Mundarija: I. Kirish 4 II. Asosiy qism


Download 0.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/8
Sana06.11.2023
Hajmi0.86 Mb.
#1750172
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
benzolll

III TEXNOLOGIK QISM 
3.1 
Benzol asosida fenol ishlab chiqarish da qo’llaniluvchi 
oksidlash reaktorlari 
Ko‗pchilik oksidlash jarayonlari suyuq fazada xomashyo organik reagentga
havoni (ba‘zan texnik kislorodni) yuborish usuli bilan amalga oshiriladi. Agarda 
temperaturani tanlash jarayon intensivligi va selektivligiga bog‘liq bo‘lsa, unda
bosimni asosan reaksiya massasini suyuq holda ushlab turish uchun tanlanadi.
Sanoat reaktorlari sifatida balandligi 10-15 m va diametri 2-3 m bo‘lgan barbotaj
kolonnalar eng ko‗p qo‘llaniladi, ba‘zi hollarda ulami gorizontal to‗rsimon yoki
qalpoqli tarelkalar bilan yoki kaskad hajmda ulanadi. Karbon kislotalar oddiy
po‘latni korroziyalashi tufayli, jihozlar tayyorlashda organik kislotalar ta‘siriga
chidamli alyuminiy, titan yoki ba‘zi bir legirlangan po‘latdan foydalaniladi.
Molekular kislorod bilan suyuq fazada oksidlash reaksiya 
tarmoqlari.
a-tashqariga chiqarib sovutish bilan davriy ravishda ishlaydigan 
kolonnali reaktor; b-ichki sovutish bilan uzluksiz ishlaydigan kolonnali reaktor; d-
bug’latish hisobiga sovutiladigan kolonna kaskadlari,e-tarelkali kolonna.


17 
Rasmda davriy ravishda ishlaydigan oksidlash reaktori ifodalangan, ushbu
reaktorda sovutish jarayoni eritmani suvli sovutgich orqali aylanishi hisobiga
sodir boiadi. Xomashyo reagentni kerakli temperaturagacha isitiladi va
reaktorga yuboriladi (shu vaqtda suvni o'rniga sovutgichga bug‗ keladi) va
havo yuborish boshlanadi. Taqsimlash moslamasi vazifasini perforirlangan
truba, to‗rsimon yoki  panjarali tarelka bajaradi. Ichki sovutgichli uzluksiz
ravishda ishlaydigan kolonnali reaktorda keyingi oksidlashga turg‗un mahsulotlar 
olishga moijallangan (sirka kislota, aromatik kislotalar; ). Bunda
oksidlanadigan modda va havo reaktoming pastki tomoniga yuboriladi, hosil
boigan mahsulotlar esa tepa tomonidan olinadi. Barbotaj kolonnalar kaskadi
ifodalangan: suyuq reaksiya massasi ketma-ket kolonnadan-kalonnaga oiadi,
havo har bir kolonnaga alohida yuboriladi. Bu yerda issiqlikni tashqariga
chiqarish uglevodorodlarni yoki erituvchini bug‘latish hisobiga sodir bo‘ladi, 
ularni bug‘lari har bir kolonka tepasiga joylashgan qaytar kondensatorlarda
kondensatsiyalanadi va kondensat reaktorga oqib keladi. Ushbu kolonnaga 
suyuqlik tepadan pastga qarab bir tarelkadan boshqasiga qarab oqib keladi,
havo esa qarama- qarshi tomonga pastdan tepaga harakatlanadi. Sovutish
uchun har bir arelkaga ilonsimon trubalar joylashgan, ularga suv yuboriladi.
Barcha davriy va uzluksiz ishlaydigan reaktorlarda oksidlash tartibini
boshqarish uchun oksidlash gazi va dastlabki organik reagentlami reaktorga
berish tezligini o‗zgartirish lozim. Temperatura aslida bir nechta nuqtalarda
reaktor balandligi bo‗ylab o‘lchanadi, reaksiya massasi doimo tadqiq qilinadi. 
Suyuq fazada oksidlashda barbotaj kolonnalarining yuqori tomonida va har
bir tarelka bo‗shligida portlovchi gaz aralashmalari hosil bo‘lishiga yo‘l 
qo‗ymaslik kerak . 


18 

Download 0.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling