Mundarija I. Kirish 3


Download 0.67 Mb.
bet2/8
Sana18.06.2023
Hajmi0.67 Mb.
#1578365
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
optik asboblar abberatsiyasi

Kurs ishining maqsadi: Mikroskop so’zining kelib chiqishi yunonchadir: bu so’zning birinchi qismi — «kichik», «mitti» ma'nosini anglatsa, ikkinchi qismi — «kuzatuvchi» ma'nosini beradi. Mikroskop, shunday qilib, qandaydir o’ta kichik narsani ko’zatmoq demakdir. Mikroskopni Sharqda «zarrabin» deyishgan. Zarrabin — ko’z ilg’amas juda kichik, mayda narsalarni tekshirish uchun moslashgan asbob. Umuman olganda, tekshiriladigan narsa ko’zga yaqin tutilsa, kattaroqdek tuyuladi. Lekin uni ko’zga taxminan 25 santimetrdanda yaqinroqdan olib qaralsa, umuman nazarga chalinmasligi mumkin. Bunday payt, narsa «fokusdan tashqarida» joylashgan, deyiladi. Bordi-yu, ko’z va tekshiriladigan narsa orasiga oddiy qabariq linza o’rnatilsa, u 25 santimetrdan yaqin bo’lsa-da, baribir «fokus»-da bo’ladi.
Kurs ishining vazifalari:
Buni kattalashtirib ko’rsatuvchi shishadan foydalanishga qiyoslash mumkin. Va oddiy kattalashtiruvchi shisha — ,bu qadimdan qo’llanib kelinayotgan sodda zarrabindir. Shu boisdan, zarrabinning ixtiro etilishi to’g’risida gapirar ekanmiz, biz murakkab qurilmali mikroskopni nazarda tutamiz. Shu topda ham gap aynan ana shunday, takomillashgan mikroskop haqida ketayapti.

II. Asosiy qism

    1. Optik asboblarning o’ziga xos xususiyatlari

Fotoapparat, fotokamera, suratga olish apparati — suratga olinadigan obyektlar optik tasvirini fotomateriallarning yoruglik sezgir qatlamiga tushiruvchi optikmexanik qurilma. Fotosuratga olishda obyektning optik tasviri optik tizimlar yordamida fotomaterialning yorugʻlik sezgir qatlamiga maʼlum vaqt oraligʻida proyeksiyalanadi. Natijada yoruglik sezgir qatlamda suratga olingan obyektning yashirin tasviri hosil boʻladi; fotomaterialga kimyoviyfotografik ishlov berilgandan soʻng suratga olingan obyektning koʻrinadigan negativ yoki pozitiv tasviriga aylanadi. F.ning havaskorlik, professional va maxsus xillari bor. Havaskorlik va professional F.lardan kishilarni, peyzaj, sport musobakalarini suratga olishda, portretlar yasash va boshqa da foydalaniladi. Maxsus F.larda fototexnika ishlari, aerofotosʼyomka, mikrosʼyomka va boshqa bajariladi. FOTOAPARAT fotomaterialda hosil boʻladigan tasvirlar oʻlchami (kadrlar formati)ga qarab mitti (13x17 mm), yarim formatli (18x24 mm), kichik formatli (28x28 va 24x36 mm), oʻrtacha formatli (45x60 dan 60x90 mm gacha) va yirik formatli (90x120 mm va undan katta) xillarga boʻlinadi.
Zamonaviy F.larning asosiy uzellari: yoruglik oʻtkazmaydigan kamera (uning korpusi bikr, ikki tomonlama ochiladigan, teleskopik yoki buklama koʻrinishda boʻladi), obyekt tasvirini fotomaterial (fotoplyonka yoki fotoplastinka)ga tushirib beradigan obyektiv, fotoplyonka yoki fotoplastinkaning yorugʻlik sezgir qatlamiga yorugʻlik nurini oʻtkazishni taʼminlaydigan zatvor, ravshanlikka toʻgʻrilash mexanizmi, vidoiskatel (koʻrinish qidirgich), fotoplyonkani qayta oʻrash mexanizmi, fotoplyonka kassetasi, zatvor va chaqmoqlampa ishini sinxronlovchi sinxrokontakt, ekspozitsiya vaqtini yarim avtomatik aniklaydigan fotoeksponometr, zatvorni ishga tushiradigan avtomatik tepki.

Download 0.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling