Мундарижа: I боб. Компьютер луғатлари: тезаурус
Download 475.5 Kb.
|
kitob yangi oxirgisi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2) «тезаурус»
1) «тезаурус» в словаре Д.Н.Ушаков Большой толковый словарь современного русского языка (Zamonaviy rus tilining katta izohli lug‘ati);
2) «тезаурус» в словаре Этимологический словарь русского языка. Фасмер Макс (Rus tilining etimologik lug‘ati); 3) «тезаурус» на португальский язык в словаре Русско-португальский словарь (Portugal tili tezaurusi); 4) «тезаурус» на итальянский язык в словаре Большой русско-итальянский словарь (Italyan tili «tezaurus»i, katta rus-italyan lug‘ati); 5) перевод «тезаурус» на английский язык в словаре Русско-английский машиностроительный словарь; 6) перевод «тезаурус» на английский язык в словаре Русско-английский машиностроительный словарь; 7) перевод «тезаурус» на английский язык в словаре Русско-английский юридический словарь; 8) перевод «тезаурус» на английский язык в словаре Русско-английский медицинский словарь; 9) перевод «тезаурус» на английский язык в словаре Русско-английский физический словарь; 10) перевод тезаурус на английский язык в словаре Русско-английский физический словарь; 11) перевод «тезаурус» на английский язык в словаре Русско-английский политический словарь; 12) перевод «тезаурус» на английский язык в словаре Русско-английский словарь по электронике; 13) перевод «тезаурус» на английский язык в словаре Русско-английский индекс к англо-русскому биологическому словарю kabi tezaurus lug‘atlar mavjud. ХХ asrning 70-yillarida axborotni qidiruvchi tezauruslar keng tarqaldi. Bu tezauruslarda hujjatli axborot qidirilishi avtomatik ravishda amalga oshirish imkonini beruvchi maxsus leksik birliklar – deskriptorlar alohida ifodalangan. Bunday tezaurusning har bir so‘ziga sinonim bo‘lgan deskriptor taqqoslanadi va deskriptorlar uchun semantik munosabatlar ko‘rsatiladi: jins – ko‘rinish, qism – butun, maqsad – vosita va boshqalar. Iyerarxik va uyushgan munosabatlarga ajratish odat tusiga kirgan. Xuddi shunday, 1973-yili SSSRda chop etilgan «Informatika bo‘yicha axborot-qidiruv tezaurusi» har bir deskriptorga sinonimik muhim so‘zlar, jinsga oid, ko‘rinishga oid va uyushgan deskriptorlar alohida ko‘rsatilgan lug‘aviy maqolani nazarda tutish mumkin. Tezaurus lug‘atlarda so‘zlar avtomatik ravishda tartibga solinadi, saqlanadi va qidirish uchun ma’lum bir tizimga joylashtiriladi; tezaurusda, raqamlash uchun tavsiya qilinadigan so‘zlar (deskriptorlar) ajratib olinadi, hujjat mazmunini ochib beruvchi muhim (kalit) so‘z olinadi, shuningdek, ular orasidagi semantik bog‘lanishlar namoyon qilinadi. Shunday kalit so‘zlar deskriptorlar deb yuritiladi. Axborot qidiruvchi tildagi leksik birliklar «deskriptorlar» deyiladi. Deskriptor ma’lum bir soha matnlaridan ajratib olinadi va shu sohaga tegishli bo‘lgan, nutqda boshqa so‘zlarga nisbatan ko‘proq qo‘llaniladigan so‘zlar kalit so‘zlar sifatida tanlanadi. Masalan, deskriptor sifatida har qanday kalit so‘z (ko‘p ishlatiladigan yoki qisqa so‘zlar afzal) yoki so‘z birikmasi, yoki sonli kod tanlanishi mumkin. Tilning ko‘p jihatli so‘zilariga bir necha deskriptorlar mos keladi, bir necha sinonimik so‘zlarga va iboralarga bitta deskriptor ham mos kelaveradi. Deskriptorlar o‘rtasidagi uyushgan aloqalarda yanada yaxshiroq tushunish uchun bu tezaurusga tematik guruhlarning semantik kartalari ham kiritilgan. Avtomatlashtirilgan axborot qidiruvida nafaqat savol deskriptorlari indeksiga ega bo‘lgan hujjatlar, balki ular bilan ma’lum semantik munosabatda bo‘lgan deskriptorga ega hujjatlar ham qidiriladi. Ayrim vaqtlarda ushbu tematik sohaga xos tezauruslarda ma’lum uyushgan munosabatlarni belgilash foydadan xoli bo‘lmaydi: kasallik – qo‘zg‘otuvchi, asbob – vazifasi (yoki o‘lchanayotgan kattalik) va boshqalar. Leksik birlikning (so‘z, so‘z birligi) tezaurusdagi o‘rni uning tildagi ma’nosini ifodalaydi: ushbu so‘z (shu jumladan, u kirgan bo‘limlar) ishtirok etayotgan semantik munosabatlar tizimini bilish, shu so‘z ma’nosini muhokama qilish imkonini yaratadi. Tezaurus keng ma’noda alohida tashuvchi yoki tashuvchilar guruhi ega bo‘lgan voqelik haqidagi bilimlar tizimini tasvirlash vositasi sifatida namoyon bo‘ladi. Bu tashuvchi qo‘shimcha ma’lumot qabul qiluvchisi vazifasini ham bajarishi mumkin, buning natijasida uning tezaurusi ham o‘zgarib ketadi. Bunda boshlang‘ich tezaurus qabul qiluvchining u tomonidan semantik axborotni qabul qilish imkoniyatlarini belgilaydi. Psixologiyada sun’iy intellektga ega tizimlarni o‘rganishda individumlarning axborotni qabul qilish va tushunish jarayonida namoyon bo‘luvchi tezaurus xususiyatlari o‘rganiladi. Sotsiologiya va muloqot nazariyalarida esa tezaurusning umumiyligi asosida o‘zaro hamfikrlik imkoniyatlarini ta’minlovchi individum va jamoalar tezauruslarining xususiyatlari o‘rganiladi. Bunday vaziyatlarda tezaurusga murakkab tizim tarkibidagi ma’lumotlar zaxirasini belgilovchi murakkab mazmunlar va ularning semantik bog‘lanishlarni kiritishga to‘g‘ri keladi. Tezaurus nafaqat voqelik haqidagi axborotni, balki yangi ma’lumotlarni qabul qilib olish imkoniyatini yaratuvchi metoaxborotni (axborot haqidagi ma’lumotlarni) ham qamrab oladi. Tezaurusda bilimlar qaysi sohada yaratilgan bo‘lsa, shu sohaga tegishli so‘zlar mavzusiga ko‘ra joylashtirilgan va leksik birliklar o‘rtasidagi semantik munosabatlar ko‘rsatilgan lug‘at hisoblanadi. Axborot-qidiruv tezauruslarda matnning leksik birliklari deskriptorlar bilan almashtiriladi. Tezaurus tarkibidagi so‘zlar alfavit bo‘yicha emas, balki mavzu va mavzular majmui sifatida shakllangan lingvistik lug‘at hisoblanadi. Tezaurusning lug‘at tarkibidagi muhim vazifasi shuki, u so‘zlar va so‘z birikmalari o‘rtasidagi turli bog‘lanishlar (munosabatlar) haqidagi axborotlarni saqlashga xizmat qiluvchi ma’lumotlar bazasidir. Tezaurus, aslida, til semantikasini belgilaydi (milliy til, aniq fan yoki avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimi uchun rasmiylashtirilgan til). Avvaliga tezaurus tarkibidagi semantik munosabatlar tematik bo‘limlarga joylashtirilgan so‘z guruhlari bilan belgilanadigan bir tillik lug‘at sifatida tadqiq qilindi. Masalan, 1962-yili chop etilgan (1-nashr 1852-yili chop etilgan) ingliz tezaurusi (muallif P.M.Rodjet), 1040 bo‘limdan iborat, ularda 240000 so‘z taqsimlangan. Ingliz, fransuz, ispan tillarining an’anaviy umumtillik tezauruslari ham mavjud (tillarning alohida semantik tizimlari). Tezauruslarga har bir so‘z semantik jihatlarining asosiy mazmunini ifodalovchi bir tillik lug‘atlar kiradi, masalan, S.I.Ojegovning rus tili lug‘ati. Tezaurusda so‘zlar o‘rtasidagi semantik-ma’no jihatdan bog‘lanishlar quyidagilar orqali ifodalanadi: antonimlar, sinonimlar, giponimlar, giperonimlar, guruhlar. Download 475.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling