Bo`lmachalar titrashi
Bu xildagi yurak maromining buzilishi tebranma aritmiyaning kelib chiqishiga o`xshab ketadi. Titroq aritmiyasida bo`lmachada hosil bo`ladigan impuls minutiga 250-300 martadan oshmaydi va ularning Ashof-Tovar tugunidan o`tishi ko`pincha ritmik bo`ladi. Bo`lmachadagi impulslarning 2,3,4 tasi qisman atrioventrikulyar to`siq bo`lganligi uchun qorinchalarga o`tadi. EKGda me`yordagi P tishi o`rniga baland to`lqinlarning har biri qorincha kompleksidan oldin Ashoff-Tovar tugunidan o`tgan impulslarga bog`liq bo`ladi.
Qorinchalarning tebranishi va titrashi.
Bu xildagi aritmiya yurakning xavfli aritmiyasi hisoblanadi. Bunda yurak mushaklari alohida-alohida qisqarishi sababli gemodinamika tezda o`zgarib,o`limga olib keladi. EKGda tartibsiz,o`zgargan tishlarning ajratib bo`lmaydigan kompleksini kuzatiladi
Do'stlaringiz bilan baham: |