Mundarija ikp faniga kirish va nafas tizimi kasalliklari Tibbiyot dеontolgiyasi asoslari, «yatrogеniya»


Download 0.63 Mb.
bet42/74
Sana28.12.2022
Hajmi0.63 Mb.
#1013901
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   74
Bog'liq
Referat - Bezgak

Davolash. O’pkadagi yiringli kasalliklarni davolash bronxlar drenaj xossasini tiklash va o’pkadagi yiringlash o’chog’ining yo’qotish, kasallik qo’zg’atgan mikroorganizmlarga ta’sir qilish, zaharlanish simptomlariga qarshi kurash, bemorning kasallikka chidamini oshirish tadbirlarini o’z ichiga oladi.
O’pkadagi yiringlash o’chog’i bronxlarni Karlens naychasi bilan yuvish, davolash bronxoskopiyasi, ko’krak qafasining punksiya qilish, bemorni balg’am ko’chishini yengillashtiradigan hollatda yotqizib qo’yish,aerozollar bilan davolash, davolash gimnastikasi kabi omillardan foydalanish yo’li bilan yo’qotiladi.
Yuqori dozada (1 sutka 4-8 mln TB) antibiotiklar: penitsillin, ampitsilin, klaforan, separin, dalatsin, kabilarni bemorga ichirish, mushak orasiga, vena qon tomiriga, traxeyaga yuborish tavsiya qilinadi.
Antibiotiklar bilan davolash kasallik qo’zg’atgan mikrofloraning antibiotiklarga ta’sirchanligi aniqlangandan keyin boshlanib, yuqori dozalarda bir yoki bir necha xil antibiotiklar bilan olib boriladi.
Zaharlanish belgilariga qarshi kurashish uchun glyukoza, gemodez 400ml vena qon tomiriga yuboriladi.
Agar abssesni staflokkoklar keltirib chiqargan bo’lsa bu holda staflokkoka qarshi anatoksin, gamma-globulin va staflokkoka qarshi plazma bilan davolash zarur bo’ladi. bemor organizmning kasallika qarshiligini ishirish uchun tarkibida oqsil bo’lgan dori-darmonlar: retabolil, perobollar qo’llaniladi. O’tkir abssesning pionevmotoraks, o’pka empiyemasi va o’pkadan qon ketishi kabi asoratlari xirurgik yo’l bilan davolanadi.
Kasallikning oldini olish uchun o’tkir va surunkali zotiljam kasalliklarini o’z vaqtida aniqlash, to’g’ri va to’liq davolash kerak.
BRONXOEKTAZIYA

Bronxoektaziya (bronchoectasia) bronxlarning patologik kengayishidir, bronxoektaziya surunkali kasallik bo’lib, uning o’ziga xos belgilaridan biri bronxoektazlar paydo bo’lishidir.


Bronxoektaziyaning etiologiyasi va patogenezi sabablaridan biri og’ir bronxitdir . Bronxlarning kengayishiga yana bir sabab shuki, yallig’lanish natijasida ularda chandiqlar paydo bo’ladi, ular tortilib , egilib qoladi, shaklini o’zgartiradi. Bronxoektaziya ko’pincha uzoq davom etgan yallig’lanish protsessining natijasi sifatida ham yuz beradi. Kasallikning kelib chiqishiga qattiq chandiqlar paydo qiladigan plevritlar ham yordam beradi. Bronxoektazning kuchayishida bronxlar devori tuzilishidagi tug’ma anomaliyalar, xususan, bronxlarning ikki tomondan kengayishiga olib keladigan muskul va elastik elementlarning zaifligi ham rol o’ynaydi, degan fikr bor. Ikki tomonlama bronxoektaziyaning paydo bo’lishiga bronxlar, o’pka yoki plevradagi infection – yallig’lanish protsesslari sabab bo’ladi, deb qarash kerak;
Kasallikning klinik ko’rinishi, avvalo, balg’amli yo’tal bilan xarakterlanadi. Balg’am ancha ko’p miqdorda ajraladi; u yiringli, suyuq bo’ladi va oson ko’chadi, “og’iz to’lib” chiqadi. Ba’zan balg’am bemor yomboshlab yotganda ayniqsa ko’proq ajraladi. Bunda bronxoektaz o’pkaning qaysi tomonida ekanligini aniqlash osonlashadi; agar bemor chap yoni bilan yotganida yo’tal tutishi va balg’am ko’p ajralishidan shikoyat qilsa, bu narsa bo’shliq uning o’ng tomonida ekanini ko’rsatadi. Balg’am o’z og’irligiga ko’ra tashqariga olib chiquvchi bronxlarga oqadi. Ikki tomonlama, ko’psonli bronxoektazlarda bu hodisa kuzatilmaydi. Bemorlar juda ko’p, ayniqsa qo’llansa hidli balg’am ajratganlari sababli, og’zi bekiladigan mazsus idish olib yuvishga majbur bo’ladilar. Kengaygan bronxlarda yaralar paydo bo’lishligi tufayli vaqt-vaqti bilan balg’amda qon aralashgan bo’ladi. Ba’zan qon tanlash kasallikning bunday turini ba’zan o’pka sili kasalligi deb o’ylaydilar.
O’pka perkussiya usulida tekshirilganda o’pkaning kengaygan bronxlar joylashgan qismi ustida timpanik tovush eshitiladi. Qopsimon va silliq devorli katta bo’shliqlar ustida jaranglama tovush eshitiladi. Ba’zi hollarda bo’shliqga xos gavda holatini o’zgartirish, og’izni ochish yoki yopish vaqtida paydo bo’ladigan boshqacha tovush fenomenlarni, shuningdek darz tuvak tovushini hosil qilish mumkin. Bronxoektazga uchragan joy auskultatsiya qilinsa, bronxial nafas yoki uning amforik nafas tipiga kiruvchi xili eshitiladi, odatda yirik va jarangli xirillashlar ham eshitiladi (tovushning balandligi katta bo’shliqdan chiqgan rezonans hamda bronx devorining qalinlashib zichlanganligiga bog’liq). Bronxoektaziya sohasi, tovush dirilashi va bronxofoniya kuchayadi. O’pka va plevrada chandiqli o’zgarishlar paydo bo’lishi tufayli, bronxlar kengaygan bo’lsa, bemor ko’zdan kechirilganda ko’krak qafasining kasallangan tomoni kichiklashgani seziladi, ko’krakning shu qismi bir oz cho’kkan bo’ladi, nafas olganda esa shu tomon yetarli ko’tarilmaydi. Perkussiya qilinganda o’pkaning shu tomondagi cheti kam siljiydi.
Shuni ham aytib o’tish kerakki, yuqorida korsatib o’tilgan fizik alomatlar sodir bo’lmasligi va kasallik faqat yo’tal hamda balg’am ajralish bilangina kelishi mumkin. Bunday hollarda rentgenologik tekshirish muhim diagnostic ahamiyatga ega.
Rentgenologik tekshirishda bronxoektatik kengaygan bo’shliqlar tuxumsimon yorug’ joylar shaklida ko’rinadi: bular odatda yakka- yakka, yoki to’p-to’p bo’lib, o’pka ildiziga yaqin joyda, o’pkaning pastki qismida joylashadi; yorug’ joy atrofida chandiqli va infiltratli, tasmasimon qorong’I tortmalar ko’zga tashlanadi, ular bronxlar bo’ylab tarqaladi, bo’shliqlarning o’ziga secret yig’ilib qolgan bo’ladi,ularning kattalarida gorizontal joylashgan suyuqlik ko’rinadi, gavda holatining o’zgarishi bilan bu suyuqlik sathi ham o’zgaradi.
Xaltasimon bronxoektazlar paytidagi manzara ana shunday. Silindrik bronxoektazlarda tortmalar dag’alroq, ular ko’proq o’pkaning pastki qismida joylashgan bo’lib, o’pka ildizidan chiqadi. Silindrik bronxoektazlar kengaygan va devorlari qalinlashgan bronxlarda paydo bo’ladi (bronxlar atrofiyaga uchrab devori yupqalashganda ular ko’rinmaydi: ular secret bilan to’lgandagina ko’rinishi mumkin). Biroq bronxlar kengaygan bo’lishiga qaramay, ba’zan ularni rentgenoskopiyada aniqlab bo’lmaydi (juda mayda bronxoektazlar ko’p bo’lganligi sababli). Bunday hollarda bronxografiya qo’llaniladi. Tekshiriladigan Bronx tarmoqlarining tegishli bo’limiga kontract modda kiritilgandan keyin uning rasmi olinsa 46-rasmda tasvirlanganda o’xshash aniq va chiroyli manzara hosil bo’ladi (yopishtirilgan rasmga qarang): kontrct qorishma bilan to’lgan bronxoektazlar uzum boshi yoki mevali daraxt shoxida o’xshash shakllar hosil qiladi.
Bronxoektaziyada uchraydigan boshqa alomatlardan biri bemor barmoqlarning uchlari nog’ora cho’plariga o’xshab to’mtoqlanib qolishidir. Bunday o’zgarishning sodir bo’lishi sababli hozirgacha aniqlangan emas. Bunda trofik buzilishlar rol o’ynasa kerak (ba’zi suyaklar, ayniqsa naysimon suyaklar to’qimalarining siyraklashib qolishi-ya’ni asteoporozning sababi ham shunda). Bemor yuzining kerkishi ham kishi diqqatini o’ziga jalb qiladi,bu hol bemorning doimiy yo’talishga bog’liq. Bemorning umumiy ahvoli uzoq vaqtlar davomida o’zgarmaydi. Tana harorati odatda normal bo’ladi, biroq harorat vaqti – vaqti bilan (balg’am ajralmay qolganda) qisqa vaqtda ko’tarilishi mumkin.
Kasallik surunkali kechadi, u goh zo’rayib,goh pasayib turadi. Bemor tamomila sog’ayib ketmaydi. Bemorlar o’zlari uchun ham, boshqalar uchun ham ortiqcha yuk bo’lib qoladilar (ayniqsa balg’am badbo’y hidli bo’lganda).

Download 0.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling