Mundarija Buyrak va qon tizimi kasalliklari
Qandli diabet etiologiyasi, klinik diagnostikasi, gipo- va giperglikemik koma, shoshilinch yordam
Download 461 Kb.
|
yozmaish3
45.Qandli diabet etiologiyasi, klinik diagnostikasi, gipo- va giperglikemik koma, shoshilinch yordam
Qandli diabet. Etiologiyasi, patogenezi. Qandli diabet yoki ilgarigi nom bilan atalganda qandli siyish, modda almashinuvi asosan uglevod buzilishiga olib keladigan insulin yetishmovchiligi bilan bog’liq kasalliklardfan biridir. Nohush omillar(ruhiy iztirob, meda osti bezi kasalligi muntazam ravishda pala-partish ovqatlanish va h.k) ta’siri ostida rivojlanadi. Irsiyatning rolini ham inkor etib bo’lmaydi. Kasallik mohiyati organizmning organlari va tuqimalariga ovqat bilan tushgan qand moddasini yig’ish qobiliyatining buzilishidan iborat. Singmagan qand qonga tushadi va siydikda paydo bo’lib siydik orqali tashqariga chiqadi. Meda osti bezida pankreatit orolchalar nomini olgan orolchalar bo’lib ularni birinchi bo’lib tasvirlagan olim sharafiga Langergans orolchalari deyiladi. Orolcha hujayra insulotsitlarda organizmda qandning sig’ishiga imkon beradigan insulin garmoni ishlab chiqariladi. Xuddi shu insulin yetishmasligi qandli diabetning bevosita sababchisi deb hisoblanadi. Insulyar apparati faoliyati butun neyroendokrin sistema bilan bog’langan va uning biror zvenosidagi buzilishlar bu apparat fuksiyasining buzilishiga olib kelishi mumkin. Normada qand siydik bilan ajralib chiqmaydi. Siydik hosil bo’lishi jarayonida qandning kanalchalaridagi birlamchi siydikdan qayta so’rilishi ro’y beradi. Qondagi qand miqdori anchagina oshganda tezkari so’rilish protsesi buziladi va siydikda qand paydo bo’ladi. Siydik orqali katta miqdorda anchagina oshganda tezkari so’rilish protsesi buziladi va siydikda qand paydo bo’ladi. Siydik orqali katta miqdorda qand ajralishi organizmning suvsizlanishiga kuchli tashnalikka sabab bo’ladi. Natijada qand organizmda singmaydi va uning hayot faoliyatida yetarlicha qatnashmaydi. Organizm to’qimalar va organlaridagi oqsillar va yog’lardan energiya resurslarini safarbar qiladi bu tobora oriqlab ketishiga olib keladi. Qandli diabetning quyidagi klinik bosqichlari farq qilinadi. diabet oldi bosqichi yashirin (latent subklinik) diabet yaqqol (klinik) diabet Klinik manzarasi. Bemorlar tashnalik oshishi ishtaha kuchayishi, ko’p siyishdan (sutkalik siydik miqdori normadan ancha oshadi) teri qichishidan noliydilar. Umumiy darmonsizlik orta boradi. Tana massasi kamayadi. Periferik tomirlar to’ri kengayishi tufayli teri qoplamlari pushti rang tus oladi, aksariyat terida chipqonlar (qichishda tirnalish sababli) paydo bo’lib, bular suvsizlanish oqibatida terining oziqlanishi buzilishidan vujudga keladi. Bunday bemorlarda aterosklerotik protseslar yog’ almashinuvining buzilishi munosabati bilan odatdagidan kuchliroq rivojlanadi. Shuning uchun diabet kechishini yurak toj tomirlari (miokard infarkti yuz berishi ehtimol) va miya tomirlari (insult) zararlanishi kurinishidagi ateroskleroz belgilari og’irlashtirishi mumkin. Qandli diabetda labaratoriya diagnostikasining asosiy ma’lumotlari siydikda qand paydo bo’lishi glyukozuriya (normada bunday bo’lmaydi) siydik zichligining oshishi, qonda qand miqdorining ko’payishi-giperglikemiya hisoblanadi. Diabet og’ir yengilligiga qarab 3 darajaga bo’linadi: yengil, o’rtacha, og’ir. Yengil darajadagi uglevodlarni ortiqcha miqdorda istemol qilgandagina uning qondagi miqdori ko’tariladi va u siydikda paydo bo’ladi. O’rtacha darajasida bemor qandli diabetga xos yuqorida sanab o’tilgan shikoyatlardan noliydi, qonda qand miqdori oshganligi qayd qilinadi, qand siydikda doimo bo’ladi. Diabetning og’ir darajasi bo’lgan hollarda bemorlar mehnat qilish qobiliyatini yo’qotadilar. Ularda diabetik koma bo’lishi ehtimol. Diabetik komaning klininik manzarasi. MNS buzilishi qayd qilinadi, darmosizlik, bosh og’rig’i paydo bo’ladi. Avval qo’zg’alish keyin uyquchanlik vujudga keladi, bemor qusadi, shovqinli nafas oladi, hushidan ketadi. Terisi pushti rang quruq, arterial bosimi pasaygan. Ko’z soqqalaridan barmoq bilan bosib ko’rilganda yumshoq. Bemor og’zidan atseton hidi keladi. Siydik tekshirilganda qand miqdori ko’pligidan tashqari, atseton va B-aksimoy kislota hosil bo’ladi. Qandli diabetda bu kislotlar soglom odamlarda bo’lganidek karbonat angidrid gazi va suvga parchalanmay balki atsiton B-aksimoy kislota va boshqa atseton tanachalar hosil bo’lish bosqichida tutilib qoladi. O’z vaqtida ovqat yeyilmaganda, insulin miqdori oshib ketganda gipoglikemik koma rivojlanadi. Terini ushlab ko’rilganda nam bo’ladi kuchli darmonsizlik tremor (barmoqlar titrashi) rivojlanadi. O’z vaqtida yordam ko’rsatilmagan taqdirda bemor hushidan ketadi. Download 461 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling