Mundarija I. Kirish 3


Download 0.67 Mb.
bet6/8
Sana18.06.2023
Hajmi0.67 Mb.
#1578365
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
optik asboblar abberatsiyasi

2.3. Spektral apparat
MIKROSKOP TUZILISHIGA OID KLASTЕR



Spektrning ko'rinish sohasini o'rganish uchun spektroskop deb ataluvchi asboblar ishlatiladi. Eng sodda spektroskop 34- rasmda ko'rsatilgan. Spektroskop kollimator — 1; prizmali ko'rish trubasi — 2; prizmali stolcha — 3; tirqish - 4; linza — 5; obyektiv — 6 va okular — 7 lardan tashkil topgan. Tirqishdan kelayotgan nur kollimator orqali linzaga tushadi. U prizmadan o'tishda turli ranglarga ajraladi va obyektiv, ko'rish trubasi orqali okular yordamida kuzatiladi.
Spektrni fotoplastinkada qayd qilishga imkon beruvchi asbob spektrograf deb ataladi.
Yanada takomillashgan, ya'ni uchinchi truba bilan ta'minlan- gan asbob spektrometr deb ataladi.

34-rasm.
Spektral analizning qo'llanilishi. Spektral analiz fan uchun muhim ahamiyatga ega. Ayniqsa, uning astronomiya uchun aha- miyati judayam katta. Osmon jismlarining tarkibi to'g'risida ma'lumot olishning yagona yo'li spektral analizdir. Bu usul bilan Quyoshning, yulduz- larning va yulduz turkumi- ning tarkiblari o'rganilgan, D.l.Mendeleyev elementlar jadvalining 25 ta elementi kashf qilingan. Hozirgi paytda spektral analiz geologiyada, metal- lurgiyada, kimyoda, tibbiyotda va hatto oziq-ovqat sanoatida ham keng qo'llaniadi.
Yorug’likning qutblanishi.
Turmalin kristalidan ma’lum tarzda kesilgan lkkita plastinkani bir-birining orqasiga qo'yamiz va ularning tasvirini ekranga tushiramiz. Kristallardan birini o’z o'qi atrofida aylantrib, ekranning kristallar tasvirlari kesishgan joydagi yoritilganligi o'zgarishini va aylantiriluvchi kristallning aniq bir holatida ekran butunlay qorong'u bo'lib qolishini ko'ramiz. Bu quydagi rasmda tasvirlangan.
Bu natijani quyidagicha tushuntirish mumkin. Cho'g'lanma lampadan chiquvchi yorug’lik qutblanmagan. Turmalin kristalining birinchisidan o'tishidan yassi qutblangan bo'lib qoladi.
Bu turmalin kristali polyarizaior (qutblovchi) bo’ladi. Turmalinning, ikkinchi kristali analizator vazifasini o'taydi: u qutblanish tekisligiga nisbatan aniq bir oriyentatstyada bo'lganda o'zidan qutblangan yorug’likni deyarli to'liq o'tkazadi. Agar analizator 900 ga burilsa, u qutblangan yorug'likni deyarli o'tkazmay qo'yadi.
Turmalindan tashqari kristalldan ma'lum bir tarzda kesib tayyorlangan kvars plastinkalar ham ana shunday xususiyatlarga ega bo'ladi. Polyarizator va analizator vazifasini bajara oluvchi shaffof pardalar polyaroidlar deb nomlangan.
Biz bildikki, qutblanish faqat ko'ndalang to'lqinlarga xos xususiyat. Agar to’lqinlar qutblansa, ular ko'ndalang to'lqinlar bo'ladi. Yorug'likning qutblanish hodisasi yorug'lik to'lqinlarining ko'ndalang to'lqinlar ekanligiga guvohlik beradi.
Qutblangan yorug'likning qo’llanishi.
Qutblangan yorug’lik ilmiy tekshirishlarda va texnikada keng qo'llaniladi. Qutblangan yorug'likning ayrim o'ziga xos qollanishlarini qarab chiqamiz.
Kо’p hollarda u yoki bu ob'yektning yoritilganligini bir tekis o’zgartirishga to'g'ri keladi. Yorug’lik manbai qarshisiga polyarizator va analizatorni qoyib, analizatorni sekin aylantirish bilan ob'yektning yoritilganligini maksimaldan to'liq qorong'ilikkacha bir tekis o'zgartirish mumkin.
Polyaroidlardan turli rasmlarni, shisha va chinni buyumlarni fotosuratga olishda ulardan qaytgnn sho'lalarni so'ndirishda ham foydalaniladi. Qaytgan yorug'lik qisman qutblangan. Keraksiz yorug'lik sho'lalarini yo'qotish uchun fotoob'yektivga qutblovchi filtr kiygiziladi.
Qurilish va mashinasozlik texnikasida qutblanish hodisasi inshoat va mashinalarning ayrim uzellarida yuzaga keluvchi kuchlanishlarni o'rganishda foydalaniladi. Fotoelastik usul deb nomlangan. Bu usulning tub mohiyati. quyidagicha, shaffof materialdan kuchlanishi tekshiriluvchi detalning. aniq yassi nusxasi tayyorlanadi.
So'ngra bu model rasmda ko'rsatilganidek A analizator bilan P polyarizator orasiga qo'yiladi, yoritiiadi va ekranga tasviri tushiriladi. Organik shishaning deformatsiyalanmagan plastinkasi optik jihatdan bir jinsli bo'lgani sabali ekranda faqat uning tarxlari ko'rinadi. Model deformatsiyalanmaganda organik shishaning bir jinsliligi buziladi va ekranda detalning turli qismlarida yuzaga keluvchi kuchlanishlarning rangli rasmi paydo bo’ladi.
Qutblanishdan dekorativ maqsadlarda (masalan, vitrinalar qurishda, teatr sahnalarida va h.k.) geologiyada va fan-texnikaning boshqa qator sohalarida foydalaniladi.

Download 0.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling