Mundarija I. Kirish 3


Download 0.67 Mb.
bet3/8
Sana18.06.2023
Hajmi0.67 Mb.
#1578365
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
optik asboblar abberatsiyasi

2.1. Fotografik apparat
Miloddan avvalgi 350 yilda yunon olimi Aristotel kichik teshik (mas, darcha) dan qorongʻi xonaga tushayotgan yorugʻlik nurlaridan xonaning qaramaqarshi devorida tashkaridagi, darcha oldidagi narsalarning yorugʻlik tasviri hosil boʻlishi mumkin, degan edi. 18 asr oʻtgandan keyin Leonardo da Vinchi bu hodisadan turli narsalarning tasvirini qogʻozga chizishda foydalangan. 1611-yilda nemis astronomi I. Kepler ikki linzadan iborat teleskopik tizimni yasadi. 1840-yilda avstriyalik olim I.Petsval bir necha linzadan iborat optik tizimni (obyektivni) hisoblab chikdi va uni nemis optigi P.FOTOAPARAT Foixtlender yasadi. 19-asr 30-yillarida fransiyalik Jiro kassetasi katta boʻlgan yogʻoch fotokamerani koʻplab ishlab chiqardi. 1842-yilda Germaniyada metall korpusli FOTOAPARAT ishlab chikarila boshlandi. 1888-yilda amerikalik ixtirochi J. Istmen dunyoda birinchi marta rolikka oʻralgan fotoplyonka oʻrnatilgan FOTOAPARAT yaratdi. 1924-yilda "Leys" firmasi kichik formatli "Leyka" F.ni, 1970-yillarda ekspozitsion parametrlari yarim avtomatik va avtomatik oʻrnatiladigan, obyektivi avtomatik fokus lanadigan, fotozatvori elektron boshqariladigan, plyonkani tortish mexanizmi elektr yuritmali F.lar yaratildi. Hozir fototasvirlarni bir zumda chiqarib beradigan, uyali telefon apparatiga "singdirilgan" F.lar mavjud.
Chet elda FOTOAPARAT ishlab chiqarishga ixtisoslashgan 50 dan ortiq konsern, firma va zavodlar mavjud, jumladan: "Istmen kodak", "Polyaroid" (AQSH), "AlfaGevert" (GermaniyaBelgiya), "Nippon kogaku", "Kenon", "Minolta kamera", "Asaxi optikl", "Konisirovku foto" (Yaponiya), "Leys", "Rolley", "Karl Braun", "Minoks", "Pentakon" (Germaniya), "Xassel blad" (Shvetsiya), "Krasnogorsk zavodi", "LOMO" birlashmasi (Rossiya), "Arsenal zavodi" (Ukraina) va boshqa
Havaskorlik F.dan "Kenon", "Nikon" (Yaponiya), "Pentakon" (Germaniya), "Kodak" (AQSH), "Zenit", "FED", "Zorkiy" (Rossiya), "Kiyev" (Ukraina), "Xasselblad" (Shvetsiya) koʻplab ishlatiladi.
Qoʻllaniladigan fotomaterialga qarab, F.lar plyonkali va plastinkali boʻladi.
Baʼzida F.dan koʻz ilgʻamas (fotoqatlamda qayd qilinadigan) ultrabinafsha yoki infraqizil nurlarni suratga tushirishda foydalaniladi. Bunday hollarda koʻzguli obyektiv yoki nurlarga moye keluvchi linza komponentlari, shaffof materiallar: kvars, flyuorit, litiy ftoridli (ultrabinafsha nurlar uchun); natriy xlorid, kremniy, germaniyli (infraqizil nurlar uchun) obyektiv ishlatiladi. Obʼyekt tasvirini biror tor spektral intervalda olish yoki fotosʼyomkada surat badiiy yaqqol chiqishi uchun obyektivda olib qoʻyiladigan turli yoruglik filtrlari qoʻllaniladi. 20-asr oxiri va 21-asr boshlaridan raqamli FOTOAPARAT qoʻllanila boshlandi. FOTOBIOLOGIYA (foto... va biologiya) — ultrabinafsha va infraqizil nurlar taʼsirida organizmlarda sodir boʻladigan jarayonlarni oʻrganadigan fan; biol.ningbirboʻlimi. F.ga 18—19-asrlarda asos solingan. Uning paydo boʻlishi fotosintezning kashf etilishi, rangli koʻrish jarayonining asoslab berilishi, yorugʻlik ishtirokida sodir boʻladigan tabiiy hodisalar (fotoperiodizm, fototaksis va boshqalar) ning aniqlanishi bilan bogʻliq. Lekin FOTOAPARAT mustaqil fan sifatida 20-asrning 2yarmida nurlanish kvant taʼlimotining ishlab chiqilishi, shuningdek, biokimyo, biofizika va fiziologiyaning rivojlanishi bilan bogʻliq. F.ning vazifasi yorugʻlik kvantlari energiyasining kimyoviy boglar va biologik membranalardagi elektr potensial energiyasiga aylanishini xamda fotobiologik jarayonlarda fotokimyoviy va qorongʻilik fermentativ fazalarining oʻzaro bogʻlanishini aniklash, fotoretseptorlar va ular funksiyasining molekulyar asoslarini oʻrganish hamda fotobiologik jarayonlarning samaradorligi sabablarini koʻrsatib berishdan iborat.
FOTOAPARAT sohasidagi tadqiqotlar qishloq xoʻjaligi oʻsimliklarining hosildorligini oshirish, quyosh nuridan foydalanish, fotobiologik hodisalar prinsiplari asosida sunʼiy sistemalar yaratish, lazer nurlaridan biol., fototerapiya va xalq xoʻjaligining boshqa tarmoqlarida amaliy foydalanishga oid.

Download 0.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling