Mundarija bеt
MAXSUS MOSLAMANING ISHLASH PRINTSIPI
Download 0.49 Mb.
|
PZ
MAXSUS MOSLAMANING ISHLASH PRINTSIPI
Dastgoxlarda ishlatiladigan barcha moslamalar ish jarayonini tezlashtirish, ishlov berish vaktidagi kiyinchiliklarni yengillashtirish va iktisodiy tomondan olib karaganda kam xarajat bulishini ta`minlashdan iboratdir. Avtomatik tarzda detallarni moslamaga urnatish, kisish ishlarini bajaradigan moslamalar, albatta xavo va suyulik yordamida kuplab kullaniladi. Biz foydalanayotgan moslam xam xavo yordamida boshkariladi. Moslamaning ishlash tartibi kuyidagicha: Moslamani kisuvchi kismi avtomatik tarzda xom ashyoni kisish va kisish kuchidan ozod kilish avtomatik tarzda amalaga oshiradi. Ushbu moslama konsol tipidagi konduktor plita bulib, xom ashyoga ishlov berish jarayonida kesish kuchlarini xisobga olgan xolda loyixalangan. Moslamada bitta asosiy kuch bilan xarakatlanuvchi uzel, ya'ni porshen va shtok yagona bulib, ung va chap tomonlarida ikkita yunaltiruchilar mavjud. Ish prinsipi moslamada kursatilgan boshkaruv dastagiga uzviy boglikdir, chunki xavoni ochish yoki yopish ushbu dastakka boglik. Xavo ochilganda porshen xarakatga keladi va xom ashyoni moslama stoliga kisadi. Moslama stolida maxsus barmokli tayanchlar bor. Xom ashyo ushbu barmokli tayanchga utiradi. Bundan tashkari konduktor plitada detalni kisish jarayonida anilikni saklash uchun xam maxsus barmokli tayanchlar xam urnatilgan. Xom ashyo texnologik jixatdan barcha xarakatlanuvchi nuktalari maxkamlanadi. Moslamaning univesal tomoni shundaki konduktor plitasi almashtiriib boshka konduktor plita kuyishga xam muljallangan. Mashinasozlikning asosiy qurilmalaridan biri moslamalar hisoblanadi. Moslamalar mexanik ishlov berish jarayonida detallrni dastgohda o‘rnatish va kesuvchi asbobga nisbatan ma'lum xolatda turishini ta'minlashi zarur. Moslamalar dastgoxsozlik zavodlari (sexlarida) ishlab chiqariladi. Ishlab chikarishni takomillashtirishda moslamalar asosiy vazifani bajaradi. Moslama - deb metall qirquvchi dastgoxlarda ishlov beriluvchi detallarni konstruksiyasida ko‘rsatilgan shartlarni ta'minlovchi, aniqligini, formasini va ishlov berilayotgan yuzalarni o‘zaro holatini ta'minlovchi va ishlov berish jarayonida uni mahkamlash vazifasini bajaruvchi qo‘shimcha qurilmalarga aytiladi. Zamonaviy mexanik -yiguv sexlari moslamalarni juda katta parkiga ega bulib, yirik seriyali va ommaviy ishlab chikarishda xar bir ishlov beriluvchi detalga urtacha 10-12 tadan moslama tugri keladi. Bularni ichida 80-90% i detallarni urnatish va maxkamlash uchun ishlov berishda kullaniladigan dastgox moslamalarini tashkil kiladi. Moslamalarni mashinasozlikda kullanilishi, ishlab chikarishni unumdorligini; ishlov berish anikligini; yigish-tekshirish ishlari unumdorligini oshiradi, zagotovkalarni ishlov berishdan oldin ishlov beriluvchi kismini belgilashni (razmetka) yukotadi, berilgan operatsiyani mexnat unumdorligini oshiradi, maxsulot tannarxini kamaytiradi, mexnat sharoitini yengillashtirib uni xavfsizligini ta'minlaydi, dastgoxlarni texnologik imkoniyatlarini oshiradi va kupdastgoxli xizmatni ta'minlab ishchilar sonini kamaytiradi. Moslamalar ishning maksadiga kura 5 guruxga bulinadi: 1. Dastgox moslamalari - ularni dastgoxda ishlov berish uchun zagotovkalarni urnatish va maxkamlash uchun kullaniladi. Mexanik ishlov berishni turiga karab ular: tokarlik, parmalash, frezerlik, yunib kengaytirish, jilvirlash va boshka dastgoxlar moslamalariga bulinadi. Bu moslamalar moslamalarni umumiy soniga nisbatan 70 - 80 % ni tashkil kiladi. 2. Ishchi asboblarni maxkamlash moslamalari - ular kup asboblarni normallashgan va standartlashganligi uchun kup sonli detallarni normallashgan va standartlashgani bilan xarakterlanadi. Bularga parmalash uchun patronlar, razvertka va metchiklar golovkalari va derjavkalar kiradi. Yuqoridagi 1 va 2 gurux moslamalari texnologik sistemani asosiy negizi hisoblanadi. 3. Yiguv ishlari moslamalari - bular yiguv birliklari va birikuvchi detallarni biriktirishda, baza detallarni maxkamlashda xamda deformatsiyalab yigiluvchi detallarni yigishdan oldin deformatsiyalab yigishga (prujina, ressorlar) xamda yiguv vaktida katta kuch ta'siri talab etiluvchi detallarni yigishda kullaniladi ( zaklepka-biriktirish, klepka-parchinlash, valtsovka-juvalalash, napresovka-presslash va x.k.). 4. Tekshirish moslamalari - bular zagotovkalarni, ishlov berilayotgan detallarni oralik xamda oxirgi tekshirishda va yigilgan mashina va elementlarni tekshirishda kullaniladi. 5. Kamrovchi, siljituvchi, aylantiruvchi moslamalar - ishlov berilayotgan zagotovkalarni kisib olib boshka yerga kuchirish va aylantirib boshka ishlov berish xolatiga keltirish uchun ishlatiladi. Maxsus moslamalarni (MM) - ma'lum bir detalni ma'lum bir operatsiyasi uchun qo‘llaniladi. Ishlab chikarishni almashtirilgan xolda va detallari yaroksiz xolga kelganda bunday moslamalar tashlab yuboriladi. Bunday moslamalarni tayyorlash kup mexnatli va kiymatdir. Ular asosan ommaviy va yirik seriyali ishlab chikarishlarda kullaniladi. Moslamalar mexanizatsiyalashgan darajasiga kura kul, kuchli, mexanizatsiyalashgan, yarimavtomatlashgan va avtomatlashgan turlariga bulinadi. Moslamalar ishlatishga kulay va xavfsiz, tez xarakatga keluvchi, ishlov berishni anikligini ta'minlashi uchun yetarli darajada mustaxkam, kulay ya'ni dastgoxga urnatishda va olishda kulay, konstruksiyasi sodda, tayyorlashga arzon va ta'mirlashga kulay bulishi kerak. Download 0.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling