Mundarija I. Bob. Kirish


Download 0.53 Mb.
bet5/8
Sana17.06.2023
Hajmi0.53 Mb.
#1546427
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Kurs ishi neft gaz.Obidov Ro\'zimatjon Tayyor

2.1-rasm. Laboratoriya sharoitida neftni haydashni Engler qurilmasi: 1-Vyurs kolbasi, 2-termometr, 3-sovutgich, 4,6-suv solingan joyi,5-sovutgich hamomi, 7-oʻlchagich idish, 8-asbest toʻr,9-g’ilof

2.2-rasm. Reftikatsion kollona va tarelkalarni umumiy koʻrinishi
Naysimon pechning ichida zmeyevik shaklidagi uzun truboprovod joylashgan. Pech mazut yoki gaz yoqib qizdiriladi. Truboprovodda neft 320–350 °C gacha qizdirilib, bugʻ va suyuqlik aralashmasi holida rektifikatsiyalash kolonnasiga tushadi. Rektifikatsiyalash kolonnasi balandligi 40 metrli silindr shaklidagi poʻlatdan yasalgan qurilmadir. Uning ichida bir necha qator gorizontal joylashgan teshikli toʻsiqlari – tarelkalari boʻladi. Neft bugʻlari kolonnaga kirganda, tarelka teshiklaridan oʻtib yuqoriga koʻtariladi. Ular yuqoriga koʻtarilgan sari sekin – asta sovib, qaynash haroratiga qarab tarelkalarning birortasida suyuqlikka aylanadi. Ogʻir uglevodorodlar dastlabki tarelkalardayoq suyuq holga kelib, gazoyl fraksiyasini hosil qiladi; undan yengilroq uglevodorodlar yuqoriroqda yigʻilib, kerosin fraksiyasini hosil qiladi; undan yuqorida ligroin fraksiyasi yigʻiladi, eng yengil (uchuvchan) uglevodorodlar bugʻ holida kolonnadan chiqib, benzin hosil qiladi. Benzinning bir qismi yana qayta kolonnaga yuqori qismidan beriladi, u koʻtarilib kelayotgan bugʻlarni sovitishga va suyuqlikka aylanishiga yordam beradi. Kolonnaga tushayotgan neftning suyuq qismi tarelkalardan pastga oqib tushib, mazut hosil qiladi. Mazut ushlanib qoladigan oson bugʻlanuvchan uglevodorodlarning bugʻlanishini osonlashtirish uchun tushib kelayotgan mazutga qarama–qarshi yoʻnalishda qizdirilgan bugʻ beriladi. Hosil boʻlgan fraksiyalar maʼlum sathlarda kolonnadan chiqarib olinadi. Soʻngra ular sulfat kislota, ishqor yordamida va boshqa usullar bilan aralashmalardan tozalanadi. Neftni qayta ishlash qurilmalarida, koʻpincha, ligroin va kerosin alohida-alohida ajratilmaydi. Ular birgalikda ligroin-kerosin fraksiyasi-reaktiv yonilgʻi fraksiyasi tarzida yigʻib olinadi. Haydalgandan keyin qolgan mazut ogʻir uglevodorodlarning qimmatbaho aralashmasidir. U yuqorida aytilganidek, surkov moylari olish maqsadida haydaladi. Mazutni haydash jarayonida fraksiyalarga ajratish uchun, neftni dastlabki haydashdagidek 350 °C da emas, undan ancha yuqori haroratda qizdirish kerak. Lekin mazut tarkibiga kiruvchi uglevodorodlar molekulasi bunday qizdirishga chidam bermasdan ajraladi. Shuning uchun jarayon past bosimda vakuum qurilmalarda amalga oshiriladi. Bunday sharoitlarda mazut tarkibidagi uglevodorodlar juda past haroratda parchalanmasdan bugʻ holatiga oʻtadi. Vakuum – qurilma tashqi koʻrinishdan neft haydash qurilmasini eslatadi. Avval mazut turbali pechda qizib, soʻngra rektifikatsiyalash kolonnasiga oʻtadi. Yuqorida koʻrilganiga oʻxshash jarayonlar natijasida mazut bugʻlari kolonnada fraksiyalarga ajralib, tozalangandan soʻng surkov moylari olinadi. Kolonnaning tubidan mazutning haydalmay qolgan qismi – gudron chiqarib turiladi. Neft va mazutni haydash qurilmalari, koʻpincha, birga, atmosfera –vakuum qurilmasi sifatida qoʻriladi. Atmosfera qismida neft haydaladi, hosil boʻlgan mazut esa ikkinchi qismida–vakuumda haydaladi. Heft va neft mahsulotlarini qayta ishlashning bu usuli – ularni tashkil etuvchi komponentlarning fizikaviy xossalari: qaynash va qotish harorati, eruvchanligi, absorbsion qobiliyati va boshqalar orasidagi farqqa asoslangan. Bu usullar neft tarkibidagi qaynash haroratlari bir–biriga yaqin boʻlgan fraksiyalarni ajratishda, uglevodorodlarning ayrim sinflarini (dealkanlashda) ajratishda hamda individual birikmalarni ajratib olishda qoʻllaniladi. Koʻpincha neft mahsulotlarini atmosfera va past bosimda toʻgʻri haydashda qoʻllaniladi.[3]

Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling