Mundarija I. Bob. Kirish
Neftni qayta ishlashga tayyorlash
Download 0.53 Mb.
|
Kurs ishi neft gaz.Obidov Ro\'zimatjon Tayyor
Neftni qayta ishlashga tayyorlash
Neft quduqlaridan qazib olingan neft tarkibida erigan gazlar, suv, tuz va mexanik aralashmalar – qum va tuproq qatlam tuzilishi va ishlatish tarziga muvofiq turli miqdorlarda uchraydi. Shuning uchun neft konlarda va neftni qayta ishlash zavodlarida tozalanadi. Kondan qazib olingan neft maxsus quvurlar orqali poʻlatdan yasalgan tik holdagi separatorlarga (gaz ajratgich ) oqib keladi. Separotorda neftning bosimi va oqimini kamaytirish evaziga undan erigan gazlar (yoʻldosh gazlar) ajratib olinadi. Bir vaqtning oʻzida neft tindirilganligi uchun mexanik aralashmalar va suv ham qisman ajraladi. Mineral tuzlarni ajratish uchun neft yumshoq va issiq suv bilan yuviladi. Neft suv bilan mustaqkam emulsiya hosil qiladi. Shuning uchun ham tindirish yoʻli bilan suvni toʻliq ajratib boʻlmaydi. Suvni va tuzni neftdan toʻliq ajratish turli termokimyoviy va elektrokimyoviy usullarni qoʻllash bilan amalga oshiriladi. Elektrotuzsizlantirish qurilmalarida shunday ishlov berish natijasida neft tarkibidagi suv 0,1 % gacha, tuz esa 70–100 mg/l gacha kamayadi. Neft suvsizlantirilgach barqarorlashtiriladi. Yaʼni yengil qaynovchi butan–pentanli fraksiya (qisman geksan fraksiyasi) haydab ajratib olinadi. Shu orqali, neftni saqlash va tashish jarayonida yengil uglevodorodlarning yoʻqotilishi oldi olinadi.Neftni qayta ishlashning asosiy usullari va foydalaniladigan qurilmalar. Neftni qayta ishlash sanoatida neft uch yoʻnalishda qayta ishlanadi: – yoqilgʻi olish bilan boruvchi (motor va qozon yoqilgʻisi olinadi), – yoqilgʻi–moy olish bilan boruvchi (xom motor yoqilgʻisi ham surkov moylari olinadi), – neftni kimyoviy qayta ishlash (yoqilgʻilar, surkov moylari va kimyo sanoati uchun xom ashyo olinadi). Neftni qayta ishlashning bu uchala turlari fizikaviy va kimyoviy usullar bilan amalga oshiriladi. Kimyoviy usullari. Neft va neft mahsulotlari tarkibidagi uglevodorodlarning harorat, bosim, katalizatorlar, kimyoviy reagentlar taʼsirida chuqur tuzilishviy oʻzgartirishga asoslangan. Bu usullar juda muhim neft mahsulotlarini miqdorini koʻpaytirish (masalan, benzin), neft mahsulotlarini sifatini oshirish (masalan, benzinning oktan sonini oshirish), ayrim individual uglevodorodlarni (benzol va uning gomologlarini) olish uchun hamda kimyo sanoatining xom ashyolarini (vodorod, sintez–gaz, atsetelin, alkenlar, diyenlar va boshqalarni) olishmaqsadida qoʻllaniladi. Sanab oʻtilganlar orasida neft mahsulotlarini termik va katalitik krekinglashning turli xillari eng koʻp qoʻllaniladi. Neft va neft mahsulotlarini qayta ishlovchi qurilmalar jarayonning uzluksizligini, asosiy mahsulotning yuqori unumda chiqishini, iqtisodiy samaradorlikni hamda katta mahsuldorlikni taʼminlashi kerak. Neftni qayta ishlovchi qurilmalarni uch guruhga boʻlish mumkin: – neft xom ashyosini qizdirishni va oʻzgarishini taʼminlovchi pechlar va reaktorlar, – neft mahsulotlarni bir-biridan ajratish uchun rektifikatsiya kolonnalari (ustunlari), – issiqlikni bekorga chiqib ketmasligi yaʼni, undan foydalanish uchun (utilizatsiyalash uchun) hamda sovutish kerak boʻlgan mahsulotlarni sovutish uchun issiqlik almashtirish qurilmalari. Neft va neft mahsulotlarini fizikaviy va kimyoviy qayta ishlash jarayonlari odatda endotermik jarayon boʻlib, tashqaridan issiqlik berilishini talab qiladi. Shu maqsadda qoʻllaniladigan qurilmalar issiqlik berish, usullari bilan bir-biridan farq qiladi. Neft mahsulotlarini bir-biridan ajratish turli tipdagi rektifikatsiya kolonnalarida amalga oshiriladi. Qalpoqli tarelkasimon tipdagi barbotajli kolonnalar keng tarqalgan. Odatda har bir kolonnada 30–60 ta gacha tarelkalari boʻladi (ular gorizoltal tekislikda oʻrnatilgan boʻladi). Haydab ajratib olinadigan fraksiyalarning qaynash haroratini pasaytirish uchun hamda uglevorodlarning termik parchalanishini oldini olish uchun koʻpincha suv bugʻi bilan haydaladi.Laboratoriyada neftni haydash yoʻli bilan birin-ketin fraksiyalarga ajratib, neftmahsulotlari olinadi. Bu qurilmada neftni fraksiyalarga ajratib olinadi. Neftni uzluksiz ishlaydigan naysimon qurilmalarda haydash usuli bunday kamchiliklardan xolidir. Download 0.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling