Мундарижа: I боб. Компьютер луғатлари: тезаурус


Kompyuter lug`atlarining ma`lumot bazasi sifatidagi ahamiyati


Download 475.5 Kb.
bet11/27
Sana26.02.2023
Hajmi475.5 Kb.
#1233629
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   27
Bog'liq
kitob yangi oxirgisi

1.3.Kompyuter lug`atlarining ma`lumot bazasi sifatidagi ahamiyati
20 asrning 70 yillarida axborot-qidiruv tezauruslari keng tarqalgan. Bu tezauruslarda hujjatga oid axborotlarni qidirish imkonini beruvchi maxsus leksik birliklar –deskriptorlar mavjud. Bunday tezaurusning har bir so‘ziga sinonim bo‘lgan deskriptor taqqoslanadi va deskriptorlar uchun semantik munosabatlar ko‘rsatiladi: jins – ko‘rinish, qism – butun, maqsad – vosita va boshqalar. Odatda ierarxik va uyushgan munosabatlarga ajratish odat tusiga kirgan. Xuddi shunday, 1973 yilda SSSRda chop etilgan «Informatika bo‘yicha axborot-qidiruv tezaurusi» har bir deskriptorga sinonimik muhim so‘zlar, jinsga oid, ko‘rinishga oid va uyushgan deskriptorlar alohida ko‘rsatilgan lug‘aviy maqolani nazarda tutadi. Deskriptorlar o‘rtasidagi uyushgan aloqalarda yanada yaxshiroq tushunish uchun bu tezaurusga tematik guruhlarning semantik kartalari ham kiritilgan. Avtomatlashtirilgan axborot qidiruvida nafaqat savol deskriptorlari indeksiniga ega bo‘lgan hujjatlar, balki ular bilan ma’lum semantik munosabatda bo‘lgan deskriptorga ega bo‘lgan hujjatlar ham qidiriladi. Ayrim vaqtlarda ushbu tematik sohaga xos bo‘lgan tezauruslarda ma’lum uyushgan munosabatlarni belgilash foydadan xoli bo‘lmaydi: kasallik – qo‘zg‘otuvchi, asbob – vazifasi (yoki o‘lchanayotgan kattalik) va boshqalar. Leksik birlikning (so‘z, so‘z birligi) tezaurusdagi o‘rni uning tildagi ma’nosini ifodalaydi: ushbu so‘z (shu jumladan, u kirgan bo‘limlar) ishtirok etayotgan semantik munosabatlar tizimini bilish, shu so‘z ma’nosini muhokama qilish imkonini beradi.


1.4. Tezaurus lug`atlar

Tezaurus keng ma’noda, alohida tashuvchi yoki tashuvchilar guruhi ega bo‘lgan voqyelik haqidagi bilimlar tizimini tasvirlash vositasi sifatida namoyon bo‘ladi. Bu tashuvchi qo‘shimcha ma’lumot qabul qiluvchisi vazifasini ham bajarishi mumkin, buning natijasida esa uning tezaurusi ham o‘zgarib ketadi. Bunda boshlang‘ich tezaurus qabul qiluvchining u tomonidan semantik axborotni qabul qilish imkoniyatlarini belgilaydi. Psixologiyada sun’iy intellektga ega tizimlarni o‘rganishda, individumlarning axborotni qabul qilish va tushunish jarayonida namoyon bo‘luvchi tezaurus xususiyatlari o‘rganiladi. Sotsiologiya va muloqot nazariyalarida esa tezaurusning umumiyligi asosida o‘zaro hamfikrlik imkoniyatlarini ta’minlovchi individum va jamoalarning tezauruslarining xususiyatlari o‘rganiladi. Bunday vaziyatlarda tezaurusga murakkab tizim tarkibidagi ma’lumotlar zahirasini belgilovchi murakkab mazmunlar va ularning semantik bog‘lanishlarni kiritishga to‘g‘ri keladi. Tezaurus aslida nafaqat voqyelik haqidagi axborotni, balki yangi ma’lumotlarni qabul qilib olish imkoniyatini yaratuvchi metoaxborotni (axborot haqidagi ma’lumotlarni) ham qamrab oladi.


Katta sovet ensiklopediyasida «Tezaurus» so‘zining ma’nosi
Tezaurus (grekchadan. thesaurós — xazina, xazinaxona), unda berilgan semantik munosabatlar bilan ba’zi tildagi ma’noni ifodalovchi birliklar demakdir. Tezaurus aslida til semantikasini (milliy til, ma’lum fan tili yoki avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimi uchun rasmiy qabul qilingan til) belgilaydi. Dastlab Tezaurus tarkibidagi semantik munosabatlar tematik bo‘limlardagi so‘zlar guruhlari bilan belgilanadigan bir tillik lug‘at sifatida baholanar edi. Masalan, 1962 yilda nashr qilingan (1-nashr, 1852) ingliz Tezaurusi (muallif P. M. Rodjet), tarkibida 240 000 so‘z mavjud 1040 bo‘limga ega. Ushbu Tezaurusning ko‘rsatkichi (kaliti), bo‘lim va bo‘lim tarkibiy qismlari ko‘rsatilgan so‘zlarning alfavit bo‘yicha joylashtirilgan ro‘yxatini o‘z ichiga oladi. Ingliz, fransuz, ispan tillari uchun umumiy an’anaviy Tezauruslar (alohida tillarning semantik tizimlarini ta’riflari) mavjud. Tezaurusga har bir so‘zning asosiy semantik parametrlari hosilalarini belgilovchi bir tillik lug‘atlar juda yaqin turadi.
Tezaurus keng ma’noda, alohida tashuvchi yoki tashuvchilar guruhi ega bo‘lgan voqeylik haqidagi bilimlar tizimini tasvirlash vositasi sifatida namoyon bo‘ladi. Bu tashuvchi qo‘shimcha ma’lumot qabul qiluvchisi vazifasini ham bajarishi mumkin, buning natijasida esa uning tezaurusi ham o‘zgarib ketadi. Bunda boshlang‘ich tezaurus qabul qiluvchining u tomonidan semantik axborotni qabul qilish imkoniyatlarini belgilaydi. Psixologiyada sun’iy intellektga ega tizimlarni o‘rganishda, individumlarning axborotni qabul qilish va tushunish jarayonida namoyon bo‘luvchi tezaurus xususiyatlari o‘rganiladi. Sotsiologiya va muloqot nazariyalarida esa tezaurusning umumiyligi asosida o‘zaro hamfikrlilik imkoniyatlarini ta’minlovchi individum va jamoalarning tezauruslarining xususiyatlari o‘rganiladi. Bunday vaziyatlarda tezaurusga murakkab tizim tarkibidagi ma’lumotlar zahirasini belgilovchi murakkab mazmunlar va ularning semantik bog‘lanishlarni kiritishga to‘g‘ri keladi. Tezaurus aslida nafaqat voqyelik haqidagi axborotni, balki yangi ma’lumotlarni qabul qilib olish imkoniyatini yaratuvchi metoaxborotni (axborot haqidagi ma’lumotlarni) ham qamrab oladi.

Download 475.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling