Ektopik aritmiya
O`tkazuvchanlik organlarining xohlagan yerida,yangi qo`shimcha(geterotrop,ektopik) ta`sirot o`chog`I hosil bo`lganda,yurakning navbatdan tashqari qisqarishi natijasida kuzatiladi,buni ekstrasistoliya deb ataladi. Bunday aritmiya yurak mushaklari qattiq qo`zg`alganda yuzaga keladi.
Ekstrasistolik aritmiya
Navbatdan tashqari vujudga kelgan yurak qisqarishi uyrakning me`yoriy qisqarishi jarayonida yuzaga keladi. Ektopik o`choq o`tkazuvchanlik organlarining xohlagan yerida vujudga kelishi mumkin. Undan keyingi pauza me`yoridan ortiq bo`ladi.
Ekstrasistoliya tez-tez uchrab turadigan yurak aritmiyalaridan biri bo`lib,soppa-sog` kishilarda(vagotoniklarda),kashandalarda,achchiq choy,kofe ichilganda,qorin bo`shlig`I kasalliklarida,yurak mushaklari yallig`langanda va distrofik o`zgarishlarda,yurak mushaklarida qon aylanishi buzilganda,tireotoksikoz,klimaksda yuzaga keladi. Bemor goho yuragi qattiq urganini,goho go`yo to`xtab qolganini aytadi.Bunda eshitib ko`rilganda yurak navbatdan tashqari qisqarganini,I ton kuchayganini eshitish mumkin. EKGda:a) navbatdan tashqari yurak qisqarishi,b)uzoq tanaffuslar bilan bo`lishi kuzatiladi.ektrasistoliya qayerda hosil bo`lganiga qarab:
-- bo`lmachali
-- atrioventrikuyar
--umumiy supraventrikulyar
-- chap va o`ng qorinchali ekstrasistoliya
Bo`lmachali ekstrasistoliyada bo`lmachada qo`zg`alish yo`qolib,impuls sinus tugunida hosil bo`lmaydi. EKGda R-tish saqlanadi,lekin birmuncha o`zgaradi va oldingi T-tish ustiga tushadi,qorincha qompleksi normada bo`ladi:T-P interval uzayadi.
Atrioventrikulyar ekstrasistoliyada impuls Ashof-Tovar tugunida qarama-qarshi(pastga va yuqoriga) tarqaladi. EKGda:a)yurak kompleksi navbatdan tashqari bo`ladi;b)ekstrasistoliya bilan normal yurak qisqarishi orasidagi tanaffus uzayadi;c)P-tish manfiy bo`ladi yo yo`qolib ketadi.
Qorinchalar ektrasistoliyasi EKGda quyidagicha ifodalanadi;
-- qorinchalar qisqarishi navbatdan tashqari paydo bo`ladi;
-- P-tish yo`qoladi;
--QRS kompleksi o`zgaradi va uzayadi
--T-tish shakli ham,hajmi ham o`zgaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |