Mundarija i-bob. Metodlar haqida umumiy tushuncha metodika tushunchasi


Download 88.11 Kb.
bet10/13
Sana18.06.2023
Hajmi88.11 Kb.
#1558914
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Abdulhamid 12 04

Pedagogik kuzatish murakkab va maxsus xususiyatga ega. Bunda kuzatilayotgan pedagogik hodisaning mohiyatini ko‘ra bilish, o‘qituvchi va o‘quvchi harakatlarining o‘zaro aloqasi dialektikasini, ulardan har birining indvidualligini aniqlay olish lozim. Har bir pedagog kuzatuvchan bo‘lishi, hodisa va dalillarning tafsilotlarini payqay olishi, ularni tahlil qila bilish qobiliyatiga ega bo‘lishi lozim. Kuzatishlar biror maqsadga qaratilgan holda amaliy va sismavzuli yo‘lga qo‘yilgan bo‘lsa, eng kerakli dalillarni, mazkur kuzatishdan o‘z vaqtida chiqarilgan pedagogik-psixologik xulosalarni hisobga olgan holda tashkil qilinsa, samarali bo‘ladi. Kuzatish ta’lim-tarbiya jarayonini yaxshilash va takomillashtirish maqsadida olib borilishi mumkin. Masalan, o‘qitish jarayonida bolalarning qanday o‘sayotganligi, dars jarayonida bilim berish va tarbiyalash vazifalari birligi qanday amalga oshirilayotganligi; fan asoslarini o‘rganishda o‘quvchilarnig tafakkuri qanday faollashayotganligi va boshqalar aniqlanadi.
Ilmiy kuzatishda ba’zan tadqiqotchi chidamsiz, shoshqaloq va sismavzuli ish ko‘rmasligi singari holatlarga yo‘l qo‘yilsa, uning samaradorligi pasayadi.


Suhbat metodi. Ilmiy maqsadda olib boriladigan suhbatning aniq maqsadi, vazifasi, shakli va ularni o‘tkazish metodikasi mavjud. Suhbat metodining indvidual, guruhli va jamoa turlari mavjud. Tadqiqotchi suhbat olib borishni va uni kerakli maqsadli tomonga yo‘naltira olishi g‘oyat muhimdir. Suhbat olib boruvchi quyidagi pedagogik qoidalarga rioya qilishi shart:
1) suhbat savollarini oldindan belgilash;
2) vaqti va joyini belgilash;
3) suhbat ishtirokchilarini belgilash (soni, miqdori);
4) qulay sharoit yaratib ochiq suhbatlashish;
5) suhbatdoshga o‘z fikrini aytishga imkon berish;
6) sergak va bachkana bo‘lmaslik;
7) suhbatdosh haqida biografik ma’lumotga ega bo‘lish;
8) olingan materialni o‘z vaqtida ishlab chiqish va qo‘shimchalar qilish.
9) suhbatdan ilmiy xulosa chiqarish.



Download 88.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling