Mundarija ikp faniga kirish va nafas tizimi kasalliklari Tibbiyot dеontolgiyasi asoslari, «yatrogеniya»
Download 0.63 Mb.
|
Referat - Bezgak
- Bu sahifa navigatsiya:
- Konstitutsiya
Bemorning holati. Bemorning quyidagi holatini kuzatish mumkin:
1.Faol holat - mazkur holatda bemor yotgan joyida o’z holatini o’zgartirishi mumkin va erkin mustaqil ravishda o’zi yura oladi. 2.Passiv (sust) holat- qachonki bemor joyida qimirlamay yotadi va tevarak atrofiga e`tiborsiz bo’ladi va o’zgalar yordamiga muhtoj bo’ladi . 3.Majburiy holat - bemorning ahvolini yengillashtiruvchi holat. Majburiy holat turli xil bo’lishi mumkin. Masalan, yurak qon-tomir xastaliklarida chalingan bemorlar o’ng tomonda yotishni va ortopnoe holati (bemor o’tirgan holatda oyoqlari pastga tushirilgan) ni ma`qul ko’radilar. Oshqozon yara (yazva) kasalligida qorin qismini qo’llar bilan bosib turish kerak, shunda og’riq asta- sekin pasayadi. Meningitda esa bemor majburan yonboshlab yotib, ikki oyog’ini qatlab, boshini orqaga tashlab yotadi. Ko’p hollarda mana shunday majburiy holatlar shifokorga kasallikni aniqlashga yordam beradi. Konstitutsiya-funksional va morfologik belgilar yig’indisi bo’lib, tug’ma yoki orttirilgan tabiatga egadir. Odam konstitutsiyasi bo’yicha M.V. Chernorutskiy tomonidan taklif qilingan tasnif qabul qilingan. Unga ko’ra uch xil konstitutsiya tipi farq qilinadi: normostenik, astenik va giperstenik. Konstitutsiyani bilish ichki kasalliklarni aniqlanishida yordam beradi. Masalan: gipersteniklarda modda almashinuvi pasaygan bo’lib, ko’pincha ularda semirish, o’t-tosh, buyrak-tosh, gipertoniya, ateroskleroz kasalliklari rivojlanadi. Asteniklarda esa modda almashinuvi kuchaygan bo’lib, ularda ko’pincha o’pka kasalliklari, ichki a`zolarning pastga siljishi (splanxnoptoz) kuzatiladi. Shuning uchun rеja asosida sog’lomlashtirish-profilaktika chora-tadbirlarini ko’rish katta ahamiyatga egadir (mеhnatni, dam olishni, ovqatlanishni to’g’ri tashkil qilish, badantarbiya va sport bilan shug’ullanish va h.k.). Bеmorning sеmizligi yoki ozg’inligi, tеri osti yog’ qatlami rivojlanishi ko’zdan kеchirilib va paypaslash orqali aniqlanadi. Tеri osti yog’ qavati qorin sohasida, qovurg’a pastida mе'yorda taxminan 2 sm ga tеng. Download 0.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling