Mundarija I. Kirish asosiy qism


Download 334.68 Kb.
bet1/7
Sana25.03.2023
Hajmi334.68 Kb.
#1294290
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
2 5255813598227215609



MUNDARIJA


I. KIRISH…………………………………………………………..………….…3
ASOSIY QISM…………………………………………………………...………5
1. Kompleks sonlar sistemasi haqida ………………………………….………….5
2. Algebraik shakldagi kompleks sonlar va ular ustida amallar …….….…...…….9
3. Trigonometrik shakldagi kompleks sonlar va ustida amallar……...……….…..12
4. Kompleks sonlarga oid ayrim tipik misollar ……………………..……..……..19
XULOSA…………………………………………………………….….………..21
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI …………….….………..22
KIRISH

Kurs ishining dolzarbligi: Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev ta’kidlaganidek: “Matematika fani hamma aniq fanlarning asosi. Bu fanni yaxshi bilgan bola aqlli, keng tafakkurli bo`lib o`sadi, istalgan sohada muvaffaqiyatli ishlab ketadi”. Shuning uchun mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo`yicha ustuvor vazifalarga muvofiq kadrlar tayyorlashning mazmunini tubdan qayta ko`rib chiqish, ilmiy tadqiqot ishlarini yanada rivojlantirish , shu jumladan matematika sohasidagi ta’limni yangi bosqichga ko`tarish maqsadida mamlakatimizda bir qator qonun va qarorlar qabul qilindi.
Asosiy ilmlarni olish maktabdan boshlangani kabi matematika fanining asosiy savodxonligi ham shu maskanda shakillantiriladi. Haqiqatan maktab –bilim va ko`nikmalarning asosiy manbayi. Hozirgi davrda yurtimizda faoliyat yuritayotgan barcha ta’lim muassasalari xodimlarining vazifasi yosh avlodga faqatgina bilim bermasdan , innavatsion va kreativ fikrlaydigan, za monaviy kadrlar tayyorlash, yoshlarni vatanparvarlik ruhida, yuksak ma’naviyat egalari etib tarbiyalashdan iboratdir. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning O`zbekiston Respublikasining 28 yilligiga bag`ishlangan bayram tabrigida “Yangi O`zbekiston – maktab ostonasidan boshlanadi” degan g`oya asosida umummilliy ta’lim-tarbiya tizimini tubdan isloh qilishga misli ko`rilmagan e’tibor qaratilmoqda.
Bunday yuksak vazifalarni har tomonlama kamol topgan, yuksak malakali mutaxassislar amalga oshiradi. Yuksak malakali mutaxassislar tayyorlashda “Matematika” fanining katta ahamiyatga ega ekanligi hech kimda shubha tug’dirmasa kerak.
Kompleks sonlar fizik jarayonlarni ifodalashda keng qo‘llaniladi. Kompleks sonlarni o‘rganish, akademik litseylarda kompleks sonlarni o‘rgatishning o‘ziga xos jihatlarining ustida tadqiqot olib borish dolzarb masalalardan hisoblanadi.

Download 334.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling