Mundarija ikp faniga kirish va nafas tizimi kasalliklari Tibbiyot dеontolgiyasi asoslari, «yatrogеniya»
Download 0.63 Mb.
|
Referat - Bezgak
- Bu sahifa navigatsiya:
- Simptomsiz variant
Astmatik variant – chap qorincha yetishmovchiligi bilan kuzatiladi,og’riqqa sezuvchanlik pasayadi. Qon aylanishi buzilishi va o’lim ko’rsatkichlari yuqori bo’ladi.
Serebral variant – kardiogen shok va miyada qon aylanishinig buzilishi ,yurak sistolik va minutlik hajmining kamayishi bilan bog’liq. Simptomsiz variant – kilinik belgilarining bo’lmasligi va o’tkir xurujlar bilan xarakterlanadi. 24.Kon-tomir еtishmovchiligi:turlari, simptomlari,diagnostikasi. Shok kurinishlari. Kardiogеn shok. Anafilaktik shok. Shoshilinch yordam. QON TOMIR YETISHMOVCHILIGI Tomirga oid qon aylanishining buzilishi normal holda tomir ichi bo’shligi’ va sirkulyatsiyadagi qon hajmining kamayishi bog’liqligi bilan kelib chiqadi U qon massasining kamayishi natijasida rivojlanadi (qon yo’qotish, organizmning holsizlanishi) yoki tomir tonusining pasayishidaxam. Nisbatan ko’proq tomir tonusining pasayishi sabab bo’ladi.Bularga: 1.Travmada vazomotor innervatsiyasining reflektor buzulishi; seroz qavat shikastlanishi, miokard infarkti, o’pka arteriyasi emboliyasi va boshqalar. 2.Serebralga bog’liq vazomator inervatsiya buzulishi (giperkapniya, oraliq miya o’tkir gipoksiyasida,psixogen reaksiyalarda). 3.Toksimiyada tomir parizasi ko’pgina infiksiya va intoksikatsiyalarda kuzatiladi. Tomir tonusi pasayishi organizimda qonning tarqalishini buzulishiga olib keladi.Depoda qon miqdori ortadi, ayniqsa qorin bo’shlig’idagi organ tomirlarida, sirkulyatsiyadagi qon hajmining kamayishi, bu esa yurakga boruvchi vena tomirlar tonusini pasaytiradi, qon hajmi kuchini pasayishi, arterial va venoz bosimni tushushi, tomirga aloqador qon aylanishining buzulishi ko’pincha o’tkir holda kechadi va bunga kollaps deb ataladi. Sirkulyatsiyadagi qon hajmining pasayishi va arterial bosimning pasaishi miya ishimiyasiga olib keladi, shuning uchun o’tkir tomir yetishmovchiligiga aloqador simptomlarni; bosh aylanishi, ko’ z qorong’lashishi, quloqda shovqin, bexushlik uchraydi. Bemorlarni ob’yektiv tekshirishlarda; teri oqarishi, sovuq terlash, oyoq-qo’l uchlarining sovuq qotishi, nafasning qisilishi, kichik ipsimon puls, arterial bosim pasayishi kuzatiladi. O’tkir tomir yetishmovchiligi rivojlanganda xushdan ketish kuzatiladi yani birdaniga qisqa muddatda es-xushning yo’qolishi, bunga sabab miyaning qon bilan taminlanishning yetishmovchiligi.Hushdan ketish, holsizlanganda, xayajonlanganda, qattiq qo’rqganda kelib chiqadi U tomir tonusining markaziy nerv orqali regulyatsiyasining buzulishi bilan bog’liq, bunda qorin bo’shlig’da qon to’planishiga olib keladi.Hushdan ketganda teri orqali sovuq ter, qo’l-oyoq uchlarining sovqatishi, kichik va ipsimon puls kuzatiladi. Bir xil kishilarda hushdan ketish gorizantal holatdan vertikal holatga o’ganda kuzatilishi mumkin, ayniqsa astenik konstitutsiyali yosh odamlarda ko’proq ayollarda.Bularga qo’shimcha holsizlanish, qon kamayishi, o’tkazib yuborilgan infeksion kasalliklar bo’lishi mumkin.Bunday hushdan ketish holatlari ortostatik kollaps deyiladi. Bunda vazomator apparatning tezkor reaksiyasi yetishmovchiligi tushuniladi, natijadat ananing yo’qorisidagi qon tananing pastki sohalari va qorin bo’shlig’i tomirlariga quyuladi. SHOK--- ingliz tilidan tarjima qilinganda “zarba” degan manoni anglatadi.Xayot uchun muhim funksiyalarni bajaruchi sistemalarning (nerv, qon aylanishi, nafas olish, moddalar almashinuvi) izdan chiqishi bilan kechadi. Download 0.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling