Kichik maktab yoshidagi bolalar psixologiyasini integral xarakteristkasi
5-6 yoshli davrida ko‘zga tashlangan bolalarning xususiyatlari 4 yil davomida rivojlanadi va mustaxkamlanadi xamda o‘smirlik davrining boshlariga kelib juda ko‘p shaxsiy fazilatlar shakllanib bo‘ladi. Bolalarning individualliklari ularning bilish jarayonida xam ko‘rinadi. Bu davrda bolalarning bilimlari kengayadi va chuqurlashadi, ko‘nikma va malakalari takomillashadi.3-4 sinflarga borib ko‘pchilib boalarda umumiy va maxsus layoqatlar ko‘zga tashanadi. Kichik maktab davrida xayot uchun nixoyatda axamiyatli bo‘lgan muvafaqqiyatga erishish motivi mustaxkamlanadi, bu esa o‘z-o‘zidan boshqa layoqatlarni jadal rivojlanishiga olib keladi.
Bu yoshdagi bolalarda idrok, diqqat, xotira, tafakkur va nutq to‘liq shakllanib bo‘lgani uchun xam ularga taolim berishda kattalarga qo‘llaniladigan uslublardan foydaolanish mumkin. Kichik maktab yoshidagi bolalar psixik rivojlanishga ularning atrofidagi odamlar, ota-onasi va ayniqsa o‘qituvchi bilan bo‘ladigan munosabati orqali erishishi mumkin. 3-4 sinflarga borib bola uchun uning o‘rtoqlari bilan munosabatining xam axamiyati ortadi. Bu munosabatlardan kattalar taolim-tarbiya maqsadlarida foydalanishlari mumkin. Bu yoshdagi bolalar soatlab yolg‘iz xolda sevimli mashg‘ulotlari bilan shug‘ullanishlari mumkin va shu asosda ularda mexnatsevarlik va mustaqillik fazilatlari shakllanadi.
Takrorlash va muxokama qilish uchun savollar
Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarning o‘ziga xos psixologik xususiyatlari
2. Maktabga ijtimoiy-psixologik moslashuv yo‘llari qanday?
3.Bolalar intelektual rivojlanishida kichik maktab davrining axamiyati?
O‘quv jarayoni davomida yuzaga keladigan muammolar Kichik maktab davridagi bolalar shaxsi rivojida yuzaga keladigan yangilanishlar
O‘smirlik davri psixologiyasi.
Reja:
1.O‘smirlik yoshining psixologik xususiyatlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |