Mundarija I. Kirish…


Urug’ning xo’jalik va biologik xususiyatlari


Download 51.08 Kb.
bet7/8
Sana09.06.2023
Hajmi51.08 Kb.
#1472820
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
O\'simlik urug\'larining saqlash usullari

3. Urug’ning xo’jalik va biologik xususiyatlari
Hulosa qilib aytganda, ushbu o‘quv qo‘llanmada Respublikamizda moyli ekinlarni yetishtirish va qayta ishlash tarmog‘ini yanada rivojlantirishning me’yoriy-huquqiy, tashkiliy-iqtisodiy, moliya-kredit, resurstejamkor agrotexnologiya, qayta ishlashning texnologik, axborot-tahlil mexanizmlarini takomillashtirish masalalaridagi mavjud kamchiliklar va ularning echimiga bag‘ishlangan materiallar o‘rin olgan bo‘lib, asosan yog‘ sanoati majmui sohasidagi strategik muammolarni hal etishdagi yangicha yo‘nalishlari, tajriba natijalari aks ettirilgan.
Qo‘llanma professor-o‘qituvchilar, talaba va magistrantlar, soha ishlab chiqaruvchilar, loyihalash korxonalari, oliy o‘quv yurtlari, ilmiy tadqiqot institutlari ilmiy xodimlari, qishloq xo‘jaligi korxonalari rahbar va mutaxassislari uchun mo‘ljallangan.
Yuksak o’simliklarni individual hayoti urug’langan bitta tuxum hujayraning rivojlanishidan boshlanadi. Tuxum hujayraning, ya’ni zigotaning keyingi bir necha marta bo’linishidan so’ng to’qimalar va nihoyat ko’p hujayrali organism hosil bo’ladi. Umuman, urug‘li o‘simliklar ochiq va yopiq urug‘li bo‘ladi. Yopiq urug‘li o‘simliklar urug‘i rivojlanishi va tuzilishi jihatidan ochiq urug‘lilardan farq qiladi.
Birinchidan, ochiq urug‘lilarning urug‘idagi g‘amlovchi to‘qima- endosperma kelib chiqishi jihatidan gaploid xarakterga ega, ya’ni onalik gametafitining vegetativ qismi hisoblanadi. Gulli o‘simliklarning urug‘idagi endosperm esa qo‘sh urug‘lanish jarayoni natijasida hosil bo‘lib triploid bo’ladi.
Ikkinchidan, yopiq urug‘lilar urug‘ining murtagida 1 yoki 2 ta urug‘pallalari bo‘ladi.
Uchinchidan, yopiq urug‘lilarda urug‘ po‘stining (spermaderma) rivojlanishi urug‘ning ikki qavat integumenti ishtirokida bo‘ladi. Ochiq urug‘lilarda urug‘ po‘sti bitta integumentdan hosil bo‘ladi.
Urug‘larning unib chiqishida zarur bo‘lgan oziq moddalar urug‘ning o‘zida to‘planadi. Demak, urug‘ murtagining oziqlanishi geterotrof hisoblanadi. Gulli o’simliklar urug’i, odatda murtak, endosperm va urug’ po’stidan iborat. Murtak yangi o’simlikning embrionidir. Gulli o’simliklarning turli vakillarida urug’dagi murtak bilan endosperm bir-biriga nisbatan turli o’lchamdadir. Magnoliyadoshlar, loladoshlar va palmalarda murtak juda kichik o’lchamda, endosperm esa urug’ning deyarli barcha hajmini egallagan bo’ladi. Burchoqdoshlar, qovoqdoshlarda u murtak va po’stdan iborat. Bundan tashqari oraliq guruhlar ham uchraydi.
Urug’ po’sti bir necha qavatdan iborat bo’lib, murtakni qurib qolishidan, erta unib ketishidan saqlasa, urug’larning unish vaqtida uning hujayralari shilimshiqlanib, tuproqqa urug’ni birikib olishiga yordam beradi. Urug’ni tarqalishida ham ahamiyatga ega. Urug’ po’stida suvni shimib bo’kishi uchun mayda teshik bo’ladi, uni odatda urug’ yo’li deyiladi. Bundan tashqari, chok ham bo’lib, u urugbandiga birikish joyi hisoblanadi. Endosperm asosan g’amlovchi to’qimadan iborat. Unda kraxmal, oqsil va moy tomchilaridan tashqari zaxira oziq sifatida boshqa moddalar ham to’planishi mumkin. Shunigdek, murtakning tarkibida ham zaxira moddalardan yog’lar, kraxmal va oqsillar uchraydi. O’zida to’playdigan zaxira moddalar tarkibiga ko’ra urug’lar bir necha xil bo’ladi:

1. Kraxmal to’plovchi urug’lar. Bu xil urug’lar tarkibida asosan kraxmal va kam miqdorda oqsillar ham to’planib, ular makkajo’xori, bug’doy, arpa, sholi, javdar va shu kabi o’simliklarda bo’ladi.


2. Oqsil to’plovchi urug’lar bularga soya, mosh, no’xat, beda va boshqa dukkaklilar urug’lari kiradi.
3. Yog’ to’plovchi urug’lar bularga kana kunjut, zig’ir, kungaboqar, xantal, kanop, kunjut, yong’oq va shu kabi o’simlik urug’lari kiradi.
4. Sellyuloza (kletchatka) to’plovchi urug’lar. Bunday urug’larga finik va braziliya palma daraxti, kofe va shu kabi o’simlik urug’lari kiradi.
Murtakda o’simlikning barcha vegetativ organlari (ildiz va novdalar) bo’ladi. Ildizdan kurtakka o’tish qismi murtak poyachadir, bu qism poyaning birinchi bo’g’im oralig’i bo’lib gipokotil deb ataladi. Murtakdagi dastlabki burglar o’ziga xos tuzilishga ega va ular urug’palla barglar deyiladi. Gulli o’simliklar murtagidagi urug’pallalar soniga ko’ra, bir va ikki pallali deb atalgan ikkita ajdodga (sinfga) bo’linadi.
Endospermli urug‘lar. Urug‘da murtakning unib chiqishi uchun kerakli bo‘lgan oziq moddalar maxsus g‘amlovchi to‘qima - endospermda to‘plansa endospermli urug‘ deyiladi. Bunday urug‘lar bug‘doydoshlar, ituzumdoshlar va ziradoshlar oilalarining vakillarida aniq ko‘zga tashlanadi.
Endospermsiz urug‘lar. Urug‘da murtakning unib chiqishi uchun kerakli zahira oziq moddalar murtakning o‘zida, ya’ni urug‘ pallalarida to‘plangan bo‘lsa endospermsiz urug‘ deyiladi. Bu urug‘lar burchoqdoshlar (Fabaceae), qoqidoshlar (Asteraceae), qovoqdoshlar (Cucurbitaceae) oilalarining vakillarida uchraydi. G’o’za chigiti ham endospermsiz urug’ hisoblanib, unda murtak va ikkita qobiqdan iborat. Pardasimon tashqi qobiq yog’ochlangan bo’ladi, unda uzun va qisqa tuklar bilan qoplangan. Ichki pardasimon qobiq juda yupqa va nozik bo’lib murtak xaltachasining qoldig’idir. Burchoqdoshlar oilasi urug’lari murtagida xarakterli xususiyat poyachaning egilgan holda bo’lishidir.
Bir pallalilardan o’qbarg, bulquruq o’t va gichchak turlarining urug’lari misol bo’ladi.
Perispermli urug‘lar. Agar urug‘da persperm yaxshi rivojlangan, ya’ni zahira oziq modda urug‘ kurtakning nutsellus hujayralarida to‘plangan bo‘lsa, perispermli urug‘ deyiladi. Perispermli urug‘larni chinniguldoshlar (Caryophyllaceae) va sho‘radoshlar (Chenopodiaceae) oilalarining vakillarida uchraydi (85-rasm).
Qora murchning urug’lari kichkinagina murtak endospermda joylashadi. Uni tashqi tomonidan yirik perisperm o’rab turadi.
Urug’ning unishi. Maysaning tuzilishi. Urug’ning unishi uchun ma’lum sharoit bo’lishi kerak. Bularga namlik, harorat va havo (kislorod) zarur bo’ladi. Hamma o’simliklarda ham urug’larning unishini jadal borishi uchun optimal harorat (20-300C) talab etilsa, minimal harorat o’zgaruvchan bo’ladi. O’rtacha harorat va sovuq iqlimda o’suvchi o’simliklar uchun minimal harorat noldan biroz yuqori bo’lishi mumkin (sebargada 0,50C, javdarda 10C, bug’doyda 40C). Subtropik va tropik o’simliklar urug’i uchun 10-20 0C va undan ortiq (g’o’zada 140C, sholida 100C, qovun va bodringda 15-180C). Ba’zi urug’larning unishi uchun o’zgaruvchan harorat qulay hisoblanadi (86-rasm).
Urug’ unishidan oldin suv shimib bo’kadi. Bu paytda urug’ po’sti yorilib, fermentlar yordamida endosperm yoki perispermdagi oziq moddalarni parchalab eriydi. Keyinchalik murtakning oziq moddalarni shimishi ham urug’pallalar yordamida boradi. Murtakning oziq moddalar bilan ta’minlanishi tufayli uning barcha organlari o’sa boshlaydi. Urug’ po’sti yorig’idan yoki chang yo’li orqali murtak ildiz chiqadi va yosh o’simtani tuproqqa biriktiradi. O’simlik mustaqil ravishda tuproqdan suv va mineral moddalarni o’zlashtira boshlaydi.
1-asosiy ildiz; 2-yon ildiz; 3-qo’shimcha ildiz; 4-gipokotil; 5-epikotil; 6-urug’pallalar; 7-birinchi barglar; 8-kurtak; 9-koleoptil.
Ildizdan so’ng gipokotil o’sib, egilgan holda tuproq yuzasiga chiqadi. Tuproq yuzasida gipokotil to’g’rilanadi va o’zi bilan birga urug’palla va kurtakni olib chiqadi. Urug’ pallalar tezda yashil rangga kiradi. Urug’pallalar har doim ham tuproq yuzasiga chiqavermaydi.
Ba’zi o’simliklarda gipokotil juda sust o’sadi. Shuning uchun ham urug’pallalar tuproq ostida qoladi. Bunday hollarda ikkinchi bo’gim oraliq ­­– epikotil cho’zilib tuproq yuzasiga kurtakni olib chiqadi. Birinchi tur unish yer ustki, ikkinchisi esa yer ostki o’sish deb ataladi. Yer ustki unish ikki pallali o’simliklarda g’o’za, loviya, sabzi, kungaboqar, lavlagi, bodring va boshqalar uchun xosdir. Yer ostki o’sish eman, no’xat, po’fanak, nastursiya kabi o’simliklarning urug’lari uchun xarakterli (86-rasm).
Shunday qilib, ikki pallali o’simliklarning maysasida quyidagi qismlar ajratiladi: asosiy ildiz, yon ildiz, ildiz bo’yni, gipokotil, urug’palla, epikotil, birinchi chin barg va uchki kurtak.
Bir pallali o’simliklar maysasi boshqacha tuzilishga ega. Bu o’simliklarda popuk ildiz sistemasiga ega. Bunday ildiz sistemasi murtak ildiz maxsus g’ilof-koleoriza bilan o’ralgan. Ildiz koleoriza to’qimasini yorib tuproq bilan ilashadi. Bir necha soat keyin qo’shimcha ildizlarning hosil bo’lishi bilan bo’gliq. Qo’shimcha ildizlar poyaning eng pastki qismidan o’sib chiqadi. Asosiy ildiz uzoq vaqt o’smaydi. Shuning uchun ham qo’shimcha ildizlar orasida ajralib turmaydi. Novda tuproq yuzasiga koleoptil yordamida yorib chiqadi. Tuproq yuzasida koleoptil o’sadi va unda esa maysaning dastlabki haqiqiy barglari ko’zga tashlanib turadi.
Shunday qilib, zigotadan hujayralarning bo’linishi va ajralishi natijasida urug’ murtagi va uning unishidan maysa hamda o’simlikning hamma vegetativ organlari ildiz, poya va burglar shakllanadi. Tozalik darajasiga ko‘ra moyli urug‘lar uch kategoriyaga bo‘linadi: toza, o‘rtacha tozalikdagi va ifloslangan. Urug‘lar tozalanmasdan saqlangan hollarda, ulardagi aralashmalar omborxonalarning foydali hajmining ko‘p qismini ishg‘ol qiladi, bu urug‘larni saqlashni qimmatlashtiradi. Tozalanmagan urug‘lar bir joydan boshqa joyga uzatilganda juda ko‘p chang chiqadi va mehnat sharoitlari yomonlashadi.
Mineral aralashmalar tufayli urug‘larda zambrug‘ va mog‘or mikroorganizmlari tarqaladi, urug‘larning o‘z-o‘zidan qizib ketishi sodir bo‘ladi. Urug‘lar quritilganda aralashmalar quritgichlarda tiqilib qolib yong‘inga olib kelishi mumkin.
Urug‘larning iflosligi har tomonlama yomon ta’sir ko‘rsatishi mumkin, ya’ni undan olinayotgan moyning sifati yomon bo‘ladi, chiqayotgan moy miqdori kamayib ketadi va texnikalarni befoyda ishlashga ta’sir ko‘rsatadi.
Mineral aralashmalar uskunalarning yeyilishini tezlashtiradi, kunjaradagi, shrotdagi oqsil miqdorini kamaytiradi, kulning miqdorini oshiradi, shrotdagi moy miqdorini kamayishiga olib keladi, moyni ta’mini buzadi va uning taxrlanishiga olib keladi.
Organik arolashmalar, qobiq xujayrasi (kletchatka) – kunjara va shrotning oziqa sifatini yomonlashtiradi, moyning yo‘qolishini oshiradi.
Moyli aralashmalar tayyor mahsulotning sifatini yomonlashtiradi. Bu aralashmalarning ko‘p miqdorda bo‘lishi, moyni iste’mol qilib bo‘lmaslik darajasigacha olib keladi, chunki moyning kislota soni ko‘payib ketadi.
Metall aralashmalar – mashinalarning yemirilishini va sinishini oshiradi, kunjara va shrotning oziqa sifatini yomonlashtiradi.
Ushbu salbiy ta’sirlar bo‘lmasligi uchun moyli urug‘lar qayta ishlanishdan olin ikki davrda tozalash jarayonidan o‘tadi:birinchi xom ashyoni saqlashdan olin tozalash;
ikkinchi qayta ishlashdan oldin tozalash yoki sanoat uchun tozalash.
Xom ashyoni tozalash usullari va prinsiplari quyidagicha:
Bu usul bilan xom ashyo tozalanganda asosan turli ko‘rinishdagi elakli sirtlardan foydalaniladi. Elakli sirtlar tekis aylanma shaklda, ko‘p qirrali barabanli shaklda bo‘lishi mumkin. Qaysi tur ishlatilishidan qat’iy nazar bir elakli sirtdan ikkita fraksiya, ya’ni elak ustidan tushuvchi fraksiya va elak orasidan o‘tuvchi fraksiya (proxod) hosil bo‘ladi. mahsulot o‘rtacha o‘lchamga teng bo‘lgan aralashmalar mahsulot tarkibida qolaveradi. Bu qoldiq aralashma tozalangan xom ashyoning qoldiq iflosligini deb ataladi. Shu tufayli xom ashyoni tozalashda faqatgina elakli sirtlar ishlatilmay bir vaqtning o‘zida yoki ketma-ket aerodinamik separatorlar va elektromagnit separatorlar ham ishlatiladi. Xom ashyoni elakli sirtlar yordamida unumli tozalash uchun xom ashyo tarkibidagi komponentlarning o‘rtacha uzunliklarini yoki o‘rtacha diametrini bilish lozim. Laboratoriya doirasidan yoki maxsus spravochniklarda mahsulotning va uning ichidagi aralashmalarni o‘lchamlari o‘zgarishini ko‘rsatuvchi variatsion egri chiziqlar grafigi bo‘ladi. Bu grafiklarga qarab, mahsulotni aralashmadan to‘liq ajratish uchun kerak bo‘lgan elak diametrlari aniqlanadi.
1 – holda. Asosiy mahsulot va aralashmalarning variatsion egri chiziqlari bir-biri bilan kesilmaydi. Bu holda agar elakning o‘lchamlari d2; d3; d4 va d5 ga teng qilib olinsa, mahsulot aralashmadan deyarli to‘liq ajratiladi.
2 – holda. Elakning o‘lchamlari d2; d3; d4; d5 larga teng bo‘lganda asosiy aralashmalarni to‘liq ajratilmaydi, ya’ni mahsulotning bir qismi mayda aralashmalar ichida, yana bir boshqa qismi yirik aralashmalar ichida qoladi, shu bilan birga aralashmaning bir qismi ham mahsulot tarkibida qoladi.
3 – holda. Elakning hech bir o‘lchami d1; d2; d3; d4 mahsulotni aralashmadan ajratishga imkon bermaydi. Zarrachaning kritik tezligi deb shunday havo oqimining tezligiga aytiladiki, bu vaqtda zarracha havo oqimidan tushib ketmaydi, ya’ni zarracha havo oqimida bir xil tebranish holatida bo‘lib aylanib turadi. Ifodalangan fikrlar turli zichlikka ega bo‘lgan moddalarni havo oqimida o‘zlarini qanday tuta

Xulosa
Moyli urug‘larni aralashmalardan ularning magnit xususiyatlariga qarab va suv yoki eritmada yuvib tozalash usuli. Ma’lumki, moyli urug‘lar va ularning tarkibidagi mineral hamda organik birikmalar va ba’zi bir rangli metallar qoldiqlari magnit maydonda qutublarga tortilmaydi. Shuning uchun xomashyo tarkibidagi magnit maydon ta’sir qiluvchi aralashmalarni doimiy magnit, elektro-magnit yoki elektro-magnit separatorlari yordamida ajratib olinadi. Doimiy magnit ishlatilgan paytda bir necha takasimon magnit birlashtirilib, mahsulot o‘tayotgan lenta yoki nov, atrofiga qo‘yiladi. Faqat doimiy magnit quvvati kam bo‘lgani uchun va magnit \quvvati sekin-asta kamayib borganligi uchun xozirgi paytda kuproq doimiy elektr oqimi yordamida xosil qilinuvchi elektromagnit ishlatiladi. Elektromagnit xarakatdagi ma’sulotning tepa tomoniga osib quyiladi. Mahsulotdagi metall aralashmalari tortib olinadi. Bu xususda ayniqsa elektromagnitlarga nisbatan elektromagnit separatorlari ko‘proq effekt beradi.
Sanoatda eng ko‘p tarqalgan elektromagnit separatorlari:
Yuqorida izohlangan uchala usul bilan ba’zi bir aralashmalarni ajratib bo‘lmagan holda mahsulotni «quruq» yuvish usuli qo‘llaniladi. Ma’lumki, ko‘z paytida yig‘ilgan moyli urug‘lar ustiga loy yoki loy bilan aralash ba’zi bir iflosliklar urug‘ ustiga qattiq yopishib qolgan holda bo‘lishi mumkin. Bunday paytda xom ashyoni qarama - qarshi yoki paralel yo‘nalishda xarakatlanayotgan lentalar yoki shyotkalar orasidan o‘tkazish mumkin. Lenta yoki shyotkalarning ishqalanish natijasida urug‘lar yuzasidan yopishib qolgan ifloslik ajratib olinadi, ya’ni xom ashyoni «quruq» yuvish sodir bo‘ladi.
B Zamonaviy quritish nazariyasi asosini, material bilan namlik orasidagi bog‘lanish turlarini, material ichiga issiqlik va namlikni o‘tkazish qoidalarini, quritilayotgan material yuzasiga atrof muhitdan issiqlik va massa almashinishi qonuniyatlarini o‘rganish tashkil etadi.
Moyli urug‘lar turli shakldagi energiya bog‘lariga ega bo‘lgan namlik saqlovchi kapillyar-g‘ovaksimon kalloid materialdir. Material bilan namlikni bog‘lanish xarakteri, asosiy xal qiluvchi ahamiyatga ega. Material bilan namlik orasidagi bog‘lanish shaklini bir necha klassifikatsiya sxemasi mavjud.
Professor P.A.Rebinder klassifikatsiyasi bo‘yicha moddalar tarkibidagi suv 3 xil turda bog‘langan holda bo‘ladi: ximiyaviy, fizik-ximiyaviy va mexanik.
Kimyoviy yoki stexiometrik bog‘langan suv. Bu turdagi bog‘langan suv mahsulot bilan kimyoviy bog‘ orqali bog‘langan bo‘lib, suvni mahsulot tarkibidan siqib yoki bug‘latib chiqarish nihoyatda katta issiqlik energiyasi talab qiladi. Sanoat doirasida quritilayotgan xom ashyodan bunday turdagi suvni oddiy quritish yo‘li bilan uchirish mumkin emas. Moyli urug‘lar tarkibida kimyoviy bog‘langan suv nihoyatda kam bo‘lib, faqat mahsulotning tarkibidagi mineral moddalar bilan birikkan bo‘ladi.
Fizik-kimyoviy bog‘langan suv. Bu turdagi suv qattiq mahsulot tarkibida adsorbsiyalangan holda, osmotik ravishda yutilgan holatda, hamda strukturali suv holatida bo‘ladi. Quritish davrida birinchi navbatda strukturali, keyinchalik osmotik yutilgan va oxirida adsorbsiyalangan suv uchib chiqadi.


Download 51.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling