Mundarija I. Kirish…


Download 51.08 Kb.
bet3/8
Sana09.06.2023
Hajmi51.08 Kb.
#1472820
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
O\'simlik urug\'larining saqlash usullari

1. Endospermli urug’lar. 2. Endospermsiz urug’lar. 3. Perisperimli urug’lar.
Endospermsiz urug’larning tuzilishi. Endospermsiz urug’lar ikki pallali o’simliklar uchun xos bo’lib (dukkakdoshlar, murakkabguldoshlar, krestguldoshlar, gulxayridoshlar, atirguldoshlar) quyidagi qismlardan tashkil topgan bo’ladi. Urug’ po’sti. Murtak. Urug’palla
Urug’ po’sti, urug’ kurtakdagi integumentning rivojlanishidan hosil bo’ladi. Ikki pallalilarning urug’ po’sti ayrimlarida tericha, ayrimlarida parda, ayrimlarida yogochlangan bo’ladi (uzum).
Urug’ po’stining rangi oq, qo’ng’ir,, qizil va qora ranglarda bo’lishi mumkin. Urug’ po’stining yuzasi silliq yoki g’adir - budir (no’xat) tukchali (g’o’za, terak, qoqio’t) bo’ladi. Bu o’zgarishlar urug’larning tarqalishiga va tuproqka joylashib olishga xizmat qiladi. Murtak urug’nig asosiy qismi hisoblanadi. U otalangan tuxum xujayraning rivojlanishidan hosil bo’ladi. Murtakda, murtak kurtakchasi, murtak ildizchasi joylashgan bo’lib, uning rivojlanishi-dan bargli poya va o’q ildiz hosil bo’ladi. Urug’larda zapas oziq moddalar to’planib u o’simlikning birinchi bargi hisoblanadi.


2. Urug’ning sifat ko’rsatkichlari.
Endospermli urug’larning tuzilishi. Endospermli urug’lar g’allaguldoshlar, lolaguldoshlar va qiyoqdoshlar oilasi vakillari uchun hosdir. Endosmpermli urug’lar quyidagi qismlardan tuzilgan bo’ladi. Urug’ po’sti. Endosperm. Murtak.
Qalqoncha bir pallali urug’lar uchun xarakterli organ hisoblanadi. Uning asosiy funksiyasi endospermadagi zapas oziq moddalarni diostaza fermenti ta’sirida parchalab murtak qismiga o’tkazib berishga xizmat qilishdir.
Ayrim o’simliklar endosperm o’rniga zapas oziq moddalarni peresperm qismida to’plash xususiyatiga ega bo’ladi.
Perisperm urug’kurtakning nutsellus qismidan hosil bo’ladi. Perisperimning farqi uning tarkibida oqsil va yog miqdori kamroq bo’lib, asosiy qismini kraxmal tashkil qiladi. Perisperm hosil qilish chinnigul, lavlagi, shura, olabuta uchun xosdir.

Download 51.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling