Mundarija бет Kirish


-rasm. Oqava suvni tozalashning texnologik sxemasi va tozalanayotgan oqimlarning parametrlarini bosqima-bosqich nazorat qilish


Download 0.63 Mb.
bet4/19
Sana11.05.2023
Hajmi0.63 Mb.
#1450713
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
Oqava suvlarni biokimyoviy tozalashda aerotenk – tindirgich blokini avtomatik rostlash

1.1-rasm. Oqava suvni tozalashning texnologik sxemasi va tozalanayotgan oqimlarning parametrlarini bosqima-bosqich nazorat qilish:


SO‘ – sathni o‘lchash, SarO‘ – sarfni o‘lchash, MM – muallaq moddalar tarkibini o‘lchash, LO‘ loyqa tarkibini o‘lchash, KO‘ erigan kislorod tarkibini
o‘lchash.
Panjaralar, qum tutkich, birlamchi tindirgich, aerotenk, ikkilamchi tindirgich, loyqa tutkich, kontaktli idish, metantenk, filtr-preslar rostlashning asosiy obyektlari hisoblanadi.

Filtrlovchi to’siqlar orqali filtrlash.


To’siqni tanlash oqova suv xususiyatlariga, haroratiga, filtrlash bosimiga, filtr konstruksiyasiga bog’liq.
To’siqlar (filtrlar) sifatida zanglamaydigan po’lat metal listlaridan allyuminiy, nikel, mis, latundan yasalgan to’rlardan va turli xil (asbestli, shisha tolali, paxtali, jun, sun‟iy va sintetik tolalardan yasalgan) matoli to’siqlardan foydalaniladi.
Zarrachalarni ushlab qoluvchi filtrlovchi to’siqlar, minimal gidravlik qarshilikka ega. Ular yetarli darajada mexanik mustahkam, egiluvchan, kimyoviy muhitga chidamli, bo’kib qolmaydigan, filtrlash vaqtida buzilib ketmaydigan bo’lishi kerak. To’siqlar (filtrlar) tarkibi bo’yicha, organik va noorganikka; harakat tizimiga ko’ra ustki va chuqurlikdagi; strukturasiga ko’ra egiluvchan va egilmaydigan turlariga bo’linadi [9].
Filtrlar jarayonni borishiga ko’ra uzlukli va uzluksiz; jarayonni turiga ko’ra ajratish, quritish va yoritish uchun; filtrlarga bosimni berishga ko’ra – vakuum osti (0.085 MPa gacha), bosim osti (0.3 dan 1.5 MPa) yoki suyuqlik ustunining gidrostatik bosimiga ko’ra (0.05 MPa gacha); filtrlashni yo’nalishiga ko’ra pastga, yuqoriga yoki yoniga; konstruktiv belgilarga ko’ra, cho’kmani olish usuliga ko’ra, filtlash yuzasini holati va shakliga ko’ra bo’linadi.
Oqova suvlarni tozalash tizimida uzlukli harakatlanuvchi filtrlar:
nutch filtrlar, listli filtrlar, pressli, uzluksiz, barabanli, diskli va lentali filtrlarga ham bo’linadi.



Download 0.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling