Mundarija: I. Kirish 4 II. Asosiy qism
Download 0.86 Mb. Pdf ko'rish
|
benzolll
- Bu sahifa navigatsiya:
- Molekular kislorod bilan suyuq fazada oksidlash reaksiya tarmoqlari.
III TEXNOLOGIK QISM
3.1 Benzol asosida fenol ishlab chiqarish da qo’llaniluvchi oksidlash reaktorlari Ko‗pchilik oksidlash jarayonlari suyuq fazada xomashyo organik reagentga havoni (ba‘zan texnik kislorodni) yuborish usuli bilan amalga oshiriladi. Agarda temperaturani tanlash jarayon intensivligi va selektivligiga bog‘liq bo‘lsa, unda bosimni asosan reaksiya massasini suyuq holda ushlab turish uchun tanlanadi. Sanoat reaktorlari sifatida balandligi 10-15 m va diametri 2-3 m bo‘lgan barbotaj kolonnalar eng ko‗p qo‘llaniladi, ba‘zi hollarda ulami gorizontal to‗rsimon yoki qalpoqli tarelkalar bilan yoki kaskad hajmda ulanadi. Karbon kislotalar oddiy po‘latni korroziyalashi tufayli, jihozlar tayyorlashda organik kislotalar ta‘siriga chidamli alyuminiy, titan yoki ba‘zi bir legirlangan po‘latdan foydalaniladi. Molekular kislorod bilan suyuq fazada oksidlash reaksiya tarmoqlari. a-tashqariga chiqarib sovutish bilan davriy ravishda ishlaydigan kolonnali reaktor; b-ichki sovutish bilan uzluksiz ishlaydigan kolonnali reaktor; d- bug’latish hisobiga sovutiladigan kolonna kaskadlari,e-tarelkali kolonna. 17 Rasmda davriy ravishda ishlaydigan oksidlash reaktori ifodalangan, ushbu reaktorda sovutish jarayoni eritmani suvli sovutgich orqali aylanishi hisobiga sodir boiadi. Xomashyo reagentni kerakli temperaturagacha isitiladi va reaktorga yuboriladi (shu vaqtda suvni o'rniga sovutgichga bug‗ keladi) va havo yuborish boshlanadi. Taqsimlash moslamasi vazifasini perforirlangan truba, to‗rsimon yoki panjarali tarelka bajaradi. Ichki sovutgichli uzluksiz ravishda ishlaydigan kolonnali reaktorda keyingi oksidlashga turg‗un mahsulotlar olishga moijallangan (sirka kislota, aromatik kislotalar; ). Bunda oksidlanadigan modda va havo reaktoming pastki tomoniga yuboriladi, hosil boigan mahsulotlar esa tepa tomonidan olinadi. Barbotaj kolonnalar kaskadi ifodalangan: suyuq reaksiya massasi ketma-ket kolonnadan-kalonnaga oiadi, havo har bir kolonnaga alohida yuboriladi. Bu yerda issiqlikni tashqariga chiqarish uglevodorodlarni yoki erituvchini bug‘latish hisobiga sodir bo‘ladi, ularni bug‘lari har bir kolonka tepasiga joylashgan qaytar kondensatorlarda kondensatsiyalanadi va kondensat reaktorga oqib keladi. Ushbu kolonnaga suyuqlik tepadan pastga qarab bir tarelkadan boshqasiga qarab oqib keladi, havo esa qarama- qarshi tomonga pastdan tepaga harakatlanadi. Sovutish uchun har bir arelkaga ilonsimon trubalar joylashgan, ularga suv yuboriladi. Barcha davriy va uzluksiz ishlaydigan reaktorlarda oksidlash tartibini boshqarish uchun oksidlash gazi va dastlabki organik reagentlami reaktorga berish tezligini o‗zgartirish lozim. Temperatura aslida bir nechta nuqtalarda reaktor balandligi bo‗ylab o‘lchanadi, reaksiya massasi doimo tadqiq qilinadi. Suyuq fazada oksidlashda barbotaj kolonnalarining yuqori tomonida va har bir tarelka bo‗shligida portlovchi gaz aralashmalari hosil bo‘lishiga yo‘l qo‗ymaslik kerak . |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling