Mundarija Kirish 1-Bob. Ko‘zi ojiz bolalar maktabida ta’limning ilmiy-nazariy asoslari


Ko‘rishida nuqsoni bo‘lgan bolalarning pedagogik tavsifi


Download 73 Kb.
bet2/4
Sana24.03.2023
Hajmi73 Kb.
#1290948
1   2   3   4
Bog'liq
Kulchayeva Dilfuza (1)

1.2.Ko‘rishida nuqsoni bo‘lgan bolalarning pedagogik tavsifi
Ko‘ruv jarayonining buzilishi tug‘ma va keyinchalik paydo bo‘lishi mumkin. Tug‘ma ko‘rlik homilaning ona qornidagi vaqtida bo‘lgan kasalliklar va shikastlanish oqibatida paydo bo‘lishi mumkin yoki ba’zi bir ko‘ruv nuqsonining nasldan- naslga irsiy o‘tishi natijasida bo‘lishi mumkin. Odatda qiyinchilik paydo bo‘lgan ko‘rlik ko‘ruv organlarining kasallanishi oqibatida – to‘r parda , shox parda markaziy nerv sistemasining kasalliklari (meningit, miyadagi shish, meningoensefalit) organizmning umumiy kasallanishi oqibatida ( qizamiq, gripp) miyaning travmatik shikastlanishi oqibatida paydo bo‘lishi mumkin. Ko‘ruv analizatorining buzilishlari rivojlanuvchi va turg‘un turlari mavjud. Rivojlanadigan ko‘ruv nuqsonida patologik jarayonlarning ta’sirida ko‘ruv jarayonining doimiy ravishda yomonlashuvi ro‘y beradi. Masalan, glaukomada ko‘zning ichki bosimi ko‘tarilib ketadi va ko‘z to‘qimalarida o‘zgarishlar sodir bo‘ladi. Sanitar – gigienik normalarga rioya qilinmaganda ( o‘quv va yozuvda) ko‘zning yaqindan ko‘rishi va uzoqdan ko‘rishi sodir bo‘ladi (III.18.).

2-Bob. Ko‘zi ojiz bolalar ta’liminng mazmuni
2.1. Ko‘zi ojiz bolalar maktabida ta’lim-tarbiya jarayoni mazmuni, maqsad va vazifalari
Ko‘r va zaif ko‘ruvchi bolalar uchun maxsus umumta’lim maktab- internatlari o‘quvchilarning ta’lim va tarbiyasini maktab ta’limini, shuningdek, ularning nuqsoni rivojlanishi korreksiyasini amalga oshiradi. Ko‘rlar va ko‘zi ojizlar uchun tashkil qilingan maktablar maxsus ta’lim davlat tizimining asosiy qismi hisoblanadi va bu tizim bolalarni o‘qitish va tarbiyalashning alohida ta’lim zaruriyatidan kelib chiqadi va shu tamoyillar asosida ishlaydi. Ko‘rlar va ko‘zi ojizlar maktablarida o‘qitish va tarbiyalash o‘zining maxsus taioyillariga va vazifalariga ega, bu vazifalar yaxshi rivojlanmagan va buzilgan funksiyalarni qayta tiklash, korreksiya va kompensatsiya qilishga mo‘ljallangan bo‘lib bolalarni guruhlarga differensiyalashga mo‘ljallangan. Ko‘rlar va ko‘zi ojizlarni o‘qitish va tarbiyalashning asosiy qoidalarini asoslab berar ekan, tiflopedagogika shaxsni har tomonlama rivojlantirishni ta’minlashga , ko‘rlikni va ko‘zi ojizlikni kompensatsiyalashning tabiiy ilmiy asoslariga rivojlanishda turli nuqsonlarga duchor bo‘lgan bolalarda biologik va sotsial manbalarning birligi to‘g‘risidagi konsepsiyaga asoslanadi. L.S. Vыgotskiyning ta’kidlashicha , bu birlik juda murakkabdir alohida psixik funksiyalarga nisbatan ham , bolalarning yoshiga qarab bosqichma- bosqich rivojlanishga qarab ham differensiyalashgan va o‘zgaruvchan birlikdir. Ko‘r va zaif ko‘ruvchi bolalar uchun maktablar uch bosqichdan iborat.

  1. Boshlang‘ich ta’lim 1- 4 sinflar.

  2. Asosiy va to‘liqsizta’lim 5- 10 sinflar.

  3. O‘rta ta’lim 11- 12 sinflar.



Download 73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling