Мундарижа: I боб. Компьютер луғатлари: тезаурус


Bajarilgan ishning asosiy natijalari


Download 475.5 Kb.
bet4/27
Sana26.02.2023
Hajmi475.5 Kb.
#1233629
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
Bog'liq
kitob yangi oxirgisi

Bajarilgan ishning asosiy natijalari. Ishning natijalari maqola tarzida bir qancha Respublika miqyosidagi, universitet miqyosidagi va “Lingvist” ilmiy maqolalar to`plamida e`lon qilingan. Ishning natijasi sifatida “Kompyuter lug`atlari:Tezaurus” nomli o`quv-uslubiy qo`llanma e’lon qilindi.
Xulosa va takliflarning qisqacha umumlashgan ifodasi. Har bir sohada o‘z mavqeyini mustahkamlab borayotgan axborot texnologiyalari ta’lim sohasida ham asosiy o‘rinni egallashi muqarrardir. Ta’lim samaradorligi oshirilishida, yetishib kelayotgan yosh avlodni jahon talablariga javob bera oladigan kadrlar qilib tayyorlashda, albatta, axborot texnologiyalari beqiyos o‘rin tutadi.
KIRISH
Prezidentimiz Islom Karimovning: «Aql-zakovatli, yuksak ma’naviyatli kishilarni tarbiyalay olsakkina oldimizga qo‘ygan maqsadlarga erisha olamiz, yurtimizda farovonlik va taraqqiyot qaror topadi»1, – degan fikri ta’lim va maorifni yuksaltirish, milliy g‘oyani ro‘yobga chiqaradigan yangi avlodni voyaga yetkazish davlatimizning eng muhim vazifalaridan biri ekanligini ko‘rsatadi. Yosh avlodni bilimli, komil inson va jahon talablariga javob bera oladigan kadrlar qilib tayyorlash hozirgi kunda oldimizga qo‘yilgan asosiy maqsad ekanligini yurtboshimiz ko‘pgina nutqlarida bejizga ta’kidlamagan. Bu maqsadga erishish uchun, avvalo, yoshlar chet tillarini mukammal bilishlari, kompyuter texnikasi va zamonaviy texnologiyalarni mustaqil boshqara olishlari lozim. Bugungi kunda davlatimiz jahonga yuz tutib o‘zini iqtisodiy va siyosiy jihatdan rivojlangan davlatlar qatorida ko‘rishni istar ekan, bu yo‘lda biz yoshlardan talab qilinadigani dunyoning ilm-fan, iqtisodiy, siyosiy, san’at va madaniyat hamda texnikaviy jihatdan yuksak rivojlangan mamlakatlarida to‘plangan bilimlarni chuqur o‘rganish, mavjud tajribalarni amaliyotga tatbiq etish yo‘lidan hech og‘ishmasdan ildam qadam tashlashdir. Hozirda mintaqamizdagi globallashuv jarayoni barcha sohalarda tezkorlikni, jadal taraqqiyotni talab etmoqda. Kompyuter tizimi esa barcha sohalarda qulayliklar yaratdi, imkoniyatlar eshigini keng ochdi, hayotimizning ajralmas bo‘lagiga aylandi.2
Global taraqqiyotning muhim xususiyatlari qatorida kompyuterlarning paydo bo‘lishi, axborot jamiyatlarining shakllana boshlashini qayd etish lozim. Hozirgi vaqtda jahon miqyosida kechayotgan integratsiya jarayonida o‘zbek tilini dunyo tillari darajasiga olib chiqish hayotiy zaruratlardan biri bo‘lib qoldi. Kompyuter lingvistikasi esa mana shu zaruratni amalga oshirish uchun yaratilgan qulay imkoniyatlardan biridir. O‘zbek tilini jahon miqyosiga olib chiqish, dunyoviy tillar sirasiga kiritish, uni o‘rganish va o‘rgatish uchun, albatta, kompyuter lingvistikasi bizga keng imkoniyatlar eshigini ochadi. Hozirgi vaqtda esa kompyuterlashtirish jarayoni turli mamlakatlarda turlicha ko‘rinishda kechmoqda, qaysidir mamlakatlar bu sohada ilgarilab ketgan bo‘lsa, qaysilarigadir bu soha kechroq kirib borgan. Kompyuter bugunga kelib o‘z rivojining shunday bir bosqichiga ko‘tarildiki, insonlar o‘z faoliyati davomida axborot texnologiyalarining o‘rni beqiyosligini tushunib yetishdi. Inson faoliyatining barcha jabhalarini kompyuterlashtirish bugungi kunda jamiyatning muhim vazifasi va ijtimoiy taraqqiyot omilidir. Jamiyatni kompyuterlashtirmasdan turib ijtimoiy o‘zgarishlarni amalga oshirish, fuqarolarga munosib turmush darajasini ta’minlash mumkin emas. Axborot olish, unga o‘z munosabatini bildirish, uni saqlash va taqdim etish jarayonlarini tadqiq qilish, axborot texnikasi va texnologiyasini yaratish, amaliyotga joriy etish va undan foydalanish masalalarini hal qilish bilan shug‘ullanuvchi fan-texnika faoliyati bu informatikadir.
Informatika texnik vositalari axborot texnologiyasining asosini tashkil etadi. Axborot kommunikativ texnologiyasi og‘ir jismoniy mehnatdan, vaqtni ko‘p sarflashdan, sekinlik bilan ish olib borishdan, ya’ni bajarilayotgan ishning samaradorligini mashaqqat bilan ko‘tarishdan insonni ozod qiladi. AKT (axborot kommunikativ texnologiyalar)da jismoniy emas, aqliy mehnatning ahamiyati oshib boradi. Axborot texnologiyasining rivojlanishi insonlarning og‘irini yengil qiladi, bilim darajasining o‘sishiga, har bir sohada yuqori malakali mutaxassislar miqdorining ko‘payishiga olib keladi. Yurtimizning rivojlanishini, jahon hamjamiyati bilan hamnafas bo‘lishini AKTsiz tasavvur qilish qiyin.
Har bir sohada o‘z mavqeyini mustahkamlab borayotgan axborot texnologiyalari ta’lim sohasida ham asosiy o‘rinni egallashi muqarrardir. Ta’lim samaradorligi oshirilishida, yetishib kelayotgan yosh avlodni jahon talablariga javob bera oladigan kadrlar qilib tayyorlashda, albatta, axborot texnologiyalari beqiyos o‘rin tutadi. Ta’lim jarayonida AKTdan foydalangan holda yosh kadrlarga bilim berilar ekan, avvalo, ular dunyodagi bilimlardan xabardor bo‘ladilar va o‘zlarining rivojlanish darajalarini tahlil qilish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Hozirda yurtimizda ta’lim sohasiga shunday katta e’tibor qaratilganki, buning natijasida aksariyat o‘quvchi va talabalar axborot texnologiyalaridan bemalol foydalana oladilar, axborotlashtirish jarayonida ham bemalol ishtirok eta oladilar. Ular axborot kommunikativ texnologiyalarini o‘rganish jarayonida axborotga o‘z munosabatini bildira olishlari uchun avval o‘sha axborotni anglab yetishi va uni talqin qila olishi lozim. Ularning axborotlashtirish jarayoniga qo‘shila bilishlari, munosabatlarini bildira olishlari olgan bilimlarini amaliy jihatdan yanada rivojlantirishga ko‘maklashadi. Ta’lim sohasida shunday keng imkoniyatlar yaratilganki, kutubxonalarning kompyuter jihozlari bilan ta’minlanishi, har bir oliygoh kutubxonasining elektron darsliklar bilan ta’minlanganligi yurtning kelajagi bo‘lgan yoshlarga yaratilgan keng imkoniyatlar namunasidir. Kadrlar tayyorlash milliy dasturida ham «O‘quv-tarbiyaviy jarayonini ilg‘or pedagogik texnologiyalar bilan ta’minlash» vazifasi qo‘yilgan ekan, uni to‘laqonli ado etish uchun shunday texnologiyalarni, avvalo, ishlata bilish va u haqda to‘laqonli ma’lumotga ega bo‘lish lozim. Hozirgi davrda barcha sohada tarmoqlarni axborot kommunikativ texnologiyalar bilan ta’minlash zarurati ortmoqda. Aniqki, axborotning nihoyatda ko‘pligi, deyarli barcha sohalarning kompyuter texnologiyalari bilan ta’minlanganligi ish yuritishning eski usullaridan voz kechishni taqozo etadi. Shuning uchun ta’limning har bir bosqichida o‘ziga xos yangi usullarni qo‘llash zarur bo‘lmoqda. Shu bois axborotlarni o‘zlashtirish va to‘g‘ri baholashga qodir, erkin fikrlaydigan hamda o‘zi ustida tinimsiz ishlovchi ijodiy shaxslarni tarbiyalash muhimdir.



Download 475.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling