQ MILLATINING O’ZIGA XOS TARZDAGI ETNIK XUSUSIYATLARI
2.1.Qoraqalpoq xalq og’zaki ijodining eng yorqin nayomondalari
Qoraqalpoq xalqi baliqchilik va chorvachilik bilan shug’ullangan. “Sovunim-shabag’im” deganda, bunda ham keyingi galdagi sigir sut qatiqlaridan hamda baliqlardan turli milliy taomlar tayyorlab kelganligidan darak beradi. Qoraqalpoq millatiga mansub bo’lgan ayollar baliqdan tayyorlanadigan taomlarni turli xilini bilishi va ular asosiy taomlardan ekanligini ta’kidlab o’tadi. Bu tarzdagi ilmiy psixologik yondashuvda shuni xulosa qilish mumkinki, aholi sigir go’shtidan ko’ra uning sut va qatiqlarini iste’mol qilganligi ma’lum, bu esa tabiat ob’ektlariga aholida sub’ektiv munosabatning bo’lganligini bildiradi. Mol go’shtidan ko’ra baliqni yaxshi ko’rib iste’mol qilganligi ma’lum, baliqlardan 200 xil taom turlarini biladigan qiz-kelinchaklar uning tez xazm bo’ladigan shifobaxshligiga ham urg’u berib o’tadi. Buni yana xalq maqollarida baliq yegan tuq bo’lar, har darmoni yo’q bo’lar deb gapini topib gapirib yurganligini guvohi bo’lamiz. Bu kishilarni salomatligiga befarq bo’lmaganligi, tabiiy resurslariga zarar yetkazmaslikga harakat qilayotganlini ko’rishimiz mumkin6. Bizni bu tarzdagi ilmiy izlanishlar uzoq bo’lmagan davrlargacha xalqning ekologik ongning tarixiy ildizlari ijobiy va sub’ektiv bo’lganligidan darak beradi. Qoraqalpoq xalqining etnik psixologik xususiyatlarini ochib berish uchun aholining yashash tarzi, milliy madaniyati, san’ati, klassik adabiyoti, folklor janri, milliy dasturlari va urf-odatlariga ham tuxtalib o’tsak bo’ladi, lekin bular juda katta ilmiy manba va ular o’ziga xos tarzdagi yondashuvlarni ham talab qiladi. Jumladan, Qoraqalpoqlar boy og’zaki xalq ijodiyotiga ega, 20 jilddan iborat qoraqalpoq folklori bunga dalil bo’la oladi [3.45]. Qoraqalpoq folklori juda qadimiy tarixga ega. Bu xalqni etnik psixologik xususiyatlarini, xalqining psixologik madaniyatlarini aks ettiradi. Qoraqalpoqlar boy xalq og’zaki ijodi bir nesha asrlar davomida rivojlangan. Uning asosini xalq og’zaki ijodining barsha janrlari: ertaklar, maqollar, rivoyatlar, she’rlar va boshqalar tashkil etadi. Qoraqalpoq xalq og’zaki ijodining eng yorqin nayomondalari bu epos yoki epos she’rlar (dostonlar) hisoblanadi. Ushbu janrdagi ijod namunalari besh mingdan ortiq bo’lib, ular o’z ishiga: qahramonlik, lirik, ijtimoiy-maishiy, ertak-roman va boshqa turdagi dostonlarni o’z ishiga oladi. Ular dostonshi-qo’shiqshilar- baxchi va jirovlar tomonidan, musiqiy asboblar-qobiz va dutor jo’rligida ijro etiladi. Dostonlar qoraqalpoqlar orasida X-XII asrlardan ilgari paydo bo’lgan degan fikrlar mavjud. Doston yakka holda mavjud bo’lmagan, lekin xalq ichida oldin og’zaki tarzda yuzaga kelgan va odamlarga she’riy uslubda yetkazilgan. Folklor janrlari boyitilgan, shakllangan va mukammallikka erishgan. Dostonlar xalq tarixi haqida so’zlagan. Dostonning hajmi uning xususiyatlari, hikoyachining ijodiy o’ziga xosligi bilan chambarchas bog’liq bo’lib, u so’zlayotgan voqealarga bog’liq. Folklor san’atida muhim o’rinni XI-XVIII asrlardagi ijod namunalari: Sharyar, Qoblan, Yedige, Yer Shora, Alpomish, Qurbonbek, Yer Ziyor, Qirq qiz va boshqalar tashkil etadi. XIX asr oxiri XX asr boshlarida Qoraqalpoq folklorini to’plash va targ’ib qilishda rus tadqiqotchilari I.Belyaev, A.Divaev, O.Ostroumov, V.Rablov, A.Samoilovichlar katta hissa qo’shganlar. Qoraqalpoqlar o’z ona yurtiga bo’lgan katta muhabbatni saqlab qolgan. Ko’p asrlik tarix davomida ular bir necha bor qurol olib, o’z vatanlarini, uylarini himoya qilishgan. Yuqorida keltirilgan har bir janrda ularning ongida yuksak vatanparvarlik, insoniylik tuyg’ularini ko’rishimiz tabiiy7. Tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, qorakalpoklar o’zlarining kasbiy vazifalarini bajarishda faol hisoblangan, hayot qiyinchiliklariga sabr bilan kurashib kelgan. O’z yurtiga bo’lgan muhabbat o’z millatidagi umumiy g’urur bilan to’ldirilib kelgan va keyingi avlodlarga yetkazilgan. Qoraqalpoq xalq og’zaki ijodining ko’plab janrlarida hazil-mutoyiba va hajviy asarlar ham ko’p uchraydi. Ularga misol tariqasida xalq og’zaki nasriy ijodi namunasi latifani keltirish mumkin. Yoki kulguli qo’shiq dialoglar-aytish yoki javoblar ham ushbu janrdagi ijodiga kiradi. Ular asosan yosh yigit va qizlar o’rtasidagi so’z o’yinlarida qo’llanilgan. Savol-javoblarni qisqa, takomillashgan, ijodiy va qofiyalashgan shaklda berishga va tezda, o’zini yo’qotmasdan, hozirjavoblik bilan javob qaytarish qobiliyatiga asoslanadi. Ular musiqasiz, ammo, ohang bilan va ritmik tarzda ijro etilgan. Shuningdek, xalq shoirlari orasidagi so’z aytishuvlari ham mashhur bo’lgan. Asarlarda o’zining davrlaridagi xalq qahramonlarini tasvirlangan bo’lsa, demak, usha davrning odamlari, ularning munosabatlari qanday bo’lganligidan darak beradi. Ushbu hududlar aholisi moddiy va ma’naviy madaniyatning o’ziga xos xususiyatlarini, milliy psixologiyaning o’ziga xos xususiyatlarini ko’rsatadi. Demak, shu o’rinda xulosa shuki, usha davrdagi kishilarni psixologik xususiyatlari o’ziga xosligi, aynan og’zaki nutqni rivojlanishi, ularni xotirani kuchliligi bilan alohida ko’zga tashlanadi. Bundan tashqari, qoraqalpoqlarni ba’zi xislatlari ularni milliy madaniyati, san’ati, milliy dasturlari va urf-odatlarda aks etadi. Berdaq shoir “Shejire” asarida “Sahra xalqi ko’chib, gezbek, kengli yerden Vatan tuzmoq”, o’z navbatida xalq ko’chib o’zlariga qulay yerlarni tanlab Vatan qilganligi aytilmoqda. Shu sababli ham Orol dengizi sohillariga dexkonchilik, ovchilik, baliqchilik va chorvachilik bilan shug’ullanganlar. Qoraqalpog’iston xududi ajoyib ulkaning qulay tabiiy sharoiti boy o’simliklar va hayvonat dunyosi eng qadimgi ajdodlarimizning diqqat-e’tiborini o’ziga jalb qilgan. Qoraqalpoq xalqi oqsoqollari va chuponlardan eshitgan juda ko’plagan afsona, rivoyat va voqealar tafsilotlarini kuchli xotirasida saqlab qolgan. Qoraqalpoqlarda bir kun tuz yegan uyga qirq kun salom ber - deb mexmonlar o’z minnatdorchiligini uzoq saqlab yurgan va uning qadrini yukori baxolagan. Qorakalpoqlarning o’z hayoti va mustaqilligi uchun sabot-matonat bilan olib borgan kurashi jarayonlarini ko’rishimiz mumkin, ularni Jiyan Jirov, Kunxuja, Ajiniyoz, Berdax, Utesh kabi xalk shoirlarni yaratgan asarlarida el-yurt uchun kurashab yashagan, har qanday qiyin vaziyatlarga ko’nikib, o’z milliy g’ururlarini saqlab qolishga uringan qaxramonlarni tasvirlab bergan8. Qoraqalpoq xalqining milliy xarakterida ishonchlilik, qat’iyatlilik va sabrlilikni yaqqol ko’rishimiz mumkin. Qoraqalpoq xalqining milliy xarakterini avvalo, ularni ijtimoiy-madaniy me’yorlari qadimdan yashash tarzi asosida shakllanib kelganiga guvoh bo’lamiz. Qoraqalpoq xalqining milliy o’zlikni saqlashi etnik xususiyatlarga ega stereotiplardan ham iborat. Qoraqalpoqlarda mehnatsevarlik, har bir ishning ko’zini biladigan, tezda ilg’ab olish qobiliyati, aql-idroki o’tkir, milliy an’analariga sodiq va mag’rurligi bilan ajralib turadigan yaxshi rivojlangan fazilatlar mavjud. Qoraqalpoq xalqida oldindan atrof-muhitga bo’lgan munosabat sub’ektiv tarzda bo’lganligi, mardlik, mas’uliyatlilik va qat’iylik fazilatlari tarbiyaviy ahamiyatga ega ekanligi, hazil-mutoyibaga moilligi, shaxslararo munosabatlarda faolligi, ijodiy fikrlashga moilligi, yaratuvchanglik tasavvurlarga ega ekanligi, har qanday vaziyatlarga ko’nikuvchangligi, og’zaki nutqni rivojlanganligini ko’plab ularni yashash tarzidan tortib milliy an’analarida aks ettirilganining guvohi bo’lamiz. Shu tarzdagi ma’lumotlarga asoslanib qoraqalpoq xalqinin etnik psixologik xususiyatlari qo’yidagilarda namoyon bo’ladi.
QORAQALPOQ XALQINING ETNIK PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI
1 Qoraqalpoq xalqining tarixi
2 Qoraqalpoq xalqining yashash xududi
3 Qoraqalpoq millatiga mansub shaxslarora munosabatlari
4 Qoraqalpoq xalqining madaniyati, san’ati, klassik adabiyoti, folklor janri, milliy dasturlari va urf-odatlari
5 Qoraqalpoq xalqining yashash tarzi
6 Boshqa millatlar bo’lgan munosabatlari Qoraqalpoq xalqining etnopsixologik xususiyatlarini biz shu tarzda aks etilishiga urgu berdik, ammo ularni har biri juda katta manbalar, ma’lumotlarga ega.
Sizlarni qisman tanishtirib o’tishga ham harakat qilamiz. Jumladan ular, quyidagicha ta’riflanadi: Qoraqalpoq xalqining tarixi uzoq tarixlariga ega. Qoraqalpoq zamining tarixi mamlakatimizning barcha qadimiy mintaqalarinig tarixi kabi azaliy boy tarixga ega. Qoraqalpoq xalqining yashash xududida odam so’nggi paleolit davridan yashay boshlaganligi, unga asos arxeologik qa’lalar bo’la oladi. Qoraqalpoq xalqining yashash xududi O’zbekistonning shimoliy-g’arbiy qismida, Amudaryoning quyi qismi, Orol dengizining janubiy sohilida joylashgan. Respublika janubi-g’arb tomondan Qoraqum sahrosiga tutashgan. Uning shimoliyg’arbida Ustyurt tekisligi, shimoliy-sharqiy tomonida esa Qizilqum sahrosi yastanib yotibdi. Orol dengizining janubiy hududi qoraqalpoq zaminida joylashgan . Respublikaning ma’muriy-hududiy tuzilmasi 15 ta tuman va 1 ta shahardan iborat. Bular Amudaryo, Beruniy, Qorao’zak, Kegeyli, Qo’ng’irot, Qonliko’l, Mo’ynoq, Nukus, Taxtako’pir, To’rtko’l, Xo’jayli, Taxyotosh, Chimboy, SHo’manoy, Ellikqal’a tumanlari va Nukus shahridir. Qoraqalpoq xalqining madaniyati, san’ati, klassik adabiyoti, folklor janri, milliy dasturlari va urf-odatlari haqida gap ketganda, turk tilli xalqlar o’rtasida qoraqalpoq xalqi o’zining keng va ko’p qirrari folьklor eposi bilan mashhurdir, biz bilgan 5 mingdan 20 ming satrgacha bo’lgan qariyb 50 ta dostonlarimiz borligi odamni xayratga soladi. Tulepbergen Qaipbergenovning “Qoraqalpoqnoma”, “Qoraqalpoq dostoni” “Qoraqalpoq qizi” kabi asarlari ham aynan xalqning etnik xususiyatlarini ochib beradi. I.V.Savitskiy nomidagi Qoraqalpog’iston davlat san’at muzeyi respublikadagi yirik muzeylardan hisoblanadi. Muzey fondida 85 mingdan ortiq eksponat mavjud. Qoraqalpoq xalq ustalari tomonidan yaratilgan zargarlik, yog’och o’ymakorligi, kashtado’zlik, to’qimachilik (ayniqsa, o’tov jihozlari) va boshqa asarlar amaliy san’at bo’limida jamlangan. Qoraqalpoq millatiga mansub shaxslarora munosabatlariga keladigan bo’lsak, odamlar bir-biriga juda ochiq va samimiydir. Kishilari nimani uylab turgan bo’lsa shuni yashirmasdan ochiq ayta oladigan xislatlarga ega. Ajiniyoz Kosiboy ug’li shoirining9 “Ellarim bordur” she’rida “So’rasan elimni Qojbon bizlardan, Qolpog’i qazondek ellarim bordi, xato chiqsa kechiringlar so’zlardan, Xitoy, Qungrod nomli ellarim bordi”- deb ta’kidlab o’tgan. Bu she’riy satrlarda qoraqalpoqlarni kechirimli, hozir javobliligini aks ettirgan. Qoraqalpoq maqollarida ham yoshi kattalar o’z farzandlariga g’ururli bo’lishini tayinlab kelganligini ko’rishi mumkin. jumladan, “Otangizning merosxo’ri bo’lmang, erkak o’g’li bo’ling” farzand tarbiyasiga juda mas’uliyatli ekanligidan darak beradi. Boshqa millatlar bo’lgan munosabatlarida milliy madaniyati, urf-odatlariga sodiq, boshqa odamlarni hurmat qilishi, do’stona, kasbiy va shaxsiy munosabatlarda, qoida tariqasida, katta do’stona va xayrixohlikni namoyon ettira oladi. Qoraqalpoqlar qozoq, o’zbek, turkman xalqlari genotip, til, madaniyat, umumiy tarixi rivojlanishi nuqtai nazaridan bir-biriga juda yaqin bo’lgan xalqlardir. Yuqoridan xulosa qilish mumkinki, qoraqalpoq xalqining etnik psixologik xususiyatlarini aks ettirish xalqning uzoq tarixini o’rganishga bog’liq. Qoraqalpoq millatining etnopsixologiyasi o’ziga xos milliy psixologik xususiyatlarni aks ettiradi.
2.2.Qoraqalpoq xalqining etnopsixologiyasida motivatsion va boshqada fazilatlarning namoyon bo’lishi
Qoraqalpoq xalqining etnopsixologiyasida motivatsion va boshqada fazilatlarning namoyon bo’lishi, masalan tashabbuskorlik, mehnatsevarlik darajasi va boshqalarni tahlil qilish va umumlashtirish uchun odamlarning milliy psixikasining motivatsion fon sohasining o’ziga xos xususiyatlarini o’rganib borish xalqni milliy xarakterini aks ettiradi. Xalqning milliy idrok etish stereotiplarida oldingi davrlardagi umumiy yashash tarzi va hozirgi kundagi yashash sharoitlariga bog’liq hissiy baholashi hamda hozirgi kundagi yashash tarzi bilan bog’liq o’zgarib borayotgan milliy stereotiplarni ham ko’rishimiz mumkin. Qoraqalpoqlar milliy psixologiyaning o’ziga xos xususiyatlariga ega qat’iylik, qiyin vaziyatlarga chidamlilik, yaxlitlik, bosiqlik, xotirjamlik, yuksak milliy g’urur tuyg’usi, milliy an’ana va odatlariga sodiqlik, etnik-madaniy birdamlik va mas’uliyatlilik, bir so’zlilik, asosan, xolerik va sangvinik temperament tiplari xususiyatlari, ba’zida portlovchi hissiyotlarga ham ega, boshqa odamlarning harakatlari va hukmlariga yuqori sezuvchanlik kabi asosiy etnopsixologik xususiyatlariga egadir10.
Har qanday xalqning madaniyati bu xalq o'z mavjudotlari davomida amal qilgan urf-odatlarsiz yashay olmaydi. An'anaga ehtiyotkorona munosabatda bo'lish va ularga qat'iy rioya qilish taqlid qilishning munosib o'rnagidir. Bu ijobiy fazilatlar Qozog'iston xalqiga xosdir, ular milliy an'analarga qat'iy rioya qiladilar.
Qozoq urf-odatlari va urf-odatlari noldan kechikib kelmagan. Ularning barchasi asrlar davomida, hatto Qozoq qirolligining paydo bo'lishi paytigacha to'plandi. Bunday uzoq vaqt davomida ba'zi qozoq an'analari va marosimlari biroz yangilangan bo'lib, kichik o'zgarishlar yuz berdi. Lekin ularning asosiy mohiyati o'zgarmadi.
Qozoq oilasida an'analar
Har bir qozoq hayotidagi eng asosiy narsa uning oilasi. Har bir o'zini hurmat qilgan kishi bolaligidan uning oilasini ettinchi qabilaga qadar barcha tafsilotlari bilan biladi. Keksa odamga hurmat beshikdan chaqaloqqa tashlanadi - bu keksa odam bilan bahslashish, hatto ovozini ko'tarish ham joiz emas.
Yaqinda ota-onalar o'z farzandlari uchun to'g'ri partiyani tanladilar va o'z irodasini buzish uchun gunoh deb hisoblashdi. Endi urf-odatlar yanada sodiqroq bo'lib, kelin-kuyovlar turmush qurish yoki turmush qurishga qaror qilishadi, lekin ota-onasining barakasi bilan. Kelin uchun kelin berish odati, kelinning mohirona bo'lishi kerakligi bilan bir qatorda biroz o'zgartirilishi kerak edi - endi ko'pchilik otlar podasi va qo'ylar podasi bor11.
Ilgari, uzoq vaqtdan beri oiladagi kelini ovoz berish huquqiga ega bo'lmagan va amalda erining va uning ota-onasining xizmatkori bo'lgan. Hozir vaziyat juda ko'p o'zgargan. Kelin va qaynota o'rtasidagi oilada do'stona muhit hukmronlik qiladi va qaynonasi barcha uy xo'jaliklarini bemalol bajarishdan uyalmaydi.
Bolaning tug'ilishi bilan yangi onaning yangi mavqei paydo bo'ladi. Amalga ko'ra, faqat onasi onalarni ko'rish va tabriklashi mumkin. Ba'zi slavyan xalqlari singari, qozoqlar ham tug'ilishdan keyingi dastlabki qirq kun ichida chaqaloqning zaif ekaniga ishonishadi. Ayni paytda, yosh onaga borishga ruxsat berilmaydi. Kichik bolalar bilan bog'liq ko'plab urf-odatlar biz bilan rezonanslashadi - siz bo'sh beshikni qoqib qo'yolmaysiz, siz bolani ochiqdan-ochiq hayratda qoldirolmaysiz. Besh yoshgacha bo'lgan turli jinsdagi bolalar birgalikda yig'iladilar va bolani tarbiyalashganidan keyin erkaklar bilan shug'ullanadilar, qiz esa ayollardir. Qozoq oilasining an'analari juda qat'iydir.
Nauriz - yil davomida eng sevimli va kutilgan dam. Bu bahorning boshlanishi, barcha jonzotlarning yangilanishi, mo'l-ko'lchilik va unumdorlikni ramziy aks etadi. Bayram tenglama bahoriga to'g'ri keladi. Odamlar milliy libos kiyadilar va bir-birlariga sovg'alar va takliflar bilan boradilar. Odamlarning bayramlari o'sha kuni hamma joyda.
Yana bir qiziq odat - mehmondo'stlikni ifodalovchi dasthxon. Bu qozoq xalq an'anasi mamlakat chegaralaridan tashqarida ma'lum. Kunda yoki kunduzning har qanday vaqtida, agar kishi uyni taqillatib, yordam so'rasa, oziq-ovqat yoki turar joy so'rasa, uni rad etolmaydi. Shu bilan birga, hech kim hech qanday savol so'ramaydi, mehmondan uning muammolari haqida so'ramaydi.
Qadim zamonlardan buyon Markaziy osiyoda o’zbеklar, qirg’zlar, turkmanlar, tojiklar va boshqa xalqlarning ajdodlari bilan yonma-yon istiqomat qilayotgan yirik tub xalqlardan biri qozoqlar hisoblanadi. 1920 yillar o’rtalarigacha notug’ri kirgiz - kaysak yoki qirg’iz dеb atab kеlishgan.
Miloddan avvalgi 1 ming yilliklarda xozirgi Qozog’iston xududida joylashgan saklar, usunlar, alanlar, kang’yuy qabila ittifoqi va boshqalar qozoqlar etnogеnеzida dastlabki qatlam bo’lgan. Olimlar fikricha miloddan avvalgi VIII-IX asrlarda sarmat. Alan, anasak, augasi, daxgun qabilalari ta'sirida o’z etnik tarkibini ancha boyitdi. Qozoq xalqi etnogеnеsida Turk xoqonligi muhim rol o’ynagan. VI-VII asrlarda mazkur xududda bu xoqonlikka kirgan turgash. Qorluq kabi qabilalar paydo bo’lgan. Kеyingi uch-turt asrlar mobaynidada esa qimak. Qipchoq va ug’izlar kirib kеladi. Turkiy tilda so’zlashuvchi qorluq chigil, yog’ma. turgansh va boshqa qabilalar bilan ko’p davrlar davomida yonma-yon yashash natijasida qozoqlarning turkiilashishi hamda mahalliy qabilalarning kеlgindilar bilan aralashishi jarayo-ni sodir bo’ldi. Turli qabila va elatlarning yana ham aralashib kеtishiga mug’ullar istilosi sabab bo’lgan. Qozoq xalqi shakllanishidagi oxirgi komplnеnti XIV asr oxirlarida Oltin O’rdadagi kichik ko’chmanchi qabilalarga borib taqaladi. Nug’on ulusi, Sibir xonligi, Еttisuvda yashayotgan urug-qabilalar ham kеyinchalik qozoqlarga qo’sxilib kеtgan. XV asr oxiri va XVI asr boshlarida Qozoq xonligi paydo bo’ladi va qozoq xalqi shaqllanishi nixoyasiga yеtadi. XIX asr 60- yillarida qozoq yеrlarining Rossiya bosib oladi, natija-da ularning o’troqlashuvi ko’chayadi. Qozoqlar tarkibida xududiy jixatdan uchta qabilalar guruhi paydo bo’ladi: Katta juz, O’rta juz va Kichik juz. Bu juzlarning xar biri o’z navbatida bir nеchta o’nlab urug’ va qabilalarga bo’linadi12. Qozoqlarning qabila-qabila , urug’-aymoq bo’lib yashash urf-odati uzoq asrlar mobaynida davom etdi. Qozoqlar orasida to’ralar aloxida o’rin tutgan. Ularning ajdodlari Chingizxon shajarasiga borib taqaladi dеb hisoblanadi. Shuning uchun ular o’zlarini oq suyaklar dеb ataydilar. To’ralardan kеyin tabaqalarga botirlar, biylar va boylar kiradi. Xo’jaligi. Asrlar mobaynida qozoqlar ko’chmanchi chorvador qabilalar qatori yashab kеlgan. Chorvachilikda asosan qoramol, yilqi, qo’y va tuya boqilgan. Ko’pchiligi qo’y-quzilarni ko’paytirish bilan shug’ullanganlar. Qo’y qozoq xonadoni uchun oziq-ovqat, boylik manbai bo’lish bilan ayni vaqtda mol ayirboshlash vositasi ham hisoblanagn. Qo’yning juni, tеrisi katta axamiyatga ega edi. Xo’jalikning ikkinchi muhim tarmogi yilqichilik edi. Ot bir vaqtni o’zida ham tеngi yuk dastyor, transport vositasi, ham qimiz manbai, gushti qazi-qartasi esa sеvimli taomdir. Qozoqlarning xo’jaligi qoramol ilgari juda kam bo’lgan. Faqat kеyingi asrlardagina qoramol saqlash va boqishga katta e'tibor bеradigan bo’lib qolishdi. Dеhqonchilik qozoqlar uchun ikkinchi darajali bi ish dеb xisoblab kеlingan. Lеkin Qozog’istonning ayrim еrlari chunonchi Еttisuvda, Qoratov yon bag’irlarida, Chu, talas, Sirdaryo soxillari buylab, Irtish daryosining yuqori oqimi atrofida Markaziy Qozog’istonning ayrim yеrlari, jumladan Karkarali tumanida yashayotgan aholi juda qadim zamonlardan buyon dеhqonchilik qilib kеlgan. Qozoq aholisi sug’orib ekin yеtishtirish ishlarini Qozog’istonni Rossiya bosib olgandan kеyingina sеkin-asta o’zlashtira boshladi. Qozoq ahli ovchilik va baliqchilik bilan ham qisman shug’ullangan. Ko’proq tulki ovlashgan. Tulki tеrisidan bosh kiyim tikishgan. Savdo-sotiq olib borilgan. Juda qadimdan sayga ovlashgan. Suv ichishga kеlgan novdani bir-biridan 50-70 sm oraliqda o’rnatilgan 7-12 qator qilib qopqon ichiga qamab tutishgan. Ba'zan ot bilan quvib yurib charchagan xayvonni suyil bilan o’rib ovlashgan. Xunarmandchiligi. Qozoqlar juda ko’p narsalarni o’z xona-donlarida tayyorlashgan.
Chorvador xonadonlarda asosan kuy va tuya junidan har xil matеriallar yasashgan. Xususan namat, kigiz tayyorlash Xunari bilan dеyarli har bir oila shug’ullangan. Uy xayvonlari tеrisidan kun tayyorlash ishlari juda qadimdan kеng tarqalgan. Qoramol, echki, ot, tuya tеrisidan poyabzal, har xil charm idishlar tikilgan. Tеridan kiyim-kеchak ham ishlangan. Yog’ochsozlik kasb-Xunarini dеyarli xar bir xonadon yaxshi bilgan. Bu Xunar ko’proq o’rmonzorlarga boy shimoliy va sharqiy-shimoliy tumanlarda ko’p bo’lgan. Yana tеmirchilik Xunarmandchiligi kеng tarqalgan. Transporti. Qozoq aholisi ikki g’ildirakli arava va to’rt g’ildirakli qo’yma XVI-XVII asrlardan buyon ishlatilib kеlinadi. Lеkin bunday aravalar juda kam bo’lgan. Yuk tashish uchun ko’pchilik ot, tuya va hukiz ishlatishgan. Turar joylari. Qozoq oilalari asosan utovlarda yashashgan. Ularning utovi Markaziy Osiyodagi boshqa chorvador ya'ni qirgiz, turkman, qoraqalpok utovlaridan dеyarli farq qilmaydi. Utovlar Qozog’istonning turli еrlarida bir biridan usti bеzagi bilan ancha farq qiladi. Qozog’istonning janubiy yеrlarida ilgari Uli Juz urug’lari yashab kеlgan qismida utov baland va kichikroq qilib qurilgan. Shimoliy chul yеrlarida esa utov pastak va kеng bo’ladi.
Boylarning utovi kеng va balandligi. Ustiga qimmatbaxo namatkigiz yopilgan, bеzagi bilan ajralib turadi. XVIII asr oxiri va XX asr boshlarida qozoqlarning bir qismi o’troq xayot kеchirishga o’ta boshlaydi. Natijada doimiy muqim turiladigan uylar paydo bo’la boshlaydi. Kiyim-kеchaklari.
Qozoq oilalari o’zlari uchun zarur ust-bosh kiyimlarini xonadonning o’zida qo’lda tikishgan. Yupka namat-kigiz, tеri, chari kiyim tikish uchun zarur asosiy matеriallardan xisoblangan. Lеkin Markaziy Osiyoning qo’shni bozorlaridan olib kеlinadigan chit va shoyi gazalamalardan ham foydalanishgan. Kiyim-kеchak ko’chmanchi xayot sharoitiga moslab tikilgan. Erkaklarning kiyimi ko’ylak, ishton, bеshmеt, chopon, timak, duppi, kumis bеldik, kamar,etik, kigiz paypoqdan iborat bo’lgan. ayollarning kiyimini burik, kimshеk, ko’ylak. Shapan. Еngsiz kamzul, bеshmеt tashkil etadi13.

Download 71.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling