Mundarija I. Kirish. Yassi chuvalchanglar tipiga umumiy tavsif II. Asosiy qism
II.3. MONOGENEYALAR (MONOGENOIDEA) SINFI
Download 458.37 Kb.
|
Durdibayeva munisaning zoologiya fanidan yozgan
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jinsiy sistemasi.
II.3. MONOGENEYALAR (MONOGENOIDEA) SINFI
Monogeneyalar, ya’ni ko‘p so‘rg‘ichlilar baliqlar terisi va jabralarida yashaydigan ektoparazitlar. Ba’zan ular suvda hamda quruqlikda yashovchilar va sudralib yuruvchilar qovug‘i va boshqa organlarida parazitlik qiladi. Tuzilishi. Monogeneyalar tanasi cho‘ziq va yassi bo‘lib, keyingi tomonida yopishuv diski joylashgan (10-rasm). Diskda xo‘jayin tanasiga yopishish uchun zarur bo‘lgan bir qancha ilraoqlari, so‘rg‘ichlari yoki ikki tavaqali klapanlari bo‘ladi. Bunday yopishuv organlari ularni tez harakat-lanadigan baliqlar tanasidan tushib ketmasligiga yordam beradi. Monogeneyalar tanasining oldingi tomonida ham uncha katta bo‘lmagan so‘rg‘ichlari bo‘ladi. So‘rg‘ichlarga yopishqoq suyuqlik ajratadigan bir hujayrali bezlarning yo‘li ochiladi. Bu so‘rg‘ichlar parazit tanasi oldingi qismini xo‘jayin tanasiga yopishib turishi uchun xizmat qiladi. Monogeneyalarning tana qoplag‘ichi va ichki tuzilishi so‘rg‘ichlilargao‘xshash tuzilgan. Og‘iz teshigi tanasining oldingi qismida joylashgan, ichagi xaltasimon yoki ikki shoxli bo‘ladi. Ayirish sistemasi - protonefridiylar tanasining oldingi uchida bir juft teshiklar bilan tashqariga ochiladi. Nerv sistemasi ortogen tipida; bosh nerv gangliylaridan uch juft nervlar chiqadi. Bu nervlarni ko‘ndalang nerv tolalari tutashtirib turadi. Sezgi organlari yaxshi rivojlanmagan. Faqat ayrim turlari tanasining oldingi qismida invertirlangan (teskari ag‘darilgan) ko‘zlari bo‘ladi. Jinsiy sistemasi. germafrodit. Urug‘donlari bitta yoki ko‘p, tuxumdoni bitta. Ko‘payishi. Hayot siklida xo‘jayin almashinish va nasl gallanish sodir bo‘lmaydi. Misol tariqida baqa ko‘p so‘rg‘ichlisi (Polistoma integerrimum) hayot siklini ko‘rib chiqamiz. Baqa ko‘p so‘rg‘ichlisi voyaga yetgan davrida baqaning qovug‘ida yashaydi. Bahorda baqalar ko‘payishi bilan birga parazit ham ko‘paya boshlaydi. Parazit qovuqdan kloakaga chiqib, suvga bir qancha urug‘langan tuxum tashlaydi. Tuxumdan juda may da kiprikli lichinka suvga chiqadi. Lichinkasining 16 ta mayda ilmoqchalari bo‘ladi. Lichinka itbaliq jabralariga yopishib olib, kipriklarini tashlaydi. Lichinka tanasining keyingi qismida ikkita yirik ilmoq va so‘rg ‘ich hosil bo‘ladi. Lichinka voyaga yetib, tuxum qo‘ya boshlaydi. Bu tuxumlardan lichinkalaming ikkinchi nasli rivojlanadi, lekin bu lichinkalar itbaliq metamorfozi tamom bo‘lguncha rivojlanishga ulgurmaydi. Itbaliqning jabralari baqaga aylanishda yo‘qolib ketadi. Bu davrda parazit xo‘jayin terisi orqali borib, uning kloakasiga va undan siydik pufagiga kirib oladi. Bu lichinka endi uch yildan so‘ng, ya’ni baqa voyaga yetishi bilan birga voyagaetadi. Shunday qilib, baqa ko‘p so‘rg‘ichlisining rivojlanishi uning xo‘jayini baqaning rivojlanishi bilan chambarchas borg‘liq. Baqa ko‘p so‘rg‘ichlisi rivojlanish davomida parazit jabra ektoparazitdan qovuq endoparazitiga aylanadi. Karpsimon baliqlar paraziti daktilogirus (Dactylogyrus vastator)ning rivojlanishi boshqacharoq boradi. Daktilogirusning uzunligi 1 -3 mm; baliqlar jabrasida parazitlik qiladi va o‘shajoyga tuxum qo‘yadi. Tuxumdan kiprikli lichinka chiqadi. Lichinkaning oldingi qismida ikki juft ko‘zlari, orqa qismida ilmoqchalari joylashgan diski - serkomerasi bo‘ladi. Lichinka shu joyining o‘zida yoki boshqa baliqlar jabrasiga o‘tib voyaga yetadi. Girodaktilus (Gyrodactylus) deb ataladigan ko‘p so‘rg‘ichli tirik tug‘adi. Uning bachadonida partenogenetik yo‘l bilan bitta embrion shak-ilanadi. Bu embrion voyaga yetguncha uning ichida ikkinchi embrion, keyingisi ichida esa uchinchi, uchinchisi ichida to‘rtinchisi shakllanadi. Monogeneyalar germafrodit bo‘lib, ular o‘z-o‘zini urug‘lantiradi. Shuning bilan birga ayrim turlaridao‘z-o‘zini urug‘lantirishgato‘sqinlik qiluvchi omillar ham rivojlangan. Masalan, spaynik yosh davrida yakka yashaydi. Keyinroq parazitlar juft-juft bo‘lib qorin so‘rg‘ichlari orqali bir-biriga yopishib olishadi. Parazitlardan birining urug‘ yo‘li ikkinchisining tuxum yo‘liga ochilishi tufayli ular bir-birini urug‘lantiradi. Ahamiyati. Monogeneyalar baliqchilikka katta ziyon keltiradi. Ular orasida ayniqsa, chuchuk suv baliqlari jabrasida parazitlik qiladigan Dac-tylogyridae oilasi vakillari katta patogen ahamiyatga ega. Ular teridagi shilimshiq modda va epiteliy, ba’zan qon bilan oziqlanib, baliqlarni yoppasiga qirilib ketishiga sabab bo‘lishi mumkin. Gyrodactylidae oilasi vakillari ham katta ziyon keltiradi. Volga daryosida osetrsimon baliqlarga nitsha (Nitzchia sturionis) katta ziyon keltiradi. Bu parazit sevryuga balig‘i iqlimlashtirilganida Orol dengiziga ham kelib qolganligi va mahalliy osetrsimon baliqlarda (baqra) parazitlik qilishga o‘tganligi ma’lum. Download 458.37 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling