Мундарижа: I боб. Компьютер луғатлари: тезаурус
Morfologiya va sintaksisda
Download 475.5 Kb.
|
kitob yangi oxirgisi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4. Etimologiyasi
- Boshqa tillarda qo‘llanishi: – III BOB. KOMPYUTER ATAMALARI TO‘G‘RISIDA MA’LUMOT
Morfologiya va sintaksisda:
O‘zak – asramoq. Fe’l so‘z turkumiga mansub, tuslanadi. 2.Talaffuz qilinishi Birlikda [asradi], ko‘plikda [asradilar] 3. Ma’no tarkibi Asramoq – «ehtiyot qil-, saqla-» ma’nolarini anglatadi. A) Sinonimlari: avaylamoq, ehtiyot qilmoq B) Antonimi: – V) Giperonimi: – G) Giponimi: – D) Qarindoshlik so‘zlari: – E) Eng yaqin qarindoshlik so‘zlari: – 4. Etimologiyasi: bu so‘z asli qadimgi turkiy tildagi «avaylab boqilgan, parvarish qilingan» ma’nosini anglatuvchi asы sifatidan -ra qo‘shimchasi bilan yasalgan, keyinchalik ikkinchi bo‘g‘indagi tor unli talaffuz qilinmay qo‘ygan. Asы+ ra= Asыra->asra Bu fe’l dastlab «o‘z boqimiga ol» ma’nosini anglatgan. 5. Frazeologizmlarda yoki turg‘un birikma shaklida qo‘llanishi Alloh asradi Boshqa tillarda qo‘llanishi: – III BOB. KOMPYUTER ATAMALARI TO‘G‘RISIDA MA’LUMOT 3.1. Tezaurus va uning atamalari orasidagi bog‘lanish. Ushbu mavzuni yoritishdan asosiy maqsad kompyuter tilshunosligi (lingvistikasi) bo‘yicha elektron tezaurus yaratishga yondashuv taqdim etishdir. Bunda tezaurusning umumiy tuzilishi, tezaurusli manbalarning tuzilishlari va mavjud atamalar o‘rtasidagi bog‘liqliklar haqida ma’lumot beriladi. Tezaurusga kiritish uchun atamalar tanlash muammolari, shuningdek, bir qancha sinonimik atamalar orasidan asosiy deskriptor atamani tanlab olish masalalari ushbu mavzu ustida ko‘proq ish olib borishni talab qiladi. Tezaurusning elektron ko‘rinishi (versiyasi) amalga oshirilishining o‘ziga xos xususiyatlari tasvirlash, bunda asosiy e’tibor tezaurusda qo‘llanadigan atamalar haqidagi ma’lumotlar tizimining mantiqiy bir butunligini va uning ichidagi ma’lumotlaridan foydalanishni qulayligini ta’minlashga qaratiladi. Hozirgi kunda, o‘z ichiga matnlardan axborotni ajratib olish usullari haqidagi bilimlarni, hujjatlarni mazmuniga qarab qidirish va indekslash, tilga oidlarini, jumladan nutqning rivojlanishi haqidagi bilimlarni o‘z ichiga olgan ilmiy-amaliy fan sifatida kompyuter lingvistikasiga bo‘lgan e’tiborning ortib borayotganligi kuzatilmoqda. Kompyuter lingvistikasi atamalari bo‘yicha shuni alohida ta’kidlash lozimki, bir tarafdan ta’lim darajasini oshirishga xizmat qiladigan, boshqa tarafdan esa kompyuter lingvistikasi bo‘yicha nashrlarni indekslash uchun foydalaniladigan, ya’ni ularda aks ettirilgan kompyuter lingvistikasiga doir bilimlardan foydalanishni osonlashtiradigan, soddaroq avtomatlashtirilgan yoki avtomatik ravishda ishlaydigan, sistemalashtirilgan bilimlarga katta ehtiyoj sezilmoqda. Download 475.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling