Mundarija I. Bob. Kirish


Neft maxsulotlari asosida kimyoviy sintezlar


Download 0.53 Mb.
bet6/8
Sana17.06.2023
Hajmi0.53 Mb.
#1546427
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Kurs ishi neft gaz.Obidov Ro\'zimatjon Tayyor

Neft maxsulotlari asosida kimyoviy sintezlar
Hozirgi vaqtda organik sintezning etilen, propilen, butilen, atsetilen, divinil, izopren, benzol va uning gomologlari, naftalin va boshqa bir qancha muhim mahsulotlarini ishlab chiqarish neft kimyosi xomashyosiga asoslangan. Ular esa oʻz navbatida plastmassalar, tolalar, kauchuklar, yuvish vositalari, boʻyoqlar va boshqa yuzlab ishlab chiqarish uchun xom ashyo hisoblanadi.
Neftning alkanli komponentlari mikrobiologik sintez uchun (oqsil–vitaminli konsentratlar ishlab chiqarishda) dastlabki xom ashyo hisoblanadi. Kelgusida neftning ahamiyati neft kimyosi xom ashyosi sifatida yanada ortib boradi. Neftni kompleks qayta ishlash, neft kimyosi sanoatining oʻziga xos xarakterli xususiyatidir. Neft yoqilgʻilari foydalanish uslubiga qarab qozon va motor yoqilgʻisiga boʻlinadi. Motor yoqilgʻisi ichki yonar dvigatellarining tipiga qarab: karbyurator (benzin, kerosin), dizel va reaktiv yoqilgʻilarga boʻlinadi. Benzin, yoqilgʻi havo aralashmasini elektr uchquni bilan alanga oldiradigan porshin karbyuratorli dvigatellar uchun yoqilgʻi sifatida ishlatiladi (porshenli, avtomobillar, mototsikllar va boshqa mexanizmlar). Benzin maʼlum fraksion tarkibga, dvigatelda toʻliq bugʻlanish, tez alangalanish xossasiga ega boʻlgan toʻyingan bugʻ bosimiga, detanatsiya va kimyoviy chidamlilikka ega boʻlishi qurilmalarni korroziyaga uchratmasligi lozim. Masalan, B–100 markali aviatsiya benzini 40–180°C da 97,5 % haydaladi. 10 % 75 °C da qaynaydi. –60°Cda muzlaydi.
Neft tarkibida to'yingan, to'yinmagan, aromatik va getero halqali birikmalar ko'p uchraydi.Neftdan olingan yuqori molekular massali uglevodorodlar kreking qilinadi va ulardan molekular massasi kichik uglevodorodlar olinadi.
C16H34→C8H18+C8H16
C18H38→C9H18+C9H20
C18H38→C8H18+C10H20




Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling