Mundarija ikp faniga kirish va nafas tizimi kasalliklari Tibbiyot dеontolgiyasi asoslari, «yatrogеniya»


Download 0.63 Mb.
bet43/74
Sana28.12.2022
Hajmi0.63 Mb.
#1013901
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   74
Bog'liq
Referat - Bezgak

Davolash yaxshi natija bermaydi.balg’ani kamaytirish va uning hidini yo’qotish uchun bemorga terpingidrat va natriy benzoate ichiriladi. Sulfanilamidlar (sulfazol,sulfatiazol, sulfadiazin) bilan davolash bir oz foyda beradi, bular kuniga 6-8 g dan 3-5 kunlik kurs bilan tavsiya etiladi. Katta dozalarda antibiotic ham qo’llaniladi. O’pkaning har ikki bo’lagidagi bronxoektazni xirurgik usul bilan davolash mumkin emas. Bu kasallikning oldini olishda bronxit va uzoqqa cho’zilgan o’pka yallig’lanishini o’z vaqtida to’g’ri davolash muhim ahmiyatga egadir.

13.YURAK QON TOMIR TIZIMI KASALLIKLARI BILAN BEMORLARNI SUB’EKTIV TEKSHIRISH USULLARI: SO’RAB SURISHTIRISH, ANAMNESIS MORBI, ANAMNESIS VITAE.


Bemorlarni sub’ektiv tekshirish usullariga: bemorning shikoyatlari, kasallikning rivojlanish tarixi, bemorning xayot tarixiga xos bo’lgan ma’lumotlarni yig’ishni o’z oldiga maqsad qilib oladi.
So’rab-surushtirish-usuli oddiy ko’rinsada malum bir qiyinchiliklarni yuzaga keltiradi .Chunki bemor bilan muloqat jarayoni tibbiy deontalogiya qoidalari rioya qilishni talab qiladi.
Shikoyatlar: yurak-qon tomir kasalliklarida bemorlarning asosiy shikoyatlari yurak sohasida og’riqlar, xansirash, bo’g’ilish xuruji, yo’tal, qontuflash, shishlar, yurak to’xtaganday bo’lishi, bosh og’rishi, bosh aylanishi kuzatiladi. Og’riqlar turli xil kasalliklarda turli xil bo’ladi.Shuning uchun og’riqlarni joylashgan joyi, sababi, yuzaga kelish holati (fizikvaemotsionalzo’riqish, tinch holati va uyqu holati), og’riqlarning xarakteri(o’tkir, simillovchi, og’irlik hissi,qisilish, ezilish, kesuvchi)va tarqaluvchi og’riqlar farqlanadi. Stenokardiyada og’riqlar odatda to’shortida va birmuncha chaproqda joylashib asosan kurak chap ostiga,bo’yinning chap qismiga, chap yelkaga tarqaladi. Ular odatda fizik zo’riqish yoki emotsional holatlar bilan bog’liq bo’lib,netroglitsirinqabul qilgandan keyin o’tib ketadi.Miokardin farktida esa og’riqlar nihoyatda kuchli,stenokardiyadan farqi yanada davomliroq bir soatdan bir kungacha davom etishi mumkin.Tomir kengaytiruvchi vositalar ta’sirida og’riqlar o’tmaydi. Aorta anevrizmasida esa og’riqlar huddi miokardinfarktidagidek o’tkir bo’ladi, lekin undan farq qilib,umurtqapog’onasi bo’lab va aorta bo’ylab tarqaladi. Miokarddagi og’riqlar unchalik o’tkir emas, intensivligi sustroq va doimiy emas,perikarddagi og’riqlar to’shsuyagi o’rtasida yoki butun yurak sohasida joylashib sanchuvchi o’tkir xarakterda bo’lib yo’talganda, harakatlanganda yoki stetoskop bilan tekshirganda kuchayadi. Og’riqlar bir necha kunlab, oylab yoki yillar davomida xurujli kechishi mumkin. Aortit (aortalgiya) dagi og’riqlar to’shsuyagi ortida joylashib harakatlanganda va emotsional holatga bog’liq emas, yurak sohasidagi simillovchi og’riqlar yuzagakelib, harakatlanishga bog’liq bo’lmaydi, balki, buturdagi og’riqlar kardionevrozlarda kuzatiladi. Yurak sohasidagi og’riqlar muskullar, nervlar, qovurg’alar va qo’shni azolarga tegishli bo’lishi mumkin (diafragmalchurralar, xolisistitlar, oshqozonraki).



Download 0.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling