Mundarija I. Kirish…


Poporotniklarning jinsiy va jinssiz usulda ko’payishi


Download 51.08 Kb.
bet6/8
Sana09.06.2023
Hajmi51.08 Kb.
#1472820
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
O\'simlik urug\'larining saqlash usullari

Poporotniklarning jinsiy va jinssiz usulda ko’payishi. Poporotniklarda sporofil nasli ustunlik qiladi. Spora qulay sharoitga tushib, undan 3-5 mm kattalikdagi yashil o’simta hosil bo’ladi. SHakli yuraksimon ko’rinishda bo’lib, rizoid vositasida tuproqka birikadi. YAshil o’simtada anteridiy va arxegoniy hosil bo’ladi. Suv tomchisi mavjud bo’lganda spermatazoid tuxum xujayrasi-ni otalantirib zigotani hosil qiladi. Zigotani rivojlanishidan sporofit hosil bo’ladi va uning rivojlanishidan ma’lum vaqtga yetgandan keyin bargning orqa tomonida soruslar hosil bo’ladi. Soruslar tashqi tomonidan indiziy qatlami bilan o’ralgan bo’lib, uning ichida arxesporali to’qima hosil qiladi. Arxesporada hosil bo’lgan spora rivojlanib, yuraksimon o’simtani hosil qiladi.
Endospermli urug`larning tuzilishi. Endospermli urug`lar g`allaguldoshlar, lolaguldoshlar va qiyoqdoshlar oilasi vakillari uchun xosdir. Endosmpermli urug`lar quyidagi qismlardan tuzilgan bo`ladi.
1. Urug` po`sti. 2. Endosperm. 3. Murtak.
Qalqoncha bir pallali urug`lar uchun harakterli organ hisoblanadi. Uning asosiy funksiyasi endospermadagi zahira oziq moddalarni diostaza fermenti ta`sirida parchalab murtak qismiga o`tkazib berishga xizmat qilishdir.
Ayrim o`simliklar endosperm o`rniga zahira oziq moddalarni peresperm qismida to`plash xususiyatiga ega bo`ladi.
Perisperm urug`kurtakning nutsellus qismidan hosil bo`ladi. Perisperimning farqi uning tarkibida oqsil va yog miqdori kamroq bo`lib, asosiy qismini kraxmal tashkil qiladi. Perisperm hosil qilish chinnigul, lavlagi, shura, olabuta uchun xosdir.
Urug`ning otalanmasdan rivojlanishi. O`simliklar dunyosida urug`ning hosil bo`lishi va rivojlanishi har doim yuqoirdagi qonuniyatga amal qilavermaydi. Ayrim o`simliklarda urug` va meva otalanmasdan rivojlanishi mumkin. Bunga apomiksis deyilsa. Urug` va mevani otalanib hosil bo`lishi amfimiksis deyladi.
Apomiksis jarayonida urug` va mevalar urug` kurtaklarning nutsellusidan urug`kurtak po`stidan, sinergiddan hosil bo`ladi.
Urug` murtak qismining hosil bo`lishida quyidagi jarayonlar buzilishi mumkin.
1. Partenogenez - murtakning otalanmagan tuxum hujayradan hosil bo`lishi (qoqio`t).
2. Apogamiya - murtakning tuxum hujayra o`rniga sinergid va antipodning rivojlanishidan hosil bo`lishi (zubturum, sarimsoq piyoz)
3. Aposporiya - murtakni nutsellusning yoki urug`kurtak po`stining rivojlanishidan hosil bo`lishi.
4. Poliembrioniya - urug`da bitta murtak o`rniga bir necha murtak hosil bo`ladi. masalan: limon, apelsin, mandarin.
5. Partenokarpiya - urug`siz meva hosil qilish. Bunday o`simliklarda vegetativ, usulda ko`payishi yaxshi rivojlangan bo`ladi. Masalan: mandarin, apelsin, nok, uzumda.
Urug`ning yetilishi. Urug`ning yetilishini quyidagi davrlarga bo`lish mumkin. 1.Urug`ning sut pishishi. 2.To`liqsiz pishish davri. 3.To`liq pishish davri. Tinchlik davrini boshidan kechirgan urug` ma`lum vaqtdan keyin qulay sharoitda una boshlaydi.
Unayotgan urug` quyidagi uch momentni boshidan kechiradi. Fizik - suvni qabul qilish. Biokimiyoviy - zahira oziq moddalarning eriydigan holga yetishi. Biologik - murtakning rivojlanishi.
Urug`ning unishi uchun suv, havo, harorat kerak. Unuvchanlik qobiliyati o`simliklarda har xil bo`ladi. Ayrim urug`lar to`liq tingandan keyin 3-5 kunda unib chiqa oladi. Beda urug`i unuvchanlik qobiliyatini 3-5 yilgacha, saqlay oladi. Urug` qancha ko`p saqlansa shuncha unuvchanlik qobiliyati pasayib boradi. 7
Кo`pchilik daraxtsimon o`simliklar urug`i (limon, xurmo, pista, yong`oq) me`yorida pishib, qulay sharoitda ekilsada unish qobiliyati yomon bo`ladi. Chunki, urug` po`sti yogochlangan bo`lib suvni yomon o`tkazadi. Buning uchun bunday urug`lar skarifikatsiya qilinishi lozim
Ikki pallali o`simliklardan loviya, soya, beda, qovun, tarvuz, qovoqda urug` pallalar yerning ustki qismiga o`sib chiqadi va foto-sintez jarayonida ishtirok yetadi.Urug`dan unib chiqqan o`simlik o`simta deyiladi. Unda ildiz, poya barg bo`lib, ildizdan poyaga o`tish joyi ildiz bo`yni deyiladi.
Ildiz bo`ynidan urug`paladan hosil bo`lgan barggacha bo`lgan qism gipokotil deyiladi. Undan birinchi barggacha bo`lgan qismi epikotil deyiladi.
. Urug`dan foydalanish. Inson hayotida muhim oziq-ovqat hisoblanadi. Chorva mollari uchun oziq sifatida foydalaniladi.
Sanoatda spirt va pivo tayyorlashda, yog` olishda, nonvoychilik-da foydlaniladi. Meditsinada dori tayyorlashda. Кo`pchilik o`simlik urug`lari ekin dalalarini begona o`tlar bilan ifloslanishga olib kelsa, ko`pchilik urug`lar zaharli hisoblanadi.
Urug`chi tugunchasining rivojlanishi natijasida hosil bo`ladigan, o`zida urug` saqlagan organga meva deyiladi. Meva faqat yopiq urug`li o`simliklar uchun xosdir. Mevaning shakli, o`lchami. Rangi turlichadir. Uning vazifasi urug`ni himoya qilish tarqalishiga xizmat qilishidir.Qo`sh urug`lanish jarayonidan keyin urug`chi qismlari o`zgarib kyetadi. Natijada tuguncha devori o`zgarib meva qatini hosil qiladi. Meva qavati quyidagi asosiy qismlardan tuzilgan bo`ladi. Mevaning tashqi qavati - ekzokarpiy. Mevaning o`rta qavati -mezokarpiy. Mevaning ichki qavati -endokarpiy. Ekzokarpning asosiy vazifasi mevani himoya qilishga xizmat qilishidir. Mezokarpiy zahira oziq moddalarni saqlashga xizmat qilib, boshqa qavatlariga nisbatan yaxshi rivojlangan bo`ladi. Endokarpiy urug`ni tashqi tomonidan o`rab turishga xizmat qiladi.
Mevaning klassifikatsiyasi. Hozirgi kunga qadar mevaning tugallangan klassifikatsiyasi yo`q. Mavjud klassifikatsiyalar sun`iy bo`lib, ayrim morfologik belgilarga asoslangandir. Кeyingi yillarda genetik klassifikatsiya yaratilgan bo`lib uning asosiga morfologik belgilar va mevaning tarixiy kelib chiqishi fizioloigyasi asos qilib olingan. Sun`iy klassifikatsiya bo`yicha mevalar quyidagicha klassifikatsiyalanadi.
1. Кelib chiqishiga ko`ra. 2. Meva qatining tuzilishiga ko`ra. 3. Urug`larning soniga ko`ra.
Mevalar kelib chiqishiga ko`ra: haqiqiy, soxta, oddiy, murakkab va to`p mevalarga bo`linadi. Haqiqiy mevalar deb faqat tugunchaning o`zidan kelib chiqqan mevalarga aytiladi. Masalan: shoftoli, o`rik, olcha, gilos, olxo`ri mevalari. Soxta mevalarda meva hosil bo`lishida tuguncha bilan birga gulning biron qismi ishtirok yetadi. Masalan: olma mevasida gul kosa, qulupnay mevasida gul o`rni va boshqalar. Oddiy mevalarni hosil bo`lishida 1 ta tuguncha ishtirok yetadi (o`rik, olcha, gilos, olxo`ri). Murakkab mevalarni hosil bo`lishida bir nechta tuguncha ishtirok yetadi. Masalan: kungaboqar, qoqio`t, ayiqtovon va hokazo. To`p guldan hosil bo`lgan mevalarga to`p mevalar deyiladi. Masalan: tut, shotut mevalari.
Mevalar meva qatining tuzilishiga ko`ra ho`l va quruq mevalarga ajratiladi. Ho`l mevalar ham, quruq mevalar ham ichidagi urug`larining soniga ko`ra 1 urug`li va ko`p urug`li mevalarga bo`linadi. Bir urug`li ho`l mevalarga olcha, gilos, shaftloi, o`rik, olxo`ri, ko`p urug`lilarga nok, qovun, tarvuz, uzum, apelsin, limon, mandarin kabi mevalar kiradi. Bular boshqacha rezavor mevalar deyiladi.
Bir urug`li quruq mevalarga don, pista, xakalak, eman daraxti mevalari va bir urug`li qanotli mevalar kiradi. Кo`p urug`li quruq mevalarga dukkak, qo`zoq, qo`zoqcha, ko`sak, ko`sakcha va har xil shakildagi quticha mevalar misol bo’ladi.
O’g’itlashda o’simlik hamma oziqa elementlari bilan to’la ta’min­langan bo’lishi, yuqori sifatli urug’ yetishtirish kafolatlanishi zarur. Amaliyotning ko’rsatishicha azotli o’g’itlar hosildorlikni oshirsada don sifatini oshirmaydi (1000 urug’ massasi kamayadi, mayda, puch urug’lar ko’payadi). Fosforli o’g’itlar urug’ mahsuldorligini, urug’larning ekin­bop­lik va hosildorlik sifatlarini oshiradi, noqulay omillarga chi­damliligiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi.
Kaliyli o’g’itlar o’simlikning yotib qolishga, kasalliklarga chi­dam­liligini oshiradi, urug’da kraxmal to’planishini, ekinboplik sifatla­rini yaxshilaydi.
Hosilni yig’ishtirish usuli – urug’lik ekinzordagi o’simlikning va donning biologik holatiga bog’liq. Hosil ikki fazali usulda yig’ishtirilganda, mum pishish fazasida, don namligi 36-20 %, bevosita kombayn bilan o’rib yanchib olinganda 18-14 % bo’ladi. Ikki fazali usulda don yig’ishtirilganda urug’ning hosildorlik sifati, hosil bevo­sita kombayn bilan yig’ishtirilgandagiga nibatan yuqori bo’ladi.
Optimal muddatda o’rilganda bug’doy urug’ining laboratoriya unuv­chanligi 95 %, pishib o’tib ketganda 84 % bo’lgan. Pishgandan keyin o’simlikda turib qolgan urug’larning hosildorlik sifatlari 2,1-3,1 s/ga kamaygan.
Asalarilarni jalb qilish raps, xantal, marjumak urug’ hosilini oshiradi va urug’larning sifatini yaxshilaydi. Hosilni yig’ishtirishda donning mexanik jarohatlanishi kamligi yuqori hosilli ekinzor yig’ishtirilganda, donning maydalanishi esa juda doni qurib ketgan ekinzor hosilini yig’ishtirishda kuzatiladi.Urug’larning ekinboplik sifatlarini hamma urug’lik partiyala­rida aniqlash shart. Faqat ekinboplik sifatlari Davlat standartlariga ja­vob beradigan urug’larga ekish uchun ruxsat beriladi. Davlat standart­la­riga javob beradigan urug’lar kondision urug’lar deyiladi.Urug’lik partiyasi sifati o’rtacha namunani tahlil qilish natija­sida aniqlanadi. O’rtacha namuna namunalarni tanlash usulida olinadi va Davlat urug’lik inspeksiyasi (Davurug’markaz)da aniqlanadi. Urug’lik partiyasi – turli miqdordagi urug’lik sifati bir xil (bir ekinni, navni, reproduksiyani, nav tozaligi kategoriyasidagi bir yil­dagi hosilni, umumiy kelib chiqishi bir) nomerlangan va bitta hujjat bilan tasdiqlangan urug’lardir. Urug’lik partiyasi katta bo’lsa sifatini aniqlash qulay bo’lishi uchun ular nazorat birliklariga bo’linadi va ularning har qaysisidan o’rtacha namuna olinadi. G’alla ekin­larida na­zorat birligi 60 t, o’t urug’larida 10 t qabul qilingan.Urug’likning o’rtacha namunasi – laboratoriya tahlillari uchun bir­lashtirilgan namunalardan ajratiladi. Ular nuqtali namunalarni urug’lik partiyalardan olib qo’shilishi natijasida hosil qilinadi. Nuqtali namuna – urug’lik partiyasining bir joyidan olingan urug’lik namunasidir.
O’rtacha namuna massasi g’alla ekinlarning ko’pchiligida 1000 g, mayda urug’li ekinlarda 100 va hatto 50 g. Urug’lik sifatini aniqlash uchun o’rtacha namuna ekishga tayyorlangan - tozalangan, quritilgan, tor­tilgan, nomerlangan va tegishli shaklda etiketka bilan ta’minlangan urug’ partiyasidan olinadi.
Namuna urug’ partiyasining har xil joylaridan tanlamasdan turib oz-ozdan olish va ularni aralashtirish yo’li bilan hosil qilinadi.
O’rtacha urug’lik namunasidan uch nusxada olib, birinchisidan o’sish energiyasi, tozaligi, unuvchanligi, hayotchanligi, haqiqiyligi, 1000 urug’ massasi aniqlanadi va bu urug’lar etiketkali qog’oz xaltachalarga joyla­nadi. Ikkinchi nusxadan – namlik, ombor zararkunandalari bilan zarar­langanligi aniqlanadi. Bu namuna surg’uchlangan shisha idishga joylash­tirilib, etiketkalanadi. SHisha idish og’zi surg’uchlanadi yoki parafin bilan berkitiladi, uchinchisida (og’irligi 200 g)dan - kasalliklar bilan zararlanish darajasi aniqlanadi va u oziqali muhitda, nam kamera­larda, qog’oz paketlarda saqlanadi.
Urug’ sifatini aniqlash uchun o’rtacha namuna xo’jaliklar, taj­riba stansiyalari, don tayyorlovchi idoralar agronomlari tomonidan olinadi. Ular "O’zDavurug’nazoratmarkaz" inspeksiyasi instruktajidan o’tgan bo’lishlari kerak. O’rtacha namunaning olinishi akt qilinadi, ikki nus­xada. Bitta akt xo’jalikda qoladi, ikkinchisi "O’zDavurug’nazoratmarkaz" inspeksiyasiga jo’natiladi.
Olingan natijalar bo’yicha "O’zDavurug’nazoratmarkaz" inspek­siyasi "Urug’likni konditsiyaligi haqida guvohnoma" yoki "Urug’ tahlili nati­jalari" nomdagi guvohnoma beradi.
Urug’lar tozaligi – urug’larning ekishga yaroqliligini ko’rsatuvchi asosiy mezonlardan biri. Urug’lik materialning tozaligi, undagi aso­siy ekin urug’larinnig umumiy massaga nisbatan foiz hisobida ifoda­lanishidir. Aralashmalar qancha kam bo’lsa urug’ tozaligi shuncha yuqori bo’ladi. Toza urug’lar o’zlarining biologik xususiyatlari (uzoq yashashi, unuvchanligi)ni yaxshi saqlaydi, ekishga kam sarflanadi.
Juda ko’p ekinlar urug’larining tozaligi birinchi sinf urug’larda 99 %, ikkinchi va uchinchilarda 98 va 97 % tashkil qiladi.
Urug’likda boshqa madaniy o’simliklar va begona o’tlarning urug’i kam bo’lishi lozim. Namunada karantin va zaharli o’tlarning urug’lari bo’lsa bunday urug’lik partiyalari ekishga ruxsat etilmaydi.
Laboratoriya unuvchanligi deb tahlil uchun olingan urug’lar miqdoriga nisbatan me’yorida unib chiqan urug’lar soniga aytiladi. La­boratoriya unuvchanligi har bir ekin uchun belgilangan muddat (odatda 7-8 sutka)davomida o’stirib aniqlanadi o’sish energiyasi qisqa vaqt (3-4 sutka) da­vomida me’yorida o’sgan urug’larning foiz hisobida ifodalani­shidir. Juda ko’p dala ekinlarida unuvchanlik birinchi sinf urug’larda 95 % dan kam bo’lmasligi talab qilinadi.
Urug’larning o’sish kuchi – maysalarning ma’lum kuch bilan qum yoki tuproqni yorib chiqishi hamda yashil maysalarning massasi bilan baholanadi. O’sish kuchi sog’lom maysalarning soni (% hisobida) 10 sut­kadan keyin va 100 yashil maysa hisobidagi massasi bilan aniqlanadi.
Urug’larning yashovchanligi – urug’lik materialdagi tirik urug’larning % hisobidagi ko’rsatkichidir. Urug’larning unuvchanligi past bo’lganda ularning yashovchanligini aniqlash (qisqa vaqt davomida) ke­rak bo’ladi. Bu usul sekin unib chiqadigan, oddiy usullar bilan unuv­chanlik aniqlanganda urug’lar tinim holatida qolaveradigan turdagi urug’lar uchun qo’llaniladi. YAshovchanlikni aniqlashda turli bo’yovchi mod­dalar – tetrazol, indigokarmin yoki fuksindan foydalaniladi. Tetra­zolning 0,5 % li eritmasi urug’ning tirik murtak hujayralarini qizil rangga bo’yasa, indigokarmin va nordon fuksinning 0,1 % li eritmasida murtakning o’lik hujayralari ko’k rangga kiradi.
Namlik – urug’ sifatining eng muhim ko’rsatkichi bo’lib, ularning saqlanishini belgilaydi. Nami ko’p bo’lganda urug’ning nafas olishi ku­chayadi, harorat ko’tariladi, urug’ o’zidan qiziy boshlaydi va ba’zan harorat 70 °S ga yetishi mumkin. Sovuq kunlarda namligi yuqori urug’lar unuvchanligini yo’qotadi. Davlat standarti bo’yicha urug’ namligi donli ekinlarda 14 % kungaboqarda 10 % dan, xantalda 12 %, rapsda 8 % dan yuqori bo’lmasligi kerak.
1000 urug’ massasi – urug’ning yirikligi, to’laligi, murtakning oziqa moddalar bilan ta’minlanishini ko’rsatadi. 1000 urug’ massasi quruq modda bo’yicha hisoblansa, bu ko’rsatkich mutlaq massa deyiladi.
Ekishga tayyorlangan urug’lar albatta kasallik va zararkunandalar bilan zararlanganlikka tekshiriladi. Infeksiya va zararkunandalar­ning bo’lishi hosilga katta zarar yetkazadi: urug’larning dala unuvchan­ligi, o’simlik mahsuldorligi, hosildorlik, mahsulotning tovar va oziqaviy sifatlari pasayadi.
Urug’ tozaligi va unuvchanligi ko’rsatkichlariga asoslanib urug’larning ekishga yaroqliligi aniqlanadi.
Urug’lar dastlab OVP-20A, ZVS-20, ZAV-40, ZAV-50 va boshqa ma­shinalarda tozalanadi. Tozalangan urug’lar kondisiya namligigacha quritiladi.
Urug’lar yirikligi bo’yicha g’alvir teshiklari turlicha bo’lgan OS-4,5A, MS-4,5, "Petkus-Gigant", "Super-Petkus" singari mashinalarda saralanadi.
Urug’lik partiyasida kattaligi va aerodinamik xossalari bo’yicha to­zalanayotgan urug’larga yaqin bo’lgan aralashmalar pnevmatik separator SP-5 da saralanadi.
Kondisiyali urug’lar turli kasalliklarga qarshi dorilanadi. Urug’larni dorilash PSSH-5, PSSH-Z, PS-10 mashinalarida bajariladi. Dorilashda xavfsizlik choralariga rioya qilish zarur.
Mazkur o‘quv qo‘llanma 5410500 – «Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi» va 5321000 – «Oziq-ovqat texnologiyasi (mahsulot turlari bo‘yicha)» yo‘nalishlari bo‘yicha ta’lim oluvchi talabalarga mo‘ljallangan bo‘lib, «Moyli ekinlar yetishtirish va qayta ishlash texnologiyasi» fan dasturi (ToshDAU va FarPI tasdiqlagan) va «O‘simlik moylari ishlab chiqarish texnologiyasi» fan dasturi (ToshKTI tasdiqlagan) asosida tayyorlanib, 11 bob, 240 betdan iborat.
Moyli ekin urug‘larini saqlash va qayta ishlash, o‘simlik moylari ishlab chiqarish texnologiyasi borasidagi mahalliy va chet eldagi ilg‘or tajribalarni hisobga olgan holda, moy xom ashyo turlari va ularni sifatiga qo‘yiladigan talablar, moyli urug‘ning kimyoviy tarkibi va tuzilishi, o‘simlik moylarini tarkibi va hossalari, moyli xom ashyoni saqlash, tozalash va quritish, moyli urug‘larni qayta ishlashga tayyorlash jarayonlari, o‘simlik moylarini presslash va ekstraksiyalash usullari bilan olish jarayonlari batafsil yoritilgan. Shuningdek, qo‘llanmada o‘simlik moylarini ekstraksiyalash usulida olishda o‘simlik moylarini erituvchilari erishi, sanoatda qo‘llaniladigan asosiy erituvchilar, ekstraksiya jarayonining nazariy asoslari kabi masalalarga alohida to‘xtalib o‘tilgan.
Bulardan tashqari, o‘simlik moylari ishlab chiqarishda hosil bo‘lgan missellani distillyatsiyalash, kunjara va shrotlarni saqlash va qayta ishlash, erituvchini regeneratsiyalash va rekuperatsiyalash kabilar ham o‘rganilib chiqilgan.


Download 51.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling