Topshiriq rejasi: Kutubxonashunoslikning jamiyatda

Download 0.64 Mb.
Sana01.11.2020
Hajmi0.64 Mb.
#139615
Bog'liq
1-amaliy

MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI 1-Amali ish “ Kutubxonashunoslikning axborot ta’minoti”

Bajardi:Negmatova S ,Fayzullayeva H, Choriyev A

Tekshirdi: Ziyodullayeva Gulchiroy

TOPSHIRIQ REJASI:

1.Kutubxonashunoslikning jamiyatda

tutgan o’rni.

2.Kutubxona tarixi.

3.Kutubxonalar haqida olimlar fikri.

4 Yakuniy xulosalar.

Har bir jamiyatning gʻoyalari, yangiliklari, oliy maqsadlari kutubxonalarning rivojlanishiga, mazmun-mohiyatiga taʼsir etdi. Shu tufayli, kutubxonalarning jamiyatda tutgan oʻrni, maqsad va vazifalari shunga qarab oʻzgarib, rivojlanib bordi. Hamon kutubxonalar jamiyat maʼnaviy kamolotining ajralmas tarkibiy qismi boʻlib qolmoqda. Zero, maʼnaviyat kitoblar, axborot resurslarining boshqa turlari orqali shakllanadi. Buni jamiyat taraqqiyotining har bir bosqichida koʻrish mumkin.

1892–1972-yillarda yashab ijod etgan hindistonlik kutubxonashunos olim Sh. R. Ranganatanning kutubxonachilik ishining besh qoidasi hozirgi davrda ham oʻz ahamiyatini yoʻqotmagan.

1892–1972-yillarda yashab ijod etgan hindistonlik kutubxonashunos olim Sh. R. Ranganatanning kutubxonachilik ishining besh qoidasi hozirgi davrda ham oʻz ahamiyatini yoʻqotmagan.

Bular:

* kitoblar oʻqish uchun xizmat qiladi;

* har bir kitobning oʻz kitobxoni boʻlsin;

* har bir kitobxonning oʻz kitobi boʻlsin;

* kitobxonlar vaqtini asra;

* kutubxona oʻsayotgan organizmdir.

Professor O. Gʻ. Qosimova va T. B. Yesimovning 1994-yil nashr qilingan “Umumiy kutubxonashunoslik” darsligida Oʻzbekistonda “Kutubxonashunoslik” fanining rivojlanish bosqichlari uch davrga boʻlib koʻrsatilgan. Agar shunga amal qiladigan boʻlsak, hozirgi kunda bu davrlar toʻrtta boʻladi:

1918–1945-yillar;

1946–1974-yillar;

1975–1990-yillar;

1991-yildan keyingi davr.

Shu davrda sohaga oid birinchi marta qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasining “Axborot-kutubxona faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonuni, 2006-yil 20-iyunda qabul qilingan Prezidentimizning “Respublika aholisini axborot-kutubxona bilan taʼminlashni tashkil etish toʻgʻrisida”gi, 2011-yil 23-fevraldagi “2011–2015-yillarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari negizida axborot-kutubxona va axborot-resurs xizmatini yanada sifatli takomillashtirishning chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qarorlari, 2012-yil 20-martda qabul qilgan “Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi axborot-resurs markazi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qarorning oʻziyoq bu davrning oʻziga xos xususiyatlarini va ahamiyatini koʻrsatadi.

XULOSA

Kutubxona – kitoblar va kishilik jamiyati tarixi yigʻindisi boʻlgani uchun insonparvar muassasadir. Bunda insoniyat erishgan barcha ilmlar, turli fan sohalari boʻyicha shaklidan, xilidan, turidan, tilidan qatʼi nazar, adabiyotlar toʻplangan. Kutubxonalar zulmatga, nodonlikka, jaholatga qarshi kurashda faol boʻlgan, kishilar qalbiga ezgulik, yaxshilik, sahovat, sadoqat, mehr-muhabbat, oqibat urugʻlarini singdirgan. U insoniyat butun borligʻining buyuk hujjatlashgan guvohi sifatida yashab kelmoqda. Unga zarurat sezgan har bir kishi bemalol foydalana olishi va, oʻz navbatida, kutubxonalar shu maqsadda hammabop boʻlishi kerak.

Bora-bora madaniyatning takomillashuvi ijtimoiy va moddiy madaniyat taraqqiyotining tarixan rivojlanishiga asos boʻlib, kutubxonalar, kitob fondi, ularni tashkil etish va boshqarishning, kitobxonlarga xizmat koʻrsatishning muhim omiliga aylanib qoldi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Ғаниева.Б.И. Ахборот кутубхона фонди ва электрон каталог: ўқув қўлланма. – Тошкент, 2013.-123б.

2. www. ZiyoNet.uz- ЗиёНет ахборот таълим тармоғи

Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:

Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling