Mundarija I. Kirish I. Bob uruhshunoslik faning maqsadi va vazifasi


Jinsiz ko’payish. 2. Jinsiy ko’payish. 3. Vegetativ ko’payish


Download 84.22 Kb.
bet5/9
Sana02.05.2023
Hajmi84.22 Kb.
#1421679
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Urug’ning sifat ko’rsatkichlari 1111

Jinsiz ko’payish. 2. Jinsiy ko’payish. 3. Vegetativ ko’payish. Vegetativ ko’payish. Vegetativ ko’payishda yangi organizm vegetativ organlarning va vegetativ xujayraning hisobiga hosil bo’ladi. Vegetativ ko’payish tabiatda keng tarqalgan bo’lib, bir xujayrali organizmlarda xujayraning teng ikkiga bo’linishi, ko’p xujayrali suv o’tlarida tollomini bo’linishdan, zamburug’larda mitseylining bo’linishdan hosil bo’ladi.
Ko’p yillik gulli o’simliklarda vegetativ ko’payish kurtakdan, ildizdan, poyadan, bargdan va ularning metamorfozidan vujudga keladi. Tabiatda gulli o’simliklar: itburun, pechak kabi o’simliklar ildizlar vositasida, lola, liliya, chesnok, piyoz kabilar piyozboshlar vositasida qulupnay, ayiqtovon, g’ozpanja kabi o’simlilklar poyalari, kartoshka tuganaklari vositasida ko’payadi.
Vegetativ usulda ko’payuvchi o’simlilkarning ko’pchiligi qishloq xo’jaligi ekinlari orasida begona o’t hisoblanadi.
Payvadlash mevali o’simlilkarni yaxshi navlik xususiyatini saqlab turuvchi asosiy vegetativ ko’paytirish usulidir. Masalan: Olma, nok, shafttoli, gilos kabi o’simliklar payvandlash yo’li bilan ko’payadi.
O’simliklarning yovvoyi turlariga madaniy navlarni payvandlash asosida ularnig sovuqqa va kasallikka chidamliligi ortiriladi. Payvandlash 2 turga bo’linadi: 1. Kurtak payvand. 2. Qalamcha payvand. Kurtak payvandda payvandtak T shaklida kesilib unga kurtak o’tkaziladi. Qalamcha payvandning 100 dan ortiq tur mavjud bo’lib, qalamcha 3-4 ta kurtakka ega bo’lishi kerak. Payvandlashda bir turdagi o’simliklar tezda tutib ketadi. Masalan: Sibir olmasini, o’rmon olmasi bilan payvandlash.
Har xil oilaga kiruvchi o’simliklarni payvandlashda ham yaxshi natijalar olingan. Masalan: michurin limon va nokni payvandlab uni doimiy yashil rangda bo’lishiga olib keladi. N. V. sitsin akatsiyaning ildiziga no’xotni payvand qilgan. Respublikamizda yantoq ildiziga tarvuz urug’ini ekib undan hosil olish mumkin.
Jinsiy va jinsiz yo’l bilan ko’payish bir biri bilan uzviy bog’liq bo’lib, jinsiz ko’payishda turlar soni ortsa, jinsiy yo’l bilan ko’payganda turning sifati yaxshilanib boradi.
Ko’pchilik o’simliklarda jinsiy va jinssiz usulda ko’payish doimiy ravishd boradi.
Jinssiz ko’payish. Jinssiz yo’l bilan ko’payish sporalar va zoosporalar hosil qilish yo’li bilan amalga oshadi. Ular murtakni o’zida saqlagan bo’lib, turlicha kelib chiqadi. Sporalar quruqlikda o’suvchi o’simliklarga xos bo’lib, sporangiyda hosil bo’ladi. Zoosporalar - zoosporangiyda hosil bo’lib, unda harakatni ta’minlaydigan xivchini mavjudligi bilan sporalardan farq qiladi. Ular zamburug’lar suv o’tlari uchun xosdir. Spora mug’or zamburug’ida sporongiyda hosil bo’lsa, pensilium zamburug’ida konidiya bandida hosil bo’ladi.
Sporani sitoplazmasi zapas oziq moddalarga boy bo’lib, spora po’sti qalin kutin moddasi bilan to’yingan bo’ladi. Spora va zoosporalar qulay sharoitga tushganda jinsiy jarayonsiz yangi organizm hosil bo’ladi.
Jinsiz ko’payishning xarakterli xususiyati, bir organizmda minglab spora hosil Moxsimonlarning jinsiy va jinssiz usulda ko’payishi. Moxsimonlarning jinssiz ko’payishi sporangiyda hosil bo’lgan sporalar vositasida bo’ladi. Sporalar qulay sharoitga tushgach undan yashil rangdagi protonema hosil bo’ladi. Uning pastki qismida rizoidlar hosil bo’lib, ustki qismida bargli poya hosil bo’ladi. Sporalar morfologik jihatdan bir xil bo’lsada fiziologik jihatdan farq qilganidan ayrimlari anteridiyli, boshqalari arxegoniyli o’simliklar hosil qiladi. Arxegoniyda tuxum xujayrasi hosil bo’lsa, anteridida xivchinli spermatozoidlar hosil bo’ladi. Spermatozidning tuxum xujayrasiga tushishi natijasida otalanib zagota hosil bo’ladi. Sporadan zigota hosil bulgungacha bo’lgan davr gametofit nasil deb nomlanadi.
Zigotaning rivojlanishidan jinsiz nasl hosil bo’lishi boshlanadi. Zigotaning o’sishi sporangiyni hosil bo’lishiga sarflanib u quticha, oyoqcha va qopqoqchalardan iborat bo’ladi. Quti-chaning ichida ko’p miqdorda sporalar yetilib qulay sharoitga tushsa rivojlana boshlaydi. Bu naslga jinssiz nasil - sporofit deyiladi.

Download 84.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling