Mundarija ikp faniga kirish va nafas tizimi kasalliklari Tibbiyot dеontolgiyasi asoslari, «yatrogеniya»


i. Maxsus diagnostika muolajalari


Download 0.63 Mb.
bet39/74
Sana28.12.2022
Hajmi0.63 Mb.
#1013901
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   74
Bog'liq
Referat - Bezgak

i. Maxsus diagnostika muolajalari.
Plevra bo’shlig’ida suyuqlik borligi aniqlangach plevraga igna sanchish (punktsiya)tavsiya qilinadi.
(a) Suyuqlikni chiqarish va hajmini o’lchash lozim va bir qismini laboratoriya tekshiruviga yuboriladi.
(b) Laboratoriya tekshiruvi: umumiy oqsil miqdorini, laktatdegitrogenaza (LDG) faolligini, tsentrofuglangandan so’ng cho’kmani tsitologik va bakteriologik tekshirish, glyukoza va amilazani miqdorini aniqlash.
Plevra punktsiyasini boshlang’ich davrida biopsiya tekshiruvini o’tkazish.
Tashxisi. Bemor shikoyati (yonboshdagi sanchiqli og’riq, yo’tal, harorat ko’tarilishi, hansirash), fizikal belgilar (tovush titrashining pasayishi yoki yo’qolishi, perkutor tovushning bo’g’iqlashgani, nafas shovqinlarining eshitilmasligi), rengen ma’lumotlari (yuqori chegarasi qiya bo’lgan qora dog’) asosida aniqlanadi.
Davosi. Mazkur patologik jarayoni vujudga keltiruvchi kasalliklarga faol ta’sir qiluvchi omillarni o’z ichiga oladi.
(1) Parhez taomlar vitaminlarga va oqsillarga boy bo’lishi kerak.
(2) Chekishni keskin cheklash kerak.
(3) Infeksion – allergiyali plevritda antibacterial (antibiotiklar, sulfanilamidlar), desensibilizatsiyalovchi (suprastin, tavegil, tiosulfat - natriy).
(4) Saraton etiologiyali plevritda kimyoterapiya.
(5) Sil etiologiyali plevritda silga qarshi vositalar tavsiya qilinadi.
(6) Plevra bo’shlig’iga ko’p suyuqlik yig’ilsa va u ko’ks oralig’i a’zolarini sog’lom tomonga siljitib, nafas va qon aylanishi buzilishini vujudga keltirsa, hamda ekssudat so’rilishi kuzatilmasa plevra punksiya qilinadi, ekssudat olib tashlanadi, so’ngra bo’shliq antiseptik aralashma bilan yuvilib tozalangach,plevralar orasiga antibiotik yuborildi.
(7) Zaharlanishda (intoksikatsiyada), ifodalangan hansirashda,yurak faoliyati buzilishida tomir ichiga plazma o’rinbosari eritmalari (reopoliglyukin), kislirid (oksigen) ingalyatsiyasi, yurak glikozitlari qo’llaniladi.

Download 0.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling