Mundarija: I. Kirish 4 II. Asosiy qism
Benzol asosida fenol ishlab chiqarish
Download 0.86 Mb. Pdf ko'rish
|
benzolll
2.2 Benzol asosida fenol ishlab chiqarish
Fenol C6H5OH — oʻziga xos hidli, rangsiz kristall modda. Saqlab qoʻyilganda pushti rangga kiradi. Molekulyar massasi. 94,11, suyuqlanish temperaturasi 40,9°C, qaynash temperaturasi 181,75°C, zichligi 1058 kg/m3. Spirt, efir, atseton, xloroformda yaxshi, suvda bir oz eriydi. Kuchsiz kislota xususiyatiga ega, ishqorlar bilan fenolyatlar hosil qiladi. Fenol toshkoʻmir smolasidan va benzoldan ham olinadi. Fenolning sanoat koʻlamida sintezlab olinishi izopropilbenzol gidroperoksidni kislotalar bilan parchalashga asoslangan. F. fenolformaldegid smolalar, kaprolaktam, pikrin kislota, turli boʻyoqlar va pestitsidlar, dori moddalari ishlab chiqarishda qoʻllanadi. Teriga tekkanda kuydiradi: havoda 0,005 mg/l dan koʻp boʻlmasligi lozim. Fenol organik sintez texnologiyasida keng qo'llaniladi. Oldin XX-asrning boshlarida, asosan, bo'yoqlar ishlab chiqarishda qo‘llanilgan. Hozirgi vaqtda fenolni qo'llash sohalari sezilarli darajada kengaydi, shu jumladan dorilar, sintetik tolalar va yog'larga qo'shimchalar va polimerlar uchun plastifikatorlar ishlab chiqarishda ishlatiladi. Shu bilan birga, fenol fenol-formaldegid, epoksi polimerlari va polikarbonat plastmassalarni ishlab chiqarishda qo‘llaniladi. Hozirgi vaqtda ishlab chiqarilgan sintetik fenolning 97% i aseton bilan birgalikda kumol texnologiyasi asosida ishlab chiqarilmoqda. Usulning afzalliklariga: arzon xom ashyo (propilen, benzol), yuqori selektivligi, jarayonning yengil sharoitlari, yangi fenol zavodlarni qurish uchun kapital xarajatlarni kamaytirish va chiqindilar miqdorini kamaytirish istagi fenol olishning yangi usullarini izlashga olib keladi. Benzolni oksidlash orqali fenol olishning quyidagi usullari mumkin: molekulyar kislorod bilan oksidlanish, H2O2 oksidlanish va N2O bilan oksidlanish. Ushbu usullarning afzalligi: mahsulotni bir bosqichda olinishidir. Ammo organik birikmalarning molekulyar kislorod bilan oksidlanish jarayonlari, past selektivlikka ega va benzolning molekulyar kislorod bilan oksidlanishi ko‘p miqdorda qo‘shimcha mahsulotlar hosil bo‘lishi bilan boradi. 12 Bunday holda, fenolning yuqori unum bilan hosil bo'lishiga faqat konversiyaning past darajasida erishish mumkin, bu mahsulotni ajratish va ko'p miqdordagi xom ashyoni qayta ishlash zarurligiga olib keladi. Benzolni vodorod peroksid bilan oksidlanishi kabi istiqbolli yo'nalish faol o'rganilmoqda, ammo u qo‘shimcha mahsulotlar (digidroksibenzollar) hosil bo'lishi bilan birga sodir bo‘ladi va H2O2 ning yuqori narxi tufayli deyarli sanoat miqyosida ishlatilmaydi. Benzolni oksidlash N2O yordamida boradiga usul hisoblanadi. Azot (I) oksidi bilan benzolning katalitik oksidlanishi amalga oshiriladi. 250-500 ° C haroratda modifikatsiyalangan temir o'z ichiga olgan zeolit katalizatori ishtirokida oksidlanadi. Sof N2O ammiakni havo bilan oksidlash orqali olinishi mumkin: Jarayon tajriba o‘rnida ishlab chiqarish zavodida sinovdan o'tkazildi va quyidagi ko'rsatkichlar bilan tavsiflanadi: benzolning fenolga aylanish darajasi 98% gacha (mol), benzoldan digidroksibenzollarga 1% (mol), azot (I) oksididan fenolga 85%, fenol uchun katalizator unumdorligi 0,4 kg / kg (katalizator) ∙ soat. Bundan tashqari, portlovchi xususiyatlari mavjud emas. Bezolni N2O bilan oksidlash usuli ammiak ishlab chiqarish zavodlarida katta qiziqish uyg‘otadi. Download 0.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling