SUBYEKTIV MALUMOTLAR:
Aortaga qonni kam miqdorda kelishi, miokard toj tomirlarning kam tulishiga sabab buladi. Bu yurak sohasiga siquvchi, bosuvchi xarakterdagi ogriqlar paydo bulishiga olib keladi(aortalgiya). Stenokardiyaga xos og’riqlarni eslatadi.
FIZIKAL TEKSHIRISHLAR:
Umumiy kurik- teri qoplamida oqarish,yurak sohasida yurak turtki zarbi ko’zga tashlanadi.
PALPATSIYA: Yurak cho’qqi zarbi chapga siljigan, maydoni kengaygan,tarqoq,amplituda va rezistentligi baland (bu chap qorincha gipertrofiyasini kursatadi). Yurakning sistolik qaltirashi kuzatiladi(Mushuk xirillashi o’ngdan II qovurg’a oralig’ida). Stenozda puls sekin,kichik,sust.
PERKUSSIYA:yurak nisbiy bugiqlik chegarasining chapga siljigan.
AUSKULTATSIYA: Aortal komponentda II tonning susayishi aortal nuqtada mezasistolik shovqin. U II tondan oldin yuqoladi, tushning o’ng qirrasida yaxshi eshitiladi va uyqu arteriyalariga uzatiladi.
Aorta ogzi stenozida shovqin kuchayib boradi , xarakteriga ko’ra bu shovqin davomli ,dag’al, xuddi arralagandagidek tovushni eslatadi,hatto orqada kuraklar o’rtasi sohasigacha uzatiladi.
FKG: belgilar chuqqidagi 1 ton susayganini bildiradi. Aorta ustida 2 ton susaygan. Aorta ustida romb shaklidagi sistolik shovqin aniqlanadi. Bu shovqin 1 tondan keyin yuzaga keladi.
EKG: chap qorincha gipertrofiyasi, spektor uqi chapga siljigan chap, chap kukrak uzatkichlarida S tish kattalashgan ungda R tish kattalashgan. Bazida ST segment depressiyasi kuzatiladi va manfiy T tish kuzatiladi.
EXOKARDIOGRAMMA: bunda chap qorincha devorlari qalinlashganligi aortal klapan ochilishida nuqsonlar kuzatiladi.
RENTGENOLOGIK TEKSHIRISHLAR: qorincha gipertrofiyasini tasdiqlaydi. Yurak soyasi chapga hamda pastga siljiydi. Bazida kalsiy tuzlari yigilishi kuzatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |