Mundarija : Yo‘sintoifa (Bryophyta) va Psilottoifa


Download 97.11 Kb.
bet89/89
Sana05.01.2022
Hajmi97.11 Kb.
#210714
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   89
Bog'liq
Botanika Shpalgalka(1)

Qo‘g‘adoshlar - Typhaceae oilasi. Oilaga bo‘yi 2 metrgacha yetadigan ko‘p yillik o‘tlar kiradi. Ildizpoyasi yo‘g‘on, suvli muhitda, ayniqsa, botqoqliklarda o‘suvchi, barglari uzun, lentasimon o‘simlik. Oilaga bitta turkum va 15 ta tur kiradi. Bizda qo‘g‘a (Typha) turkumiga kiruvchi 6 ta tur o‘sadi. Yer yuzida keng tarqalgan. Gullari mayda, bir jinsli, gulqo‘rg‘onsiz, boshoqsimon so‘tada joylashgan. Urug‘chi gullari so‘taning ostki, yo‘g‘on qismida, changchi gullari esa ustki ingichka qismida joylashgan. Changchi guli 3 ta changchi, urug‘chi guli 1 ta mevachabargdan iborat. Barglari dag‘al tolaga ega. Qo‘g‘alarning barglaridan savat, bo‘yra, qoplar qilinadi. lldizidan kraxmal olish mumkin. So‘tadagi momiqlar sellulozadan iborat, momig‘i fetr shlyapa tayyorlashda yungga qo‘shiladi.

  • Kengbarg qo‘g‘a - Typha latifolia. Bo‘yi - 1 -2 m, poyasining yo‘g‘onligi - 1-1,5 sm. Barglari yassi, keng qalamli, eni -1-2 sm. Changchi to‘pgullarining eni - 1-1,5 sm, urug‘chi to‘pgullariniki - 2-2,5 sm, qoramtir-qo‘ng‘ir. Iyul oyida gullaydi, urug‘i avgust oyida pishadi. Adir va tog‘ hududlaridagi daryo va ko‘l bo‘ylarida, soylardagi botqoqlashgan yerlarda o‘sadi.



    Download 97.11 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   89




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling