Paraksizmal taxikardiya
Bunda yurak birdan tezlashadi va minutiga 180-240 martagacha qisqarishi mumkin. Paroksizmal taxikardiya xuruji bo`lib,bir necha sekunddan bir necha kungacha davom etadi va birdan to`xtaydi. Aritmiyada sinus tugunidan impulslar chiqmasdan,balki geterotrop o`choqda paydo bo`ladi. Bu dard asabi tez buziladigan kishilarda va og`ir yurak kasalliklarida uchraydi. Bemorlar yuragi tez-tez urishidan,to`sh ortidagi qisilishlardan,quvvatsizlikdan shikoyat qiladi. Ko`zdan kechirilganda rangi oqarganligi,lablarining ko`karganligini ko`rish mumkin.
O`tkazuvchanlikning buzilishi natijasida kuzatiladigan aritmiyalar
Impulslar o`tishining buzilishiga to`siq(blokada) deyiladi. To`siqlar yurakning o`tkazuvchan sistemasining har qanday qismida hosil bo`lishi mumkin. Yurak to`siqlari quyidagicha bo`ladi:
sinaurikulyar,bunda vaqti-vaqti bilan impuls sinus tugunida ushlanib qoladi,bo`lmachalarga tarqalmaydi:bo`lmacha ichi to`sig`ida bo`lmacha mushaklari bo`ylab impuls tarqalishi buziladi.
atrioventrikulyar to`siqda impulslar bo`lmachadan qorinchalarga o`tmaydi
qorincha ichi to`sig`ida impulslarning Gis tutami va tolalari bo`ylab o`tishi buziladi.
To`siqlar asosan mushak infarktida,bod kasalligi,miokarditlar va kardiosklerozda kuzatiladi. O`tkazuvchanlikning buzilishi ko`pincha yurak toj arteriyasida qon aylanishining buzilishi natijasida keladi. To`siqlar vaqtincha va doimo o`tadigan bo`lishi mumkin.
Qorinchalar va bo`lmachalarning titrashi va tebranma aritmiya
Bu xildagi aritmiya yurak mushaklari nihoyatda kuchli qo`zg`alganda va bir yo`la o`tkazuvchanlik buzilganda vujudaga keladi. Bunda sinus tuguni o`zining boshqarish vazifasini yo`qotadi,bo`lmachalar miokardida ko`p ektopik qo`zg`alish o`choqlari paydo bo`lib,ular minutiga 600-800 martagacha impuls beradi. Bu impulslarning o`tishi qiyin bo`lganligi uchun bo`lmachalrga tarqalmaydi va ularning har biri ushak tolalarining qisqarishiga olib keladi. Shu sababli to`liq sistola o`rniga bo`lmachalarning fibrillyar qisqarishi vujudga keladi. Qorinchaga Ashoff-Tovar tuguni orqali impulslarning bir qismi o`tadi,xolos. Shuning uchun qorinchalar turli vaqtda maromsiz va har xil kuchda qisqaradi. Ashoff-Tovar tugunining o`tkazuvchanligiga qarab uch xil tebranma aritmiyasi:
taxiaritmik shakldagi(1 min.da 120-160 ta)
bradiaritmik shakldagi(1 min.da 60-80 marta)
aritmiya
farq qilinadi.
Tebranma aritmiyada EKG da quyidagi o`zgarishlar kuzatiladi:
P tishi yo`qoladi
bo`lmachalar titrashi,ko`p sonli mayday tolalar tebranishi f harfi bilan belgilanadi.
Qorinchalar kompleksi har xil vaqtda unchalik o`zgarmagan bo`ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |