Mundarija: Kirish 1-bob. Narxlar tizimini o'rganishning nazariy jihatlari


Narx belgilashning xarajatlarni hisoblashga asoslangan usuli


Download 61.53 Kb.
bet3/9
Sana28.02.2023
Hajmi61.53 Kb.
#1238101
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
NOZIM

Narx belgilashning xarajatlarni hisoblashga asoslangan usuli. Bu usul eng oddiy hisoblanib, mahsulot tannarxiga shu mahsulotni ishlab chiqaruvchidan iste'molchigacha etkazib berishgacha bo’lgan jarayonda vujudga keladigan xarajatlarni va korxonaning oladigan foydasini qo’shishga asoslanadi.
Har xil tovarlar uchun savdo ustamalari bir-biridan farq qiladi. Narxni aniqlashga bunday yondashuvda bozor talabi va raqobatchilar narxi hisobga olinmaydi. Bundan tashqari, sotiladigan mahsulotning hajmini aniqlash qiyin bo’lganligi sababli, ishlab chiqarish xarajatlarining hajmini aniqlashda ham qiyinchilik tug’iladi. Shunga qaramasdan, bahoni aniqlashning bu usuli tez-tez qo’llaniladi, chunki bu usul oddiy va tushunarlidir. Narx belgilashning xarajatlarni hisoblashga asoslangan uslublaridan yana biri zararsizlik va maqsadli foydani ta'minlashning tahlili asosida olib boriladigan usul hisoblanadi.
Zararsizlik va maqsadli foydani ta'minlashning tahlili asosida narx belgilash usuli. Ma'lumki, har bir korxona ma'lum bir foydani ko’zlab narx qo’yishga intiladi. Narxlashtirishning bu usuli zararsizlik grafigiga asoslanadi.
Talabga asoslangan usul. Ko’pchilik hollarda korxonalar narxlashtirishning asosiy omili xarajatlar emas, balki tovarning iste'molchilar tomonidan xaridor sifatida qabul qilinishi, ya'ni tovarning xaridor xohlaydigan foydaliligidadir deb biladilar. Demak, narx bu holda tovarning qiymat jihatidan muhimligiga muvofiq kelishi kerak. Aslida ham har bir xaridor u yoki bu tovarni xarid qilar ekan, u xayolan xarid qilingan tovarning narxini uning foydaliligi bilan taqqoslab ko’radi.
Tovarning foydaliligi asosida narxlashtirish usulidan foydalanadigan korxona iste'molchilar ongida shu korxonaning tovariga raqobat qilayotgan tovarlar haqida ham qanday tasavvur mavjudligini bilishlari talab etiladi. Bu erda iste'molchilarning bitta tovar uchun har xil sharoitlarda qancha pul to’lashga tayyor ekanliklarini bilish ham muhim hisoblanadi.
Agar sotuvchi tovarga narxni uning foydaliligidan ko’proq belgilasa, sotish hajmi belgilangandan kamroq bo’lishi mumkin. Ko’pgina kompaniyalar o’z tovarlarining narxlarini juda yuqori belgilaydilar va natijada tovar bozorda yomon sotiladi. Ba'zi kompaniyalar esa o’z tovarlariga haddan tashqari past narx belgilaydilar. Bu holda tovarlar bozorda yaxshi sotilsada, korxonaga kam daromad keltiradi. Iste'molchilarning narx darajasiga munosabatlarini bilish uchun maxsus marketing tadqiqotlari o’tkaziladi. Masalan, iste'molchilar orasida so’rovlar o’tkazish va bozorni testlashtirish shular jumlasiga kiradi.
Iste'molchining tovarni xarid qilishiga uzoq muddat davomida mavjud bo’lib kelayotgan va xaridor odatlanib qolgan narxlar ham katta ta'sir ko’rsatadi. Bunday holatda tovar narxining ozgina oshishi ham tovar xaridining keskin kamayib ketishiga olib kelishi mumkin. Bunda iste'molchining odatlanib qolgan narxlarga nisbatan fikrini tovarning sifatini, o’rab-joylanishini va dizaynini juda yaxshilash hisobiga o’zgartirish lozim.
Iste'molchilar talabi asosida narx belgilashning variantlaridan biri kim-oshdi savdosi o’tkazishdir. Agar tovar iste'molchi uchun juda ahamiyatli, katta qiymatga ega bo’lsa, u holda kim-oshdi savdosining boshlang’ich narxini juda yuqori belgilash mumkin bo’ladi.

Download 61.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling